Mualliflik annotatsiyasi
Tadqiqot bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili
Download 59 Kb.
|
Annotatsiya Madin1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi.
Tadqiqot bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Mazkur masalaning ayrim jihatlari respublikamizning qator yirik olimlari, shular jumlasidan Alimov, Xayitmatov (2019), Begalov (2020), Gulyamov, Shermuxamedov (2018) va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari milliy iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlari va sohalarida, jumladan elektron tijorat sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va elektron to’lov tizimilarini optimallashtirish metodologiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, rivojlantirish sharoitida, O‘zbekiston Respublikasining elektron tijorat faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish metodologiyasini takomillashtirish masalalari munozarali bo‘lib qolmoqda. Muammoning dolzarbligi va yetarli darajada rivojlanmaganligi ushbu muammo bo‘yicha tadqiqot olib borishni va ushbu dissiertatsiya ishining mavzusini aniqlashga imkon berdi. Shuningdek, O`zbekistоn Respublikasi Оliy majlisi tоmоnidan qabul qilingan Qоnunlardan, O`zbekistоn Respublikasi Prezidentining Farmоnlaridan, Qarorlaridan, O`zbekistоn Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarоrlaridan, O`zbekistоn Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, turli matbuot оrganlarida e’lоn qilingan materiallardan keng fоydalanildi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Magistrlik dissertasiyasida induktiv, statistik va tahlil metodlaridan tashqari, Tadqiqotni amalga oshirishda ilmiy – nazariy tahlil, SWOT, qiyosiy va iqtisodiy tahlil, empirik tahlil va statistik tahlil kabi usullaridan keng foydalanilgan. Dissertasiya mavzusiga doir, shuningdek, magistrlik dissertasiyasiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, mahalliy va xorij tadqiqotchilari tomonidan mavzu doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar, olib borilgan ilmiy ishlar ko‘rib chiqilgan va tahlil qilingan. Ushbu turdagi tadqiqotlarda qo‘llaniladigan ilmiy uslublardan foydalanilgan. Ishonchli manbalarning ma’lumotlariga tayangan holda izlanishlar olib borildi. Ilmiy izlanishning nazariy va uslubiy asoslarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi me’yoriy hujjatlari va ma’lumotlari, mamlakatimiz va xorijlik iqtisodchi olimlarning asarlari, shuningdek, Internet resurslari tashkil qiladi. Download 59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling