Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masofaviy ta’lim texnologiyalari
- AXBOROTNI QIDIRISHGA TAYYORLASH: HUJJATLARNI INDEKSLASH MASALASI
Sinxron elektron ta’lim – masofaviy ta’lim hisoblanadi,
239 lekin bu real vaqtda amalga oshiriladigan ta’limdir. U oddiy kunduzgi ta’limga o‘xshaydi, farqi shundaki, ishtirokchilar bir-biridan uzoq masofada bo‘ladi. Kundan- kunga keng tarqalib borayotgan vebinarlar mazkur ta’lim shaklining eng yorqin ko‘rinishidir. Ma’ruzalarni tashkillashtirishda maxsus dasturiy ta’minotlar qo‘llaniladi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari – masofaviy ta’lim bu E- Learningga qaraganda kengroq tushunchadir, u interfaol mustaqil ta’limning va qo‘llab-quvvatlashning intensiv maslahat sintezi hisoblanadi. Shunday qilib, elektron ta’lim masofaviy ta’limning bir bo‘lagi hisoblanadi. Masofaviy ta’lim asosiy o‘quv materialini o‘quvchilarga yetkazib berish va o‘quv jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi orasida interfaol ishlashni ta’minlaydi. Bunda qo‘llanmalarni yetkazib berish kompyuter va Internetsiz ham amalga oshirilishi mumkin. Yuqoridagi hollarda masofaviy ta’limdan foydalanilganda, ta’lim berish jarayonida keskin sifat oshadi. Masalan, xorijiy tilni o’rganayotgan o’quvchi videoroliklar yoki qiziqarli onlayn suhbatlar bilan o’rgansa, tez xorijiy tilni o’rganadi va talaffuzi yaxshilanadi va ta’lim sifati oshadi. Adabiyotlar 1. Ўзбекистон Республикасининг «Кадрлар тайёрлаш миллий дастури тўғрисида»ги Қонуни.Тошкент,1997. 2.Атабаева К. Р. Таълим тизимида масофавий ўқитишнинг афзалликлари // Молодой ученый. – 2017. – №24.1. – С. 5-7. AXBOROTNI QIDIRISHGA TAYYORLASH: HUJJATLARNI INDEKSLASH MASALASI Boynazarov I 1 . To'xtamurodov N 2 ., Yalgashev I 2 1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali dotsenti, 2 Samarqand Davlat Universiteti magistranti Axborot hajmining kundan kunga ortib borishi va ularni kerkali qismini zarur vaqtda topish va ajratib olish masalasi dolzarb hisoblanadi. Shu sababli axborotlarni tezkor qidirib topish sohasida bir qancha amaliy tatqiqot ishlari olib borilgan va turli xil metodlar ishlab chiqilgan. Qidiruv tizimlari uchun axborotlarni izlash jarayoni berilgan axborotni tayyorlashdan boshlanadi. Bu esa tarmoqqa joylashtirilayotgan hujjatlarni kalit so’zlari yordamida indekslash masalasiga olib keladi [1,2]. Axborot izlash – bu ma’lum bir matnli hujjatlar to’plamidan oldindan belgilangan shartli mavzu (so’rov) yoki zarur (axborotga bo’lgan ehtiyojni qondirishga tegishli) ma’lumotlarni, faktlarni, xabarlarni izlash – aniqlash jarayoni. Bu jarayon ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish va taqdim etishga qaratilgan operatsiyalar ketma- ketligini o’z ichiga oladi. Umumiy holda axborotni qidirish to’rtta bosqichdan iborat: - axborotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash va axborot so’rovini shakllantrish; - mumkin bo’lgan axborotlar massivining egasini (manbasini) aniqlash; - aniqlangan axborot massividan ma’lumotlarni ajratib olish; 240 - olingan axborot bilan tanishish va qidiruv natijasini baholash. Qidiruv shakllari. To’liq matnli qidiruv – hujjatning to’liq tarkibi bo’yicha qidirish. To’liq matnli qidirishga misol sifatida Internetdagi qidiruv tizimlari www.yandex.ru , www.google.com larni olish mumkin. Odatda to’liq matnli qidiruvni tezlashtirish uchun oldindan tuzib chiqilgan indekslardan foydalaniladi. To’liq matnli qidirish indekslari uchun eng keng tarqalgan texnologiyalardan biri Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling