Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron va masofaviy texnologiyalar
Adabiyotlar
1. F. Novikov, A. Yasenko “Microsoft Office v selom” Moskva 2002g. 2. http://referat.arxiv.uz/index.php?do=files&op=showfile&lid=34487& cd=1 3. https://ru.wikipedia.org/wiki/Google_Chrome 4. http://hyper.uz/chromeda-ovozli-izlash-yanada-takomillashdi/ TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI TADBIQ ETISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI S. M.Qudratova 1 , S.Sh.Qudratxo’jayev 1 1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning ro’li kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foyd alangan holda ta’lim olish mumkin. Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda [1]. Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot- ta’lim muhitiga integrallas hishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT – bu turli texnik va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi 238 navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va ma’lumotlar joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir. Ko’pchilik izlanuvchilar masofaviy ta’limni kelib chiqishini va uni rivojlanishini uch bosqichga bo’lishadi. Masofaviy ta’limni boshlanishi va ilk ko’rinishi “xat yozish bo’yicha trening” deb nomlanadi[1]. Buyuk Britaniyada 1840-yilda I.Pitman pochta da xat orqali yuboriladigan qisqartirilgan ta’lim tizimini taqdim etdi. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida xat yozish bo’yicha hususiy maktablar ko’paya boshladi. Ular o’zlarining qisqa malaka oshirish kurslarini va har xil imtixon oldi tayyorlov kurslarini taklif qilishdi. Bu kurslar qulay va hamyonbop edi. Bu kurslarning afzalligi xoxlagan yerda, xoxlagan vaqtda o’qisangiz bo’lar edi. Masofaviy ta’limni ikkinchi bosqichi XX asrning ikkinchi yarmini qamrab oladi. Bu davrga kelib oily ta’lim muassasalari ko’paydi, yangi maxsus masofaviy ta’lim turi tashkil etildi. Angliyada 1969-yilda Ochiq universitet o’z faoliyatini boshladi. Bugungi kungacha bu universitet eng katta masofaviy ta’lim bo’yicha oliy ta’lim muassasi hisoblanadi. Fransiyada ilk bor 1939-yilda Milliy sirtqi makazi tashkil etildi va bu Milliy masofaviy ta’lim markazi tashkil topishiga turtki bo’ldi. 1972-yilda Ispaniyada Milliy masofaviy ta’lim universiteti tashkil etildi. 1984- yilda AQShda Milliy texnika universitetida tashkil etildi. Masofaviy ta’limni rivoj lanishiga televidenya va radioeshittirishning tarqalishi va ommabop bo’lishi nihoyatda katta hissa qo’shdi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Sababi o’sha davrlarda radiokurslar va televidenya orqali o’quv dasturlari va ta’lim beruvchi kanallar paydo bo’ldi.Masofaviy ta’limni rivojlanishining uchinchi bosqichi axborot texnologiyalarini rivojlanishi bilan chambarchars bog’liq bo’lib, bu davr XXI asrdan boshlanadi. Bu davrga kelib, aholining turli qatlamlarida kompyuter va internetdan foydalanish imkoniyati paydo bo ’ldi. Bu esa o’z navbatida o’qituvchi va talaba o’rtasida multimedia mahsulotlarini almashish tezligini va sifatini oshirdi. 1997-yil 29- avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb- hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi, hamda har kimning bilim olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi[2]. Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash va uni boshqarish ham muhim o‘rin tutadi.Bunda OTMlarga yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlardagi kadrlar malak asini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi. Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalari bilan ta’minlashni ko‘zda tutiladi.Elektron va masofaviy texnologiyalar – ta’limning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan variantlaridir. Elektron ta’lim – avval «Elektron ta’lim» atamasi kompyuter yordamida o‘qitish deb tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu tushuncha yanada kengaytirildi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pgina ta’lim texnologiyalarini qamrab olmoqda, ularni shartli ravi shda, 2 xil turga, ya’ni sinxron va asinxron turlarga bo‘lish mumkin. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling