Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING (1)
Adabiyotlar
1. “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart- sharoitlarni tubdan yaxshilash chora- tadbirlari to`g`risida”. Toshkent sh. , PF- 5099-son 30. 06. 2017. 2. S. K. G’aniyev, M. М. Karimov, К. А. Tashev. “Ахborot xavfsizligi” Toshkent sh. 2007. AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING RIVOJLANISH YO`NALISHLARI VA AXBOROT XAVFSIZLIGI OMILLARI G’.G. Pulatov 1 , S.F. G’aniyev 1 1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Bugungi kunda axborot xavf sizligini ta’minlash bilan bog`liq qator yechilmagan muammolar mavjud. Global axborot tarmog`i Internetning foydalanuvchilari bu tarmoqning bilimlar saqlanadigan joyidagi deyarli istalgan maxfiy bo`lmagan ma’lumotni olishlari mumkin. Global tarmoqda ma’lumotlar almashishining multikanalli keng polosali radio, optik tolali, to`g`ridan ko`rish oralig`ida esa infraqizil kanallarning birgalikda ishlatilishi deyarli cheklanmagan o`tkazish qobiliyatini ta’minlaydi. Transfer sekundiga million baytlardan oshib ketadi. Mutaxassislar yaqin yillar ichida haqiqiy dunyoning kompyuter modelini, shunday virtual tizimni yaratish imkoniyatlari to`g`risida fikr bildirlarki, unda biz faol yashashimiz va virtual jismlar bilan turli murakkab harakatlarni bajarishimiz mumkin. Bundan hayol qilinadigan dunyoning eng oddiy timsoli hozirdayoq murakkab kompyuter o`yinlarida mavjuddir. Lekin kelgusida gap o`yinlar to`g`risida emas, balki bizning kundalik hayotimizning virtual haqiqiyligi to`g`risida ketadi, unda bizning atrofimizda, masalan, ehtiyojga qarab avtomatik ulanadigan va uziladigan, joylashgan joyimizni faol kuzatib boradigan, doimo, vaziyatga qarab, zarur ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan, ma’lumotlarimizni faol qabul qiladigan va ko`plab maishiy asboblarni va qurilmalarni boshqaradigan yuzlab kompyuter qurilmalari o`rab turadi. 28 Huquqni muhofaza qilish faoliyatining axborot ta’minotini jadallashuvi, tezkor vaziyatni tavsiflovchi, ishonchli ma’lumotlarni muntazam yig`ib borilishi, uning o`z vaqtida va sifatli tahlil qilinishi hozirgi sharoitda jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishning muhim shartlaridan bir hisoblanadi. Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish kompyuter texnikasini joriy etishga, ma’lumotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va uning asosida ma’lumotlarni berish avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga bevosita bog`liqdir. Huquqni muhofaza qilish faoliyati axborot ta’minotining jadallashtirish masalasini muvaffaqiyatli hal etish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish amaliy ko`nikmalariga ega kadrlar tayyorlash talab etiladi. Yuksak axborot madaniyati faqat chuqur maxsus bilimlar orqali ta’minlanadi. Axborot inqilobi hayot faoliyatining barcha tomonlariga ta’sir qiladi. Kompyuter tizimlari: “do`stona interfeysli” kompyuter bilan ishlashda abonentlar videokanal bo`yicha virtual hamsuhbat ob’yektni ko`radilar, ular bilan tabiiy nutq tilida, audio va videotushuntirishlar, maslahatlar, yo`l-yo`riqlar ko`rsatib, muloqot qilish mumkin bo`ladi. Shaxsiy kompyuterdan faol foydalanuvchilarlarning asablariga salbiy ta’sir etadigan “kompyuter yolg`izligi” yo`qoladi. Eng muhimi o`qitishning avtomatlashtirilgan tizimlari: teskari videoaloqada abonent, o`quvchining psixologiyasi, tayyorlanganligi, zehnliligini nazarga oladigan shaxsiy virtual o`qituvchi bilan muloqot qiladi. Hozirda masofadan turib ta’lim berish usuli qo`llanmoqda, ammo axborotni tinimsiz va tobora jadal ortib borayotgani mavjud bilimlarni yoshlar yoki ta’lim oluvchilar ongiga singdirish, tajriba va bilimlarini yuksaltirishda qo`shimcha chora-tadbirlarni talab etadi. Savdoda har qanday tovar savdo yorlig`iga biriktirilgan magnit kodi bilan emas, balki aktiv kompyuter jadvalchasi bilan birga ilova qilib qo`yiladi, bu jadvalga haridor masofadan turib murojaat qiladi va unga zarur hamma ma’lumotlarni beradi: nima, qayerda, qachon, qanday, qancha va qaysi narxlarda, va hokazo. Bunday virtual tizimlarni yaratish uchun zarur bo`lgan texnik ta’minotlar taxminan quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin: - arzon, oddiy, ixcham kompyuterlardan; multimedia vositalaridan; - kompyuterni bir-biri bilan va tarmoq bilan aloqasi uchun miniatyur qabul qiluvchi-uzatuvchi radioqurilmalar; - taqsimlangan keng polosali aloqa kanallari, tarmoqlar va shu kabilar bo`lishi mumkin. Ko`rsatilgan tashkil etuvchilarning hamda ularning eng oddiy timsollarini yaratish uchun ko`plab dastlabki shart-sharoitlar hozirdanoq mavjuddir. Lekin muammolar ham mavjud. Ularning eng dolzarblaridan bizning har birimizning butun shaxsiy hayotimiz ommaviy, barchaga taalluqli mulk bo`lib qolmasligi uchun ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligidir. Bu borada axborot xavfsizligini quyidagicha tushinish mumkin. Mentalitetimizga yod bo`lgan buzg`unchi axborotlarni global tarmoq orqali bostirib kelishi va jamiyatimiz azolarini, ayniqsa yo sh avlodni ma’naviy zararlashidir. Axborot hurujlarining aynan shu usuli g`araz niyatli dushmanlarni ko`proq jalb qiladi, chunki yadro 29 bombasidanda xavfli bu qurol ekologik muammolarni keltirib chiqarmaydi. Shaxsiy va maxfiy ma’lumotlarni xavfsizligi ham muhim masaladir, garchi mamlakatimizda ishonchli himoyalangan axborot tarmoqlari tashkil etilgan va rivojlantirib kelinmoqdaki, axborot tizimlarining yanada rivojlanishi bundanda kiber bardoshli himoya uslublarini ishlab chiqish undashi taxminlardan holi emas. Xulosa o`rnida shuni ta’kidlash lozimki, axborot tizimlarini tobora rivojlanib borayotgan davrida, bu yutuq va yangiliklar bilan bir qatorda mavjud xavf- xatarlarga ham texnik-dasturiy, ham mustaxkam milliy mafkuraviy immunitet hosil qilish bilan doimo tayyor turmog`imiz, sergaklikni unutmay, dunyo sivilizatsiyasida muhim o`ringa ega bo`la oladigan yoshlarni, yuksak salohiyatli va bilimli, eng asosiysi, yuksak ma’naviy insonlar qilib tarbiyalamog`imiz shartdir. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling