Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари


Download 3.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/117
Sana28.08.2023
Hajmi3.44 Mb.
#1670962
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117
Bog'liq
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING (1)

Adabiyotlar 
1. 
Васина Т. С. Обзор современных алгоритмов стеганографии.//Наука 
и образование. URL: http://technomag.edu.ru/doc/370605.html (Ochilgan sanasi: 
2.04.2019) 
2. 
Насруллаев Н.Б. Ахборот хавфсизлиги мониторинги тизими 
ишлашиниг самарадорлигини ошириш усуллари ва алгоритмлари. Техника 
фанлари бўйича фалсафа доктори (Phd) диссертацияси. Тошкент-2019. 
3. Zaynalov N.R., Muhamadiyev A.N., Dosumbetov O.D. Steganografiyada 
Matlab imkoniyatlari haqida. 16-17 aprel, 2019. TATU SF, 2019. 
 
STEGONOGRAFIK HIMOYALASH VOSITALARINING TAHLILI 
A.A. Ganiev
1
, O.N. Mavlonov

1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
2
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
Samarqand filiali,
 
Ma’lumot yashirishning ushbu sohasida, yashiringan ma’lumot kontentga 
hech qanday aloqasi bo‘lmay, kontent faqatgina ma’lumotni yashirish uchun 
foydalaniladi. Masalan, faraz qilaylik Alisa maxfiy agent sanalib, u o‘z sherigiga 
maxfiy ma’lumotni yubormoqchi. Buning uchun u, yaqinda o‘tgan yozgi ta’til 
tafsilotlarini qog‘oz maktubda tasvirlaydi. Shundan so‘ng, u siyoh rangini sutga 
almashtiradi. Shundan so‘ng, odatiy siyox rangi bilan yozilgan qatorlar orasiga
maxfiy ma’lumotni yozadi. Sut qurigandan so‘ng, qog‘ozdagi maxfiy ma’lumotlar 
oddiy inson ko‘zi uchun ko‘rinmas holda o‘tib qoladi. Ushbu maktubni, chiroqqa 
tutib qaralsa, maxfiy ma’lumotlarni ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘ladi. 
Watermarkdan farqli ravishda maxfiy ma’lumotlar, kontentga tegishli emas. U 
shunchaki maxfiy ma’lumotni yashirish uchun foydalanilgan. 


22 
Stegonografik algoritmlar yordamida quyidagi kontentlarga ma’lumot 
berkitish mumkin: 
- matn kontent; 
- rasm kontent; 
- ovoz kontent; 
- video content. 
Xuddi shuningdek ma’lumotlarni berkitish usullari ham kontentga qarab 
turlicha bo‘ladi.
Matn kontentga ma’lumot berkitish. 
Matn ma’lumotlar orasida maxfiy ma’lumotni yashirish (lingvistik 
stegonografiya) amalda keng foydalanilib, quyida bir nechta sodda algoritmlar 
tavsifi keltirilgan. 
So‘zlar orasida ikkita probel qo‘yishga asoslangan algoritm. Ushbu 
algoritm matn formatidagi ma’lumotlar orasida maxfiy ma’lumot bitlarini 
yashirishga asoslangan. Bunga ko‘ra algoritm ketma-ketligi quyidagicha: 
- Dastlab har b
ir so‘zlar orasidagi ortiqcha probellar olib tashlanadi, ya’ni 
so‘zlar orasida faqat bitta probel qoldiriladi. 

Agar maxfiy ma’lumotning birinchi biti 1 ga teng bo‘lsa, birinchi va 
ikkinchi so‘zlar orasida yana bitta probel qo‘yiladi, ya’ni, umumiy holda ikkita 
probel bo‘ladi. Agar ma’lumot biti nolga teng bo‘lsa, o‘zgartirilmagan holda 
keyingi bitga o‘tiladi. 

Ma’lumotning ikkinchi biti ikkinchi va uchunchi so‘zlar orasidagi 
probellar soni bilan, uchunchi biti uchinchi va to‘rtinchi so‘zlar orasidagi probellar 
soni bilan va hak. davom ettiriladi. 
Ushbu algoritm dasturiy tomondan amalga oshirishga juda qulay bo‘lib, 
katta samara beradi. 
Matn o‘lchamlarini o‘zgartirish asosida ma’lumotni yashirish. Bu turdagi 
stegonografik algoritmlar amalda keng foydalanilib, asosan simvol shaklidagi 
maxfiy ma’lumotlarni matn ichida yashiradi. Ushbu usul harflarni o‘lchamini kam 
o‘zgartirish natijasida, inson ko‘zi ajrata olmaslik farqini hosil qilishga qaratilgan. 
Bu algoritmning asosiy ketma-ketligi quyidagicha: 

ma’lumotlarni yashirish uchun dastlab, yetarlicha uzun ochiq 
ma’lumotlar ketma-ketligi olinadi; 

maxfiy ma’lumot belgilari navbati bilan ochiq ma’lumot boshidan 
boshlab topiladi va uning o‘lchami 0.5 ga o‘zgartiriladi (kattalashtiriladi yoki 
kichiklashtiriladi, masalan, 
14 o‘lchamdagi belgi 13.5 yoki 14.5 ga o‘zgartiriladi); 

ikkinchi maxfiy ma’lumot belgisi, ochiq matndagi o‘zgartirilgan 
belgidan keyingi belgilar ichidan topiladi (birinchi topilgani olinadi). 
Insonning ko‘rish imkoniyatidan foydalangan holda ma’lumotlarni 
yashirish. 
Yuqoridagi algoritmda ma’lumotlarni yashirish belgilarning o‘lchamini 
o‘zgartirish orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, bu usulda matn belgilarini rangini 
almashtirishdan foydalaniladi. Bu usulning amallar ketma-ketligi quyidagicha: 


23 
Dastlab 
O‘zgartirishdan keyin 
1-
rasm. Spektr rangini bilinmas bir kattalikka o‘zgartirish 

ma’lumotni yashiruvchi ochiq matn tanlanadi va umumiy holda 
belgilanib, uskunalar panelidan foydalangan holda unga qora rang beriladi; 

ochiq matn ichidagi ma’lumotlardan foydalangan maxfiy ma’lumot 
belilari ketma-
ketligi topilib, ularning rangi qoradan (0,0,0) ozgina o‘zgartirilgan 
(0,0,1) ranga aylantiriladi; 

bu usulda maxfiy ma’lumot ochiq ma’lumot belgilaridan rangi bilan farq 
qiladi. Bu o‘zgarishni kompyuter orqali sezish mumkin bo‘lsada, inson ko‘zi buni 
sezmaydi. 

Download 3.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling