Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING (1)
Адабиётлар
1. Бегимкулов У.Ш. Педагогик таълимда замонавий ахборот технологияларини жорий этишнинг илмий-назарий асослари. - Т.: Фан, 2007. 160 б. 2. Очилов М. Янги педагогик технологиялар. - Карши: Насаф, 2000., 118 б. 3. Зайнутдинова Л.Х. Создание и применение электронных учебников. Астрахань, ООО "ЦНТЭП", 2003, с. 364 KORPORATIV TARMOQDA INTERAKTIV IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Xoliyarova F.X. 1 , Majidova M. 1 1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ТАТU Sаmarqand filiali Korporativ muhitning multimedia texnologiyalarida axborotni siqish algoritmi muhim o’rin tutadi, chunki multimediali obyektlar katta xajmga egadir. Siqilmagan raqamli TV – signal uchun axborotni o’tkazish yo’lagi 140 dan 270 235 Mbit/s gacha bo’lishi kerak. Videosignallar xar doim juda ko’p ortiqcha axborotga ega, shuning uchun siqish jarayoni o’tkazish yo’lagi kengligini 200, 100 yoki xech bo’lmaganda 10 barobar qisqartirish imkonini beradi. Siqish vositalarini kombinasiyalash va integrallash mumkin bo’lishi uchun standartlar kerak. Oxirgi vaqtda bunday standartlar paydo bo’la boshladi va bozor bu standartlar talabiga javob beradigan darajadagi apparat va dasturiy ta’minotlar bilan to’lib boryapti. H.261 siqish spesifikasiyasiga ITU-T qo’mitasining JPEG, MPEG – 1, MPEG– 2, MPEG– 3, MPEG– 4 standartlari kiradi. Tarmoq muhiti resurslardan – multimediani dasturlash vositalari, jamlagichlari avtomatik ravishda almashadigan qurilmalar, videoserverlar, arxiv va pereferik qurilmalardan xamkorlikda foydalanish imkonini yaratib beradi. Tashkilotning butun masshtabida multimedia ilovalarini ishlashini ta’minlash uchun keng o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lgan lokal tarmoqdan, unga mos ravishda tarmoq operasion tizimidan, hamda qo’shimcha dastur va videoserverlardan foydalaniladi. Zamonaviy lokal tarmoqlardan Ethernet, Token Ring yoki FDDI bitta foydalanuvchi hisobidan o’tkazish qobiliyati cheklanganligi, hamda tarmoqdan axborotni uzatish vaqtida ushlab qolinish borligi va ushlab qolinishning vaqtini o’zgarishi mumkinligi uchun foydalanilmaydi. Bir xil ilovalar, masalan videokonferensiya va kollektiv ishlash vositalari, qatnashish uchun ko’p foydalanuvchilarni jalb qilishi mumkin, bu esa o’tkazish qobiliyatining o’zaro munosabati muammosini va servisning sifatini yanada qiyinlashtiradi. Multimedia vositalarining o’qitish va o’yin ko’rinishida ishlashi uchun bitta foydalanuvchi uchun axborot o’tkazish yo’lagi 1,5 dan 6 Mbit/s gacha va videokonferens – aloqa uchun 0,4 dan 0,7 Mbit/s gacha bo’lishi kerak. Bu shuni bildiradiki, o’qitish va o’yin xarakterida ishlatilayotgan o’tkazish qobiliyati 10 Mbit/s bo’lgan lokal tarmoqning 50% bir vaqtning o’zida 1 dan 4 tagacha foydalanuvchiga xizmat ko’rsatishi mumkin, videokonferens – aloqa ilovalarida esa 10 –15 ta foydalanuvchiga xizmat ko’rsatadi. Bundan kelib chiqadiki, bugungi lokal tarmoqlar mikrosegmentlarga bo’linadi. Fast Ethernet yoki FDDI lokal tarmoqlarida foydalanuvchilar sonini 10 – 40 va 100 – 150 gacha oshirish mumkin, lekin bu ko’rsatkich ham o’rta o’lchamdagi korxonaning tarmoq masshtabidagi talabini qondirmaydi. Lokal tarmoqning yangi texnologiyasi – asinxron uzatish rejimi (ATM) – xar bir foydalanuvchi uchun o’tkazish yo’lagining kengligini 52, 100 yoki 155 Mbit/s gacha va’da qiladi. Bu ko’rsatkich korxona masshtabida multimediani qo’llash imkonini beradi. Masalan, o’tkazish qibiliyati 2 Gbit/s bo’lgan konsentrator 1,5 Mbit/s tezlikdagi MPEG-1 standartida axborot uzatayotgan 1333 ta foydalanuvchiga, yoki o’tkazish yo’lagi 6 Mbit/s bo’lgan MPEG-2 formatini qo’llayotgan 333 ta foydalanuvchiga, yoki o’tkazish yo’lagi 384 Kbit/s bo’lgan videokonferensiyaning 5200 ta foydalanuvchisiga xizmat ko’rsatadi. Ushlab qolinish qiymatining o’zgarishi. Lokal tarmoqning ko’p texnologiyalari multimedia bilan ishlashga yaroqsizdir, chunki ulardagi ushlab qolinish qiymati o’zgarib turadi. Natijada real vaqt rejimidagi vizual axborotni uzatish yolg’on tasvir paydo bo’lish muammosiga duch keladi. Lokal tarmoqda 236 ushlab qolinish qiymatining o’zgarishini kamaytirishning usullaridan biri videotrafikka nisbatan yuqori prioritet berishdir. Bu usul video/multimedia maxsulotlarining lokal tarmoqning mijoz/server tizimlari uchun foydalaniladi. Ammo bu usulni qo’llashdan olingan sifat darajasi birmuncha pastroq bo’ladi, shuning uchun ShKda o’tkaziladigan deyarli xamma multimediali ko’rsatuvlar CD-ROMning lokal diskiga asoslanadi. Bu muammoni yechish uchun lokal tarmoqning loyihachilari izoxron kanallarga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan (ya’ni, aniq o’tkazish yo’lagiga ega bo’lgan ajratilgan kanal rolini bajaruvchi axborot uzatish liniyalarini o’zaro hamkorlikda ishlatish) yangi texnologiyalarni ishlab chiqishdi. IsoEnet (IEEE institutning 802.9/802.9a spesifikasiyasi) va FDDI- II ko’rinishidagi lokal tarmoqlar mos ravishda o’tkazish qobiliyati 6 Mbit/s b o’lgan 1 dan 16 tagacha kanalni taqdim etadi. Bu holatda ular orasidagi raqiblik mavjud bo’lmaydi va multimedia rejimi tabiiy holatda, ya’ni bitlarni uzatishda doimiy tezlikka ega bo’lgan signallar ko’rinishida ishlaydi. IsoEnetni ATM texnologiyasi yo’lidagi oraliq variant deb qabul qilish kerak, chunki uning paydo bo’lishi o’tkazish yo’lagi va ushlab qolinish vaqtini almashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammoni hal qildi. Bu tarmoqning foydasiga shunday fakt aytadiki, u ISDN tarmoqlarida qabul qilingan sozlash konsepsiyasiga, zaxiralashga va o’tkazish yo’lagini bo’shatishga asoslanadi. Ular ISDN bazasida ishlab chiqarilgan, ATM rejimida ishlatiladigan konsepsiyalarga kelishilgan holda muvofiqlashgan. ISDN (Integrated Services Digital Network – turli xil xizmatlarni taqdim qiluvchi raqamli tarmoq) tarmog’ining nomi raqamli xizmatlar to’plamiga tegishli. ISDN tovush, axborot, matn, grafik tasvir, musiqa, videosignal va turli xil ma’lumotlar mavjud bo’lgan telefon tarmog’idan oxirgi foydalanuvchiga uzatish uchun va oxirgi foydalanuvchining biror bir terminalidan qabul qilish uchun telefon tarmog’ini raqamlashtiradi. IsoEnet va FDDI-II da izoxron kanallarning, hamda ATM muhitida aloqa liniyalarini kommutasiyalashda shaxsiy imkoniyatga egaligining borligi birinchi navbatda lokal tarmoqlarni global muhitga birlashtirishda kerak bo’ladigan multimediani va masofadagi lokal tarmoqni qo’llab quvvatlaydigan vositalarni tanlashda inobatga oladi. Tarmoqlararo birlashtiruvchi apparat vositalari (ko’priklar, marshrutizatorlar, serverlar) va ularga muvofiq bayonnomalar bir necha yillardan beri ma’lumotlarni paketlar ko’rinishida uzatish ilovalari bilan to’liq muvofiqlashishini optimallashtiryapti. Aloqa kanallarining buferlarini, shinalarini va yuklamalarini b oshqarish funksiyasining zamonaviy ko’rinishi tarmoqlararo birlashishdagi ushlab qolinish vaqtining yanada ko’p o’zgaruvchanligiga sharoit yaratib beradi. Multimedianing infrastrukturasiga tegishli bo’lgan muammolar orasida tarmoq operasion tizimlari tomo nidan qo’llab quvvatlashni va videoserverlarni qo’llashni ajratib ko’rsatish mumkin. Tarmoq operasion tizimiga kelsak, video- va multimedia- ilovalari uchun optimallashgan API- interfeyslarini, masofada turib chaqirish muolajalarini va boshqa dasturiy vositalarini ishlab chiqish zarurdir. 237 Multimedia funksiyalarini qo’llaydigan videoserver texnologiyalar ishlab chiqarish ishini avtomatlashtirish va ishchi guruxlarning faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Axborotni o’zaro birga ishlatishda, uni uzatishda va ma’lumotlar oqimiga prioritetlar ta’yinlashda effektiv vositalarni ta’minlab berish uchun multimedia ma’lumotlarini saqlash va ajratish mexanizmi talab qilinadi. Hozirgi vaqtda so’rov bo’yicha videoaxborotni taqdim qiladigan katta videoserverlar yaratilgan. Korporativ tarmoqda interaktiv imkoniyatlarni qo’llaydigan xuddi shunday videoserverlardan foydalanilyapti. Videoserverlar IBM, Hewlett-Packard va Network Connection kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilyapti. Network Connection kompaniyasi operasion tizim sifatida Microsoftning Windows NT Advanced Serverdan foydalanadigan Video Compression Station ishchi stansiyasini va Symmetric Multiprocessing M2V Multimedia Video Superserver serverini ishlab chiqaradi. Fayllar siqiladi va 30 kadr/sda tezlik bilan uzatiladi; bunda 1 dan 5 Mbit/sgacha diapazonda MPEG- 2 siqish vositasi qo’llaniladi. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling