Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари


Download 3.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/117
Sana28.08.2023
Hajmi3.44 Mb.
#1670962
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   117
Bog'liq
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING (1)

Adabiyotlar 
1. 
F. Novikov, A. Yasenko “Microsoft Office v selom” Moskva 2002g. 
2. 
http://referat.arxiv.uz/index.php?do=files&op=showfile&lid=34487&
cd=1 
3. 
https://ru.wikipedia.org/wiki/Google_Chrome 
4. 
http://hyper.uz/chromeda-ovozli-izlash-yanada-takomillashdi/ 
 
 
TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNI TADBIQ ETISH 
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
S. M.Qudratova
1
, S.Sh.Qudratxo’jayev
1

1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti. 
 
Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning 
ro’li kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish 
zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda yer 
kurrasining 
istalgan 
joyidan 
turib, 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foyd
alangan holda ta’lim olish mumkin. 
Zero an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy 
o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda [1]. 
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-
ta’lim muhitiga 
integrallas
hishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta’lim jarayonini 
tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli 
o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim 
sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv 
asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini 
bermoqda. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini 
modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir. AKT 
– bu turli texnik 
va dasturiy qurilmalar bilan axborotga ishlov berish usullaridir. U birinchi 


238 
navbatda, zarur dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan kompyuterlar va ma’lumotlar 
joylashtirilgan telekommunikatsiya vositalaridir. 
Ko’pchilik izlanuvchilar masofaviy ta’limni kelib chiqishini va uni 
rivojlanishini uch bosqichga bo’lishadi. Masofaviy ta’limni boshlanishi va ilk 
ko’rinishi “xat yozish bo’yicha trening” deb nomlanadi[1].
Buyuk Britaniyada 1840-yilda I.Pitman pochta da xat orqali yuboriladigan 
qisqartirilgan ta’lim tizimini taqdim etdi. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning 
boshlarida xat yozish bo’yicha hususiy maktablar ko’paya boshladi. Ular 
o’zlarining qisqa malaka oshirish kurslarini va har xil imtixon oldi tayyorlov 
kurslarini taklif qilishdi. Bu kurslar qulay va hamyonbop edi. Bu kurslarning 
afzalligi xoxlagan yerda, xoxlagan vaqtda o’qisangiz bo’lar edi. 
Masofaviy ta’limni ikkinchi bosqichi XX asrning ikkinchi yarmini qamrab 
oladi. Bu davrga kelib oily ta’lim muassasalari ko’paydi, yangi maxsus masofaviy 
ta’lim turi tashkil etildi. Angliyada 1969-yilda Ochiq universitet o’z faoliyatini 
boshladi. Bugungi kungacha bu universitet eng katta masofaviy ta’lim bo’yicha 
oliy ta’lim muassasi hisoblanadi. Fransiyada ilk bor 1939-yilda Milliy sirtqi 
makazi tashkil etildi va bu Milliy masofaviy ta’lim markazi tashkil topishiga turtki 
bo’ldi. 1972-yilda Ispaniyada Milliy masofaviy ta’lim universiteti tashkil etildi. 
1984-
yilda AQShda Milliy texnika universitetida tashkil etildi. Masofaviy ta’limni 
rivoj
lanishiga televidenya va radioeshittirishning tarqalishi va ommabop bo’lishi 
nihoyatda katta hissa qo’shdi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Sababi o’sha davrlarda 
radiokurslar va televidenya orqali o’quv dasturlari va ta’lim beruvchi kanallar 
paydo bo’ldi.Masofaviy ta’limni rivojlanishining uchinchi bosqichi axborot 
texnologiyalarini rivojlanishi bilan chambarchars bog’liq bo’lib, bu davr XXI 
asrdan boshlanadi. Bu davrga kelib, aholining turli qatlamlarida kompyuter va 
internetdan foydalanish imkoniyati paydo bo
’ldi. Bu esa o’z navbatida o’qituvchi 
va talaba o’rtasida multimedia mahsulotlarini almashish tezligini va sifatini 
oshirdi. 1997-yil 29-
avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim 
to‘g‘risidagi» Qonunining 1-moddasida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-
hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari belgilab berildi, hamda har kimning bilim 
olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilganligi ta’kidlandi[2].
Hozirgi davr ta’lim bosqichining yangi talablariga ehtiyoj yuqoriligini 
ko‘rsatmoqda. Bunda masofaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash 
va uni boshqarish ham muhim o‘rin tutadi.Bunda OTMlarga yangi imkoniyatlar va 
istiqbollar ochib berish borasida rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, 
hududlardagi kadrlar malak
asini masofadan boshqarish bunga misol bo‘la oladi. 
Elektron yoki masofaviy ta’limning yangi bosqichida nafaqat axborot 
texnologiyalarini qo‘llash, balki elektron shakldagi ta’lim manbalari bilan 
ta’minlashni ko‘zda tutiladi.Elektron va masofaviy texnologiyalar – ta’limning 
axborot va kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llangan variantlaridir. Elektron 
ta’lim – avval «Elektron ta’lim» atamasi kompyuter yordamida o‘qitish deb 
tushunilgan, biroq axborot texnologiyalari rivoji bilan bu tushuncha yanada 
kengaytirildi. Bugungi kunda elektron ta’lim ko‘pgina ta’lim texnologiyalarini 
qamrab olmoqda, ularni shartli ravi
shda, 2 xil turga, ya’ni sinxron va asinxron 
turlarga bo‘lish mumkin.

Download 3.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling