Muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar


ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1757276
1   2   3   4
ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB 
MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR 
VA ISTIQBOLLAR
mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani 
http://journal.jbnuu.uz/
 

joydan ikkinchi joyga tezkor ko‘chishga layoqatli bo‘lish kabi ma’nolarni 
anglatadi. Lug‘aviy izohlarga tayangan xolda, o‘z-o‘zini doimiy rivojlantirib 
borish, o‘zgarishlarga, yangi va kutilmagan vaziyatlarga tezkor munosabat 
bildirish va moslashish qobiliyatiga ega o‘qituvchiga nisbatan mobil 
tushunchasini qo‘llashimiz mumkin ekan. Yuqorida sanab o‘tilgan hususiyatlarga 
ega o‘qituvchigina o‘zining bosh g‘oyasini to‘la anglaydi, o‘qituvchilik faoliyati 
bilan shug‘ullanayotganligini ongli ravishda tahlil qiladi, kasbiy faollikni 
namoyish qiladi va amaliy harakatlarga kirishuvchan bo‘ladi. 
So‘ngi yilllarda mobillik bo‘yicha qator tadqiqot ishlari amalga 
oshirilmoqda va olimlar tomonidan mobillik tushunchasiga izohlar va ta’riflar 
berib o‘tilgan. Jumladan, L.V.Goryunova kasbiy mobillikning nazariy modelini 
ishlab chiqdi. Uning fikricha, kasbiy mobillik modeli shaxsning ta’lim sohasida 
kasbiy kompetensiyalardan iborat yaxlitlik, o‘zgarishlarga tayyorlik va faollik 
kabi sifatlardan tarkib topishidir. Tadqiqotchi zamonaviy dunyoning “yuqori 
darajadagi turbulentlik” sharoitida o‘qituvchi uchun uzluksiz o‘qish va qayta 
o‘qish, o‘zgarishlarga tezkor moslashish, mustaqil ravishda o‘z mavqeini oshirib 
borishni boshqarish imkonini beruvchi tuzilma va qobiliyatlarning muhimligini 
asoslaydi. 
Ta’lim sifati va pedagoglarning kasbiy mahoratiga qo‘yiladigan 
talablarning to‘xtovsiz oshib borayotganligi o‘qituvchining o‘z faoliyatini 
yangicha yondashuvlar asosida tashkillashtirishni taqozo qiladi. O‘zbekistonda 
“Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari 
imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq 
yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” muhim ustuvor 
vazifa sifatida belgilangan. Shu nuqtai nazardan, Oliy ta’lim muassasalarida 
bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantirishning pedagogik 
mexanizmlarini takomillashtirishda zamonaviy o‘qituvchi nafaqat o‘zining 
kasbiy mahorati, yuqori malaka darajasi, balki intellekti, innovatsion 
jarayonlardagi faol ishtiroki, axborotlarni tezkor topish, qayta ishlash, 
harakatchan va tashabbuskor bo‘lishi zarur. Mazkur talablar pedagoglardan 
uzluksiz ravishda o‘qish, bilimlarini rivojlantirish, o‘zgarishlarga tezkor 
moslashish va qarorlar qabul qilish, missiyasini rostlashi hamda doimiy faol 
bo‘lishini ifodalovchi kasbiy mobillikni o‘zida rivojlantirish zaruriyatini 
belgilaydi. 
Bo‘lajak menejerlarda ijtimoiy hayot, ta’lim-tarbiya muhiti va kasbiy 
faoliyatiga oid tushunchalarni bilish faolligi, o‘zgaruvchan vaziyatlarni 
boshqarish, tezkor moslashish, maqsadga intilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘zaro 
munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, axborotlar bilan ishlash, hamkorlik mazmunini 
tushunishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish zarurligini 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling