Muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar
ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR VA ISTIQBOLLAR
ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR VA ISTIQBOLLAR mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani http://journal.jbnuu.uz/ 7 ifodalaydi. Tadqiqot tahlillariga asoslanib “Kasbiy mobillik”ni quyidagicha izohladik: Kasbiy mobillik – bu kasbiy faoliyatga doir o‘zgaruvchan sharoitlarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, muayyan vaziyatlarda tezkor yechim topish, kasbiy ehtiyojlarini anglash va zamonaviy talablarga moslashtirishga tayyorlik qobiliyatini rivojlantirishni ifodalaydigan integrativ xususiyatini tushunamiz. Bo‘lajak menejerlarda kasbiy mobillikni rivojlantirish jarayoni quyidagicha: o‘quv-tarbiyaviy faoliyatga tayyorligi, yangi sharoitlarga moslashishi va o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyati, kasbiy faoliyatiga oid bilimlarni o‘zlashtirishda bir darajadan yuqorisiga mohirlik bilan o‘tishi, soha ta’limiga doir innovatsiyalarni o‘zlashtirishi hamda kasbiy rivojlanish sur’atini ifodalovchi integral sifat shaklida e’tirof etiladi. Kasbiy mobillik shaxsning turli muammoli vaziyatlarga nisbatan ta’sirchanligi samarasini ifodalovchi asosni, shuningdek, atrof-muhit va ruhiyatida kechayotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan mustahkam shaxsiy manbaini tashkil qiladi (1-rasm). Tadqiqotimiz subektiv yondashuv doirasida amalga oshirilgan va professional mobillikni, kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish strategiyasi, sub’ektning umumiy pedagogik faoliyat strategiyasining alohida holati sifatida ko‘rib chiqilgan. Moslashuv jarayonlari professionallashtirish va uning butun davriga hamroh bo‘ladi. Bo‘lajak ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR VA ISTIQBOLLAR mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani http://journal.jbnuu.uz/ 8 menejerning o‘zi uchun belgilaydigan moslashish strategiyasi, jumladan, professional mobillik strategiyasi uning kasbiy sohasidagi umumiy faoliyat strategiyasi bilan ifodalanadi. Xulosa, rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida ham o‘qishni ko‘chirish, ichki akademik mobillik oliy ta’lim boshqaruvining bir qismi hisoblanadi. Ba’zi davlatlarda barcha vakolat oliy ta’lim muassasalari ixtiyorida bo‘lsa, ba’zilarida qat’iy cheklovlar, muayyan talablar joriy etilgan. Ichki akademik mobillik dasturlari universitetlar aro o‘zaro kelishuv shartnomalari asosida tashkil qilinadigan mamlakatlar ham mavjud. Mazkur tizimning amaliyotga joriy etilishi talabalarning muayyan oliy ta’lim muassasasidan o‘qishni boshqa nomdorroq oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirishi uchun emas, balki tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha malakali kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling