Muammoli o‘qitish


Download 157.25 Kb.
bet8/8
Sana02.04.2023
Hajmi157.25 Kb.
#1319072
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Interfaol metodlar 5

Videoma’ruzalar. Bunday o‘qitish shaklida o‘qituvchi ma’ruzasi videotasmaga yoziladi, chiziqsiz montaj usulida u multimedia, ilovalar, ma’ruzani bayon qilishning ko‘rgazmali vositalari bilan to‘ldiriladi. Bunday to‘ldirishlar ma’ruza mazmunini nafaqat boyitadi, balki uni bayon qilishning jonliroq va tinglovchilar uchun qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Videoma’ruzalar o‘quv markazlariga videokassetalar yoki kompakt disklarda yekaziladi. Zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlarning amaliy yo‘nalishi sifatida bugungi kunda pedagogikada o‘qitishning bir necha metodlari farqlanadi:
1. Passiv – ta’lim oluvchi o‘qitishning “ob’ekti” sifatida namoyon bo‘ladi ( tinglaydi va ko‘radi);
2. Aktiv – ta’lim oluvchi o‘qitish jarayonining “sub’ekti” sifatida namoyon bo‘ladi( mustaqil ish, ijodiy tpshiriqlar);
3. Interfaol – pedagog va ta’lim oluvchilarning o‘zaro hamkorligi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi samarali o‘qitish metodlaridan biri bu interfaol o‘qitish metodlaridir. Interfaol so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, «inter» - o‘zaro va «act» - harakat qilmoq ma’nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interfaol - ya’ni o‘zaro harakat qilmoq ma’nosini anglatadi. Bunday o‘zaro harakat turlariga “talaba – o‘qituvchi” va “talaba-talaba”ning maqsadli harakatlarini kiritish mumkin. Interfaol o‘qitishda o‘qituvchi o‘quv faoliyatninig faol tashkilotchisi bo‘lib, o‘quvchi bu faoliyatning sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri-bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o’quvchi va o’qituvchining birgalikdagi faoliyati bo’lib, asosan o’quvchilarni fikrlashga undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o’zini tahlil qilishni va amaliyotda qo’llashni o’rgatadi. O’qituvchining asosiy vazifasi bu erda o’quvchilarga yo’l ko’rsatish, yo’nalish berish, eng to’g’ri xulosani aytishdan iborat.
Download 157.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling