«KEYS-STADI» TEXNOLOGIYASI
«Keys-stadi» ingilizcha (case – aniq vaziyat, stadi – o‘qitish) aniq vaziyatga va hodisaga asoslangan o‘qitish. O‘quv muammoli vaziyat (o‘quv keysi) tashkil etishning maqsadi auditoriyada mavzudan kelib chiqib, aniq muammoli vaziyatni mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda muqobil yechimlarini muhokama qilish orqali qarorlar qabul qilish muhitini yaratishdan iborat.
“BBB” TEXNOLOGIYASI («BILAMAN, BILISHNI XOHLAYMAN, BILDIM»)
№
|
Ma’ruza savoli
|
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
|
........................
|
|
|
|
Ma’ruza rejasiga mos holda 2-ustunni to‘ldiring.
O‘ylang, juftlikda hal eting va javob bering. Ushbu savollar bo‘yicha nimani bilasiz, 3-chi ustunni to‘ldiring.
O‘ylang, juftlikda hal eting va javob bering. Ushbu savollar bo‘yicha nimani bilish kerak, 4-chi ustunni to‘ldiring.
Ma’ruzani eshiting.
5-chi ustunni to‘ldiring.
«QARAMA-QARSHI MUNOSABAT» METODI
Metod o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘zlashtirilgan bilimlarni tahlil va sintez qilish asosida asosiy hamda ikkinchi darajali ma’lumotlar sifatida guruhlarga ajratish imkonini beradi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib, uning ahamiyatini yorituvchi tayanch tushunchalar aniqlanadi;
ular muayyan ketma-ketlikda qayd etiladi;
tushunchalar shaxsiy yondoshuv asosida muhim va u qadar muhim bo‘lmagan tushunchalar tarzida guruhlanadi;
jadval yaratilib, uning 1-ustuniga muhim bo‘lgan, 2-ustuniga muhim bo‘lmagan tushunchalar yoziladi;
kichik guruhlar asosida shaxsiy yondoshuvlar muhokama qilinadi;
jamoaning umumiy fikriga ko‘ra yakuniy xulosani ifoda etuvchi jadval yaratiladi.
Talabalar faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun ularning e’tiborlariga quyidagi jadvallarni taqdim etish maqsadga muvofiqdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |