Muammoli ta'limning mohiyati va vazifalari


Muammoli talim darajalari


Download 110.48 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi110.48 Kb.
#1537887
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUAMMOLI TA\'LIMNING MOHIYATI VA VAZIFALARI

3. Muammoli talim darajalari.
O’qituvchi bilan talabaning o'zaro munosabati xarakteriga ko'ra muammoli ta'limni shartli ravishda 4 darajaga ajratish mumkin:

Muammoli ta'lim darajalari

O’qituvchi va talaba faoliyati

 Mustaqil bo'lmagan (odatdagi) faollik darajasi

 O’qituvchi tushuntirganini talaba tomonidan idrok etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat

 Yarim mustaqil faollik darajasi

 Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llashi va talabalarning o’qituvchi tomonidan qo’yilgan o’quv muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish

Mustaqil
 faollik darajasi

 Reproduktiv – izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda darslik matni bilan talabaning o'zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini yangi vaziyatda qo'llanadi, konstruktsiyaaydi, o'rtacha murakkablikdagi masalalarni echadi, o’qituvchining ko'magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k.

 Ijodiy faollik darajasi

 Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va o'ylab topishni, o’quv muammolarini echishning yangi usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil xulosa va umumlashmalar chiharishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish

Muammoli ta'limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki talaba tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta'minlaydigan, bilimlarni ijodiy o'zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko'maklashadigan hamda e'tiqodni tarkib toptiradigan ta'limning bir turi deb qarash lozim.
Didaktikada muammoli dasrlarni muammoli vaziyatlarning tipiga qarab xarakterlashga oid tadqiqotlar mavjud. Shu o'rinda G.V.Artyomova o'z izlanishlari asosida muammoli darslarni tashkil etishning bir necha variantlarini taklif etadi.
Bular: 1. Versiya xarakteridagi dars.
2. Qiyosiy-umumlashtirish xarakteridagi dars.
3. Ma'naviy-axloqiy muammoli dars.
Versiya xarakteridagi dars strukturasi

Download 110.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling