Muataqil ish-1 Mavzu: Biofizika- tirik organizmlar fizikasi
Download 122.81 Kb.
|
1dedlayn
Muataqil ish-1 Mavzu: Biofizika- tirik organizmlar fizikasiBajardi: 2- davolash 110-guruh Sadullayev DiyorbekBiofizika, biologik fizika — biologik sistemalarda kechadigan fizik jarayonlar va ularga taʼsir kursatadigan har xil fizik omillarni urganadigan fan. Tadqiq etiladigan obʼyekt tuzilishi darajasiga binoan B.ni molekulyar B., hujayra B.si, murakkab biologik sistemalar B.siga ajratiladi. Molekulyar B. makromolekulalar va boshqa muhim biologik birikmalar tuzilishi va funksional xususiyatlarini; hujayra B.si hujayra hayotiy faoliyati asosini tashkil etadigan fizikkimyoviy jarayonlar hamda hujayra tarkibiga kiradigan struktura elementlari (ayniqsa membrana strukturasi)ning ahamiyatini; biologik sistemalar B.si toʻqima, organizm va tabiiy jamoalarda sodir boʻladigan biologik jarayonlarning oʻzaro taʼsiri va boshqarilishini hamda matematik modellashtirilishini oʻrganadi. Oʻrganish obʼyekti va metodlariga koʻra B. molekulyar biol., bioorganik kimyo, biokimyo fanlariga yaqin boʻlganidan koʻpincha bu fanlar bilan birga fizikkimyoviy biol.ga birlashtiriladi.
Oʻzbekistonda B. ga oid tadqiqotlar 20-asrning 60- yillarida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida, Oʻzbekiston milliy universitetining biokimyo, keyinchalik B. kafedralarida boshlangan. Asosiy tadqiqotlar ionlarning faol transporti, membrana funksiyalarining gormonal regulyatsiyasi, membrana faol birikmalarining taʼsir mexanizmini aniqlashga bagʻishlangan. Tadqiqotlarda Na K—ATFaza ferment sistemasi barcha hujayralarning plazmatik membranasi uchun umumiyligi, buyrak nefronlari fiziologik xususiyatlari transport fermentlari kinetik xususiyatlari bilan bogʻliqligi aniqlandi (B. O. Toshmuhamedov, 3. U. Bekmuhamedova). Membrana B.sining elektrogenez mexanizmlari; ilon, chayon va arilar zaharidan ion kanallarini tanlab utkazuvchi neyrotoksinlar; umurtqalilar va hasharotlar sinapslari glutamat neyroreseptorlari oʻrganildi (P. B. Usmonov), sunʼiy qoʻshqavatli membranalarni rekonstruksiya qilish amalga oshirildi (E. M. Mahmudova). Shuning bilan birga membranalarda oqsil va lipidlarning oʻzaro taʼsiri (T. F. Oripov), membrana fermentativ katalizi (M. M. Rahimov), membranalarning radiatsiya bilan shikastlanishi (A. Q. Qosimov), mitoxondriyalar ion regulyatsiyasi, mitoxondriya va butun hujayradagi bioenergetik jarayonlarning fiziologik regulyatsiyasi (A. I. Gagelgans, M. X. Zaynutdinov) oʻrganilgan. Oʻzbekistonda B.ga oid ilmiy tadqiqotlar Fanlar akademiyasi Fiziologiya va biofizika institutida, Oʻzbekiston milliy universitetining biofizika kafedrasida va boshqa oliy oʻquv yurtlari kafedralarida olib boriladi. B.ning koʻp sohalari tibbiyot, q. x. va atrof muhitni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega (quyosh nuridan foydalanish, biofizik metodlar va fizik taʼsirlarni, mas, ultratovush, lazer nurini tibbiyotda qoʻllash va boshqalar). Download 122.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling