Muataqil ish-1 Mavzu: Biofizika- tirik organizmlar fizikasi


Download 122.81 Kb.
bet4/7
Sana24.12.2022
Hajmi122.81 Kb.
#1062928
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1dedlayn

Biofizika yoki biologik fizika-biologiya bilan fizikaning turli bo’limlari chegarasida vujudga kelgan hozirgi zamon fanining muhim yo’nalishi. Biofizikaning asosiy vazifasi jonli sistemalarning tuzilishi va faoliyatning fizik asoslarini o’rganishdan iborat. Murakkablik darajasi turlicha bo’lgan biologik ob’ektlarni (ayrim molekulalar va ularning komplekslaridan tortib to xujayralar, ularning turkumlari, to’qimalar, organlar, butun organizmlar va populyatsiyalargacha) tekshirishlarda murakkab muammolarning bir butun kompleksi paydo bo’ladi. Ularni hal qilish uchun hozirgi zamon fizikasi nazariy va eksperimental metodlarning butun arsenalini, shu jumladan, matematik fizikaning qator bo’limalarini, axborot nazariyasi, kibernetika, avtomatik rostlash va fanning boshqa qo’shni yo’nalishlarini qo’llash talab qilinadi.

  • Biofizika yoki biologik fizika-biologiya bilan fizikaning turli bo’limlari chegarasida vujudga kelgan hozirgi zamon fanining muhim yo’nalishi. Biofizikaning asosiy vazifasi jonli sistemalarning tuzilishi va faoliyatning fizik asoslarini o’rganishdan iborat. Murakkablik darajasi turlicha bo’lgan biologik ob’ektlarni (ayrim molekulalar va ularning komplekslaridan tortib to xujayralar, ularning turkumlari, to’qimalar, organlar, butun organizmlar va populyatsiyalargacha) tekshirishlarda murakkab muammolarning bir butun kompleksi paydo bo’ladi. Ularni hal qilish uchun hozirgi zamon fizikasi nazariy va eksperimental metodlarning butun arsenalini, shu jumladan, matematik fizikaning qator bo’limalarini, axborot nazariyasi, kibernetika, avtomatik rostlash va fanning boshqa qo’shni yo’nalishlarini qo’llash talab qilinadi.
  • Zamonaviy tasavvurlarga ko’ra, bizga ma’lum bo’lgan hamma biologik ob’ektlarning hayot faoliyati asosida qolgan materiyaga ham taalluqli bo’lgan tabiat qonunlari yotadi. Biroq o’z xususiyatiga va juda murakkabligiga ko’ra, biologik sistemalarda bevosita oddiy fizik jarayonlarga keltirib bo’lmaydigan sifat jihatidan yangi o’ziga xos xususiyatlar bir. Bu, bizning sayyoramizda hayotning paydo bo’lishi va evolyutsiyasi; tabiiy tanlash; hujayralar differensiatsiyasi va ko’p hujayrali, yuqori rivojlangan organizmlarning bir hujayralidan rivojlanishi; indivuumlar va tirik mavjudotlar kollektivlarining o’zini tutishi haqidagi masalalar; odamning tirik tabiatning hamma boshqa vakillaridan o’zining intellektual va emotsional faoliyati, ijtimoiy hodisalar va sotsial muammolari bilan sifat jihatidan farq qilishi kabi masalalarga oiddir. Shunday bo’lsa ham, fizikaning asosiy qonunlari, so’zsiz, hamma biologik sistemalar uchun to’g’ridir, ularning qo’llanilishi esa tabiatning eng murakab ob’ektlari-jonli mavjudotlarni tekshirish uchun keng imkoniyatlar ochadi.
  • Biofizika biologik sistemalarda modda bilan energiyaning o’zaro ta’sirlaridagi muhim xususiyatlarni ochdi. Hayot faoliyati jarayonlari ochiq sistemalarning termodinamika qonunlariga bo’ysunib, mazkur organizm atrof-muhit bilan doimiy modda va energiya almashinuvida bo’lar ekan. Tirik sistemalar, odatda, termodinamik muvozanatdan uzoq bo’lgan sharoitlarda ishlaydi, bu esa jonsiz tabiat uchun juda odatdan tashqari bo’lgan erkin energiya va entropiyaning o’zgarishlari qonunlariga olib keladi (Termodinamika). Boshqacha aytganda, hayot-bu modda, energiya va ma’lumotning murakkab o’zaro ta’sirilari sabab bo’lgan dinamik holat, jarayondir.

Download 122.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling