Mudofaa va milliy xavfsizlik / Terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash]


-modda. Ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash


Download 34.2 Kb.
bet6/11
Sana09.01.2023
Hajmi34.2 Kb.
#1085845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O‘RQ-489 30.07.2018

11-modda. Ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash
O‘zbekiston Respublikasining hududiga ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan, shuningdek ommaviy axborot vositalarida yoki telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan materiallar qonunchilikda belgilangan tartibda ekstremistik materiallar deb topiladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ekstremistik materiallar, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilari belgilangan tartibda yo‘q qilinishi yoki olib tashlanishi kerak. Ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiyalar tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini yo‘q qilish yoki olib tashlash imkoni bo‘lmaganda ulardan foydalanish cheklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining ekstremistik materiallarni yo‘q qilish, olib tashlash yoki ulardan foydalanishni cheklash to‘g‘risidagi talabining telekommunikatsiya tarmoqlariga va Internet jahon axborot tarmog‘iga kirish bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi shaxs tomonidan bajarilmaganligi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-aprel “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 180-son qarori
(11-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 34.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling