Mudofaa va milliy xavfsizlik / Terrorizm va diniy ekstremizm bilan kurash]


Download 34.2 Kb.
bet3/11
Sana09.01.2023
Hajmi34.2 Kb.
#1085845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O‘RQ-489 30.07.2018

ekstremistik guruh — oldindan til biriktirib ekstremistik faoliyatni amalga oshirayotgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilayotgan ikki yoki undan ortiq shaxs;
LexUZ sharhi
Qarang:O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 27-modda.
ekstremistik material — ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga oshkora da’vat qiladigan yoxud shunday faoliyatni amalga oshirish zarurligini asoslab beradigan yoki oshkora oqlaydigan, tarqatish uchun mo‘ljallangan hujjat yoki har qanday vositadagi boshqa axborot;
ekstremistik tashkilot — ekstremistik faoliyatni amalga oshirganligi tufayli o‘ziga nisbatan faoliyatini tugatish yoki taqiqlash to‘g‘risida sudning qonunda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan qarori qabul qilingan tashkilot.
4-modda. Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
Ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
oshkoralik;
javobgarlikning muqarrarligi.
5-modda. Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, shuningdek uning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
ekstremizm sohasidagi huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash;
ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida ekstremistik faoliyatni taqiqlash
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagilar taqiqlanadi:
ekstremistik faoliyatning har qanday ko‘rinishlari;
yuridik shaxslar tashkil etilganda ularni ekstremistik tashkilotlarning nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki o‘xshash bo‘lgan belgilarni o‘z ichiga olgan nomlardan foydalanish.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PF-5542-sonli “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni.

Download 34.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling