Muhabbat psixologiyasi


Download 22.23 Kb.
bet1/4
Sana08.02.2023
Hajmi22.23 Kb.
#1177281
  1   2   3   4
Bog'liq
Muhabbat psixologiyasi.


Muhabbat psixologiyasi.
Dars mqasadi:

  1. Ta’limiy: Talabalarga inson ruhiyatidagi o’zgarishlarni tushuntirish. Bu mavzuga doir aytilgan donishmandlar so’zlari, aforizmlarning ma’nosini anglash.

  2. Tarbiyaviy: O’quvchilar bir-biriga mehr-muhabbatli, sadoqatli qilib tarbiyalash. Ular qalbiga ezgu tuyg’ularni singdirish.

  3. Rivojlantiruvchi: O’qituvchilarning oldingi bilimlarini mustahkamlash,ularga yangi bilim va majaka berish. Qalblardagi mudroq tuyg’ularni uyg;otish.




    • Dars usuli: Ma’ruza

    • Dars turi: Savol-javob

    • Fanlararo bog’lanish: Mavzuni o’tish jarayonida adabiyot, ona tili, biologiya kabi fanlar bilan aloqadorlik qilinadi. Mavzu ga doir she’rlar, hikmatli so’zlar so’raladfi.

    • Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: Guruh o’quvchilari darsga tayyorlanadi, davomad olinadi. Mavzu va dars rejasi doskaga yoziladi:


R E J A
Mavzu: Muhabbat psixologiyasi.
Dars shiori: Muhabbat qalblarni titratgan tuyg’u.
O’zingsan shirin dard, eng shirin og’u.

Dars rejasi.


  1. Muhabbatning formulasi.

  2. Muhabbat va yosh.

  3. Muhabbatnung bosqichlari.

  4. Muhabbat va mijoz.

  5. Muhabbatning belgilari.

  6. Rashk hislari.

Dars bayoni.


1. MUXABBATNING FORMULASI.


Qaysi mutafakkir yoki olim, shoir yoki yozvchining asarlarini olib ko’rmang, ularning hech qaysisi o’z ijodiy faoliyatida inson hissiyotlarining eng kuchli va sirlisi, serjilo va sehrlisi hisoblangan muhabbatni chetlab o’ta olmagan. Insoniyat bor ekan, muhabbat odamnisirli tuyg’ular olamiga yetaklagan, uni yengib bo’lmasg’ovlardan o’tishga va cho’qqilarni zabt etishga undagan,uni rag’batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa etgan. Hatto o’lim to’shagida yotgan kishiga ham umid bag’ishlab, hayot nash’asini surdirgan, oddiy kunlariga kamalak jilolarini armug’on etgan, uning atrof-muhitni hamda o’zligini idrok qilishi uchun turtki bo’lgan. Shaxs ruhiyatida hatto o’zida ham noma’lum bo’lgan qudratni kashf etgan. Ko’hna va hamisha navqiron hisoblangan bu insoniy tuyg’u hammaga barobar aziz va muqaddasdir.


Sevgi-muhabbat tuyg’ularini D.A.Li bir necha turlarga bo’ladi:
1.EROS-kuchli sevgi-muhabbat hislari bo’lib, bu hislar asosida yotgan motiv muhabbat obyektiga jismoniy ega bo’lish. Bunda jinsiy intilish yetakchilik qiladi.
2. LYUDUS-sevgi hislarini unchalik chuqur bo’lmagan muhabbat o’yini sifatida idrok qilinadigan, sevgi hislari obyekti oson almashishi mumkin bo’lgan turi.
3. STORGE- tashqi ko’rinishidan kuchli ifodalanmagan, ammo ishonchli muhabbat-do’stlik turi.
4. PRAGMA (L+S)-lyudus va storgelardan iborat doimo ong nazoratida bo’lgan, sevgan shaxsining manfaatlarini ko’zlagan maqsadlari asosida yuzaga kelgan sevgi hislaridir.
5. MANIYA (E+L)- eros va lyudusdan iborat bo’lib, sevgan kishi sevgi obyektidan tobeligi bilan xarakterlanadi. Ammo eros va lyudusdan bu turning farqi sevgan shaxsda o’ziga ishonch hislari yetarli bo’lmaydi.
6. AGAPE (E+S)-eros va storgelar yig’indisidan iborat kuchli ifodalanadigan sevgan kishi muhabbat obyektiga hamma narsasini va hatto o’zini ham bag’ishlashga tayyor bo’lgan hislar turi va hokazo.
Kuzatishlarga ko’ra erkaklarning sevgi, muhabbat hislarida ko’proq qismini eros va lyudus, ayollarda esa pragma, storge va maniya turlari tashkil etadi.
O’smir va o’spirin yoshidagi o’g’il vaqiz bolalarda ko’proq maniya turi, katta yoshdagilarda esa boshqa turlar kuzatiladi.



Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling