Muhabbat psixologiyasi


Download 41.16 Kb.
bet10/11
Sana31.01.2023
Hajmi41.16 Kb.
#1144384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Muhabbat psixologiyasi

Aforizmlar

• Muhabbat eng qadimiy va navqiron tushuncha. U hozirgacha qarigan emas, bundan keyin ham qarimaydi. U hamisha oftob yanglig` qalbga yaqin, ammo har bir zamon, har bir avlod va har bir qalb uning yanada yangi, mazmunli, ko`rkam va fayzli bo`lishiga o`z hissasini qo`shadi.


(T. Qoraev)

• Muhabbat insoniyatni hayvonot olamidan sug`urib olgan kuchdir.


(Z.Freyd)

• Muhabbat degan narsa juda oz kishiga nasib bo`ladirg`on bir duri bebahodir.


(A.Qodiriy)

• Muhabbat omon bo`lsa, xayol bo`lsa omon


Vatan omondir, go`zallik omon!
Haqiqat omon bo`lsa, ayol bo`lsa omon -
Shu halq omondir! Insonlik omon!!!
(Faxriddin Xonkeldiev)

• Yaqin odamga nisbatan bo`ladigan sevgining ikki turi mavjud. Agar biz boshqa odamga nisbatan bo`lgan o`zimizning sevgi hissimizni sevsak - bu sevgi, agar biz boshqaning bizga nisbatan bo`lgan sevgisini sevsak - bu do`stlik.


(V. Klyuchevskiy)

• Muhabbatning ming qirrasi bor, har biri o`z nuri, o`z g`ussasi, o`z baxti va o`z totli bo`yiga ega.


(Konstantin Paustovskiy)

• Ayolning o`zga ayollardan farqi bizning sevib qolishimizga sababchi bo`lsa, uning o`zga ayollarga o`xshashligi (umumiy tomonlari) sevgi hislarimizning tez o`tib ketishiga imkon beradi.


(Jak Deval)

• Xushtoringizdan hech qachon u sizni nima uchun sevishligini so`ramang: agar u bu haqda o`ylab ko`rgudek bo`lsa, balkim sizda sevishga arzigulik xislatning o`zi topilmay qolishi mumkin.


(K. Melixan)

Eng yaxshi kun - bugun


Eng katta xato - umidsizlikka berilish
Eng katta ojizlik - nafrat
Eng katta tinchlikni buzuvchi - ko`p gapiradigan odam
Eng xavfli odam - yolg`onchi
Eng katta hayot - hamjihatlik hissi
Sen berishing yoki olishing mumkin bo`lgan eng katta sovg`a - sevgi!

• Sevish degani - bu o`zimizdagi va atrofimizdagi minglab to`siqlarni yengib o`tish deganidir.


(J.Anuy)

• Erkak kishi ayolni chanqoqdan azob chekib, suvga intilayotgan yo`lovchidek sevadi. Undan o`z hirsini (ehtiyojini) qondirib bo`lganidan so`ng u o`zi talpinayotgan predmetga qiziqishini yo`qotadi.


• Ayol kishi erkakni issiqdan toliqib, salqinga intilayotgan yo`lovchidek sevadi. U hatto o`zi xohlagan narsaga erishsa ham u sevgiga to`ymaydi.


(Syuy Syuemo. O`rta asr xitoy aforizmi)

Nokas kishi hech mahrami jon bo`lmas,


Sho`ra yer uzra bog`u guliston bo`lmas,
Kim dardi diloromni sevmasa jondek,
Hargiz o`zganing dardina darmon bo`lmas.
(Hofiz Xorazmiy)

• Rashk bu boshqalardan ko`ra o`ziga ko`proq, azob berish san`atidir.


(A.Dyuma)

• Rashkdan maqsad - xotinni yomon yo`lga kirishining oldini olishdir.


(Ahmad Donish)

• Qalbida olovi yo`q ayolning o`zi yo`q., faqat unga yoqa bilish malakasiga ega bo`lmagan erkaklar bor.


- Bir qarashdayoq, sevib qolish mumkinmi?



  • Bu qaerga va qay muddatda qarashga bog`liq»

.
• Muhabbat xastaligidan tezroq qutulmoqchi bo`lsangiz, sevgilingiz shaxsini yaxshiroq o`rganing.



Download 41.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling