Muhabbat psixologiyasi
Bilimlarni tekshirish uchun savollar
Download 41.16 Kb.
|
Muhabbat psixologiyasi
Bilimlarni tekshirish uchun savollar
1. Sevgi haqida qanday mulohazalar, rivoyatlar, ta`riflarni bilasiz? 2. Sevgining qanday turlari mavjud? 3. Sevgi hissi va yosh o`rtasida qanday bog`liqliklar mavjud? 4. Yigit va qizlarda sevgi tuyg`usining ifodalanishida qanday tafovutlar mavjud? 5. Qizlar va yigitlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning qanday turlari farqlanadi? 6. Muhabbat bosqichlari qanday namoyon bo`ladi? 7. Muhabbat va inson mijozi o`rtasida qanday bog`liqliklar mavjud? 8. Muhabbat belgilari qanday namoyon bo`ladi? 9. Sevgining fasliy o`zgarishi nimalardan iborat ? 10. Rashk hissi nima? Uning sevgiga qanday ta`siri bor? Hadislar Kim kimni yaxshi ko`rsa (do`st tutsa), shu sevgisini bildirib qo`ysin. Do`stlik ham, adovat ham nasldan naslga meros qoladigan narsadir. Hayo - doimo yaxshilik keltiradi. Qur`onda: «Ular sizlar uchun libosdir, sizlar ular uchun libosdirsizlar» - deb aytilganki, ushbu hikmat ham islomda erkak va ayol o`rtasida mehr-muhabbat, oqibat ulug` bo`lishi zarurligini ko`rsatadi. Hikmatlar 1. Muhabbatning ko`zi ko`r. 2. Parvona - o`z oshig`ining qurboni. 3. Sevgan bilan qo`shilish - Dutorga tor taqqanday, Sevmagan bilan qo`shilish - Zaharli ilon chaqqanday. 4. Sevganga - sultonsan, sevmaganga ultonsan. 5. Sevganing oltindan aziz. 6. Sevgining bahori bilan shodlanma, Yozu qishi ham bordir. 7. Sevgining ko`zi ayb ko`rmas. 8. Sevdim deb maqtanma, sevildim deb maqtan. Jumboqlar 1. Avval sog` ko`zlarga rangli parda qoplab, so`ngra uni yaxshi, ravshan, real ko`radigan qiluvchi xastalikning nomini toping. (sevgi-muhabbat) 2. Eng ko`p tarqalgan ko`z kasalligini toping. (sevgi -muhabbat) 3. Qaysi og`ir xastalikdan kishilar tuzalishni istamaydilar? (sevgi-muhabbatdan) 4. «Muhabbat - bamisoli baland tog` cho`qqilariga o`xshaydi. Ular zabt etilganidan so`ng pastga tushishdan o`zga chora qolmaydi» iborasini psixologik tahlil qiling va muhabbat hislariga xos xususiyatlarni sanab o`ting. 5. «Muhabbat - bu erkak kishining yagona ayol bilan qoniqish va cheklanishga bo`lgan intilishi» iborasini psixologik tahlil qilib, mohiyatini ochib bering. 6. «Muhabbatda baxtli bo`lish uchun ko`rishdan qolish shart emas, faqat vaqti-vaqti bilan ko`zni yumib turish kerak» iborasini psixologik tahlil qilib, mohiyatini ochib bering. Download 41.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling