Muhabbat psixologiyasi
Download 41.16 Kb.
|
Muhabbat psixologiyasi
Latifalar
Bir erkak boshqasidan so`rayapti: - Agar sen, seni har doim kechiradigan, senga juda mehribon bo`ladigan, sen uchun hamma narsaga tayyor ayolni uchratib qolsang, unga nima deysan? Ikkinchi erkak bir oz o`ylanib turdi-da, javob berdi: - «Assalomu alaykum, oyijon!». * * * - Xotinimning tug`ilgan kuniga nima sovg`a tayyorlab qo`yishni bilolmayapman. U unchalik qimmat bo`lmasa va shu bilan birga xotinimni xursand qilsa. - Unga o`nta imzosiz ishqiy maktub yoz! * * * - Azizam, buni senga qanday aytishniyam bilmayman. Men... men... uylanganman. - Shunga shuncha vahimami? Men bo`lsam, mashinangni o`g`irlab ketishibdimi, deb o`ylabman. * * * Qiz yigitdan so`radi: - Ichasizmi? - Yo`q! - Chekasizmi? -Yo`q. - Qimor o`ynaysizmi? - Qartani umuman qo`limga olmaganman. - Demak, bironta ham kamchiligingiz yo`q? - Bittagina kamchiligim bor: ba`zan bilmay yolg`on gapirib qo`yaman. * * *
- Jonginam, sizsiz hayot menga qorong`u. Agar menga turmushga chiqsangiz osmondagi yulduzni olib ber, desangiz ham olib beraman. - Yulduzning hech hojati yo`q, - dedi qiz. - Maoshingizning bir tiyinini nari-beri qilmay olib kelib tursangiz, kerakli narsani o`zim sotib olaveraman. Xayol Notanish yigit bilan qiz bir bazmda qarama-qarshi o`tirib qolibdi. Yigitning o`ziga xayolchan tikilib turganini ko`rgan qiz beixtiyor yigitdan so`rabdi: - Yaxshi yigit, nimani o`ylab qoldingiz? - Siz nimani o`ylayotgan bo`lsangiz - shuni, - deb javob beribdi yigit. Shunda qiz o`rnidan shiddat bilan turibdi-da, yigitning yuziga tarsaki tortib yuboribdi. - E, ahmoq, qanday hadding sig`di, - debdi qiz g`azablanib... * * *
- Istamayman. - Siz o`ylamang, men har qanday qizni ham kinoga taklif qilavermayman. - Men ham har qanday yigitga yo`q deyavermayman. * * *
- Sizga jiddiy masalada murojaat qilaman: qizingizning menga tegishiga rozilik berasizmi? - Yaxshi yigit, siz ichasizmi? - Rahmat! Lekin, keling avval ishni bitiraylik. * * *
- Qo`ysangchi, darrov yomon xayolga borasan-a! Balki uni mashina urib ketgandir. Download 41.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling