Muhabbatnoma


Download 129.31 Kb.
bet8/11
Sana01.04.2023
Hajmi129.31 Kb.
#1316863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Muhabbatnomaning tematik-g\'oyaviy xususiyatlari

Muhammadxоja madhi. Muhammadxоja hukmdоrgina emas ma`rifatparvar va qоbiliyatli shоir hamdir. Birоq Xоrazmiy uni hukmdоr sifatida ulug`laydi, madh qiladi.
Necha hashmatli sultоn bo`lsa bo`lsin,
Ayitmоn mоl uchun madhu sanо men.
Lekin Xоrazmiy bu so`ziga qarshi bоrib, uni behad ko`klarga ko`taradi
Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si o’zbek mumtoz adabiyotidagi noma janrining ilk yorqin namunasi sanaladi. Albatta «Muhabbatnoma» faqat nomalar yig’indisi emas, unda g’azal, qit’a, fard kabi kichik lirik janrlarga xos asarlar ham mavjud. Lekin asardagi o’n bir noma asar tuzilishining bosh xususiyatini belgilaydi. Shoir shundan kelib chiqib “noma» so’zini asar nomiga ham chiqazgan. Xorazmiyning nomanavislik an’anasini adabiyotimizda Xo’jandiy «Latofatnoma»si, Yusuf Amiriy «Dahnoma»si, Said Ahmad «Taashshuqnoma»si, Sayyid Qosimiy «Haqiqatnoma»si va «Sadoqatnoma»si bilan davom ettirdi.
Xorazmiy — XIV asrda yashab, turkiy va forsiy tilda ijod etgan shoir. Biroq bizga uning asosan o’zbek, qisman tojik tilida bitilgan birgina «Muhabbatnoma» asari etib kelgan. Tarjimayi holi haqida ham shu asardagi ma’lumotlardan boshqa ma’lumotga ega emasmiz. Hatto, uning asl ismini ham bilmaymiz. «Muhabbatnoma»da shoirning o’zi qayd etishicha, Oltin O’rda xoni Jonibekxonning Sirdaryo muzofotidagi hukmdorlaridan biri Muhammad Xojabek forsiy tilda she’rlar yozib, mashhur bo’lgan Xorazmiydan: «Bu qish mening yonimda yurib, bizning tilda (ya’ni turkiyda) bir kitob yozsang», — deb iltimos qiladi:
Ko’ngul bahrinda ko’p gavharlaring bor,
Ochunda porsiy daftarlaring bor.
Muhabbat nardini ko’plardin uttung,
Shakartek til bila olamni tuttung.
Tilarmenkim, bizing til birla paydo
Kitobe aylasang bu qish qotimdo, —
Kim ush eldek kechar ayyomi foniy,
Jahonda qolsa bizdin armug’one.
«Muhabbatnoma» shu tariqa milodiy 1353-yili dunyoga kelgan. Demak, shoir tojik tilidagi daftarlari, ya’ni to’plamlari, «shakartek til» bilan el orasida ma’lum-u mashhur bo’lgan. Muhammad Xojabek esa undan aynan o’zbekcha asar yozishni so’rayapti. Adabiyotimiz tarixi uchun bu muhim bir fakt. Chunki shoirlarimizning o’z tilimiz qolib, forsiyda asarlar yozishiga qarshi kurash Alisher Navoiy yashagan XV asrning ikkinchi yarmiga qadar davom etdi. Taxallusidan ham bilish mumkinki, shoir — xorazmlik. Lekin asar Sirdaryo yoqalarida bitilgan. Yana bir narsani unutmaslik kerakki, faqat Amudaryoning Orolga quyiladigan joylarigina emas, Sirdaryoning dengizga tutash bo’lgan hududlari ham Xorazm deyilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun «Xorazm» degan joy nomi anglatgan hozirgi tushuncha bilan XIV asrdagi hudud bir biridan keskin farq qilishi tabiiy hol.

Xorazmiy. Muhabbatnoma

Download 129.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling