Muhaddislar Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari


Imom Ismoil al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan


Download 56.2 Kb.
bet8/13
Sana23.02.2023
Hajmi56.2 Kb.
#1223560
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
I. asosiy qism

Imom Ismoil al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan. Uning “Al-jome’ as-sahih” (“Ishonchli to’plam”), “Al-adab al-mufrad” («Adab durdonalari»), “At-tarix al-kibor” (“Katta tarix”), “At-tarix as-sag’iyr”, (“Kichik tarix”), “Al-qiroatu xalfa-l-Imom” (“Imom ortida turib o’qish”), “Vaf’ul-yadini fi-s-saloti” (“Namozda ikki qo’lni ko’tarish”) kabi asarlari mavjud bo’lib, ularning qo’lyozmalari bizgacha yetib kelgan. Ammo “At-tarix al-avsat” (“O’rta tarix”), “At-tafsir al-kabir” (“Katta tafsir”), “Al-jome’ al-kabir” (“Katta to’plam”), “Kitob-ul-hiba” (“Hadya kitobi”) nomli asarlari ham bo’lganligi ma’lum, biroq ular bizgacha yetib kelmagan. SHubhasiz, yuqorida nomlari qayd etib o’tilgan asarlarining eng yirigi, shoh asari “Al-jome’ as-sahih”dir. Bu asar “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan ham dunyoga mashhur. 4 jilddan iborat mazkur kitobda payg’ambarimiz Muhammad Alayhis-salom hadislaridan tashqari, islom huquqshunosligi, islom marosimlari, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, tarix va etnografiyaga oid ma’lumotlar ham berilgan. Unga 600 ming hadisdan 7275 ta eng “sahih” hamda 4000 ta takrorlanmaydigan hadislar kiritilgan. Bó kitob Islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi.
Islom dini insonni ma’naviy kamolot sari yetaklovchi ta’limotdir. SHu sababli Qur’oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq-odob qoidalari va ularga kishilarning qat’iy amal qilishlari lozimligi borasidagi qarashlar keng targ’ib etilgan. Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” asarining bir jildiga odob-axloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan bo’lsa, “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) nomli asarda ham ijtimoiy turmushda hamda insonlar o’rtasida o’zaro munosabatlarni tashkil etish chog’ida amal qilinishi lozim bo’lgan odob-axloq qoidalari borasida yanada batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu asar 644 bobda bayon etilgan 1322 ta hadisni o’z ichiga olgan.


Muhammad ibn Iso at-Termiziy

Mashhur muhaddislardan yana biri vatandoshimiz Muhammad ibn Iso at-Termiziy bo’lib, u 824 yilda Termiz yaqinidagi Bug’ qishlog’i (hozirgi Surxondaryo viloyatining SHerobod tumani)da tug’ilgan. Uning oilasi va ota-onasi haqida ma’lumotlar yo’q. Ba’zi tadqiqotchilar uning otasi asli marvlik bo’lgan deb qayd etadilar.


Muhamad ibn Iso at-Termiziy bolaligidan ilm o’rganishga qiziqqan, ayniqsa hadis ilmini chuqur egallagan.
Muhamad ibn Iso at-Termiziy 850 yildan qator mamlakatlarga safar qiladi. Hijoz shahrida bo’lib, Makka va Madina shaharlarini ziyorat qiladi. Iroq hamda Xurosonda hadis, fikh, qiroat, bayon, tarix va boshqa ilmlarni o’rganadi. Mazkur safarda Muhamad ibn Iso at-Termiziy ustozi Imom Ismoil al-Buxoriy bilan uchrashadi. Alloma ustoziga nisbatan alohida hurmatda bo’lib, uning yordamida hadis ilmidan to’laqonli ravishda xabardor bo’ladi. Manbalarda e’tirof etilishicha, Imom Muhammad ibn Iso at-Termiziy ustozining vafoti tufayli ko’p yig’laganidan ko’zi ko’r bo’lib qolgan.
Muhammad ibn Iso at-Termiziyning zehnining o’tkirligi, xotirasi, va yod olish qobiliyatining kuchliligi tufayli Imom Ismoil al-Buxoriy ham uni faqatgina shogird sifatida emas, balki hamkor, hamfikr va do’st sifatida ham hurmat qilgan.
Muhammad ibn Iso at-Termiziy uzoq safarda manbalardan o’qigan yoki muhaddislardan eshitgan hadislarni to’plab, kitoblar ta’lif qilishga kirishadi. U 863 yilda o’z vataniga qaytadi va o’zi ham shogirdlarga ta’lim beradi, ayni vaqtda kitoblar ham yozadi.
Alloma tomonidan o’ndan ortiq asarlar yaratilganligi ma’lum. Bular qatoridan “Al-jome’ as-sahih” (“Ishonchli to’plam”), “Ash-shamoil an-nabaviya” (“Payg’ambarning alohida fazilatlari”), “Al-ilal fi-l-hadiys” (“Hadislardagi illatlar va og’ishlar haqida”) kabi asarlari o’rin olgan bo’lib, ular juda mashhurdir.
Muhammad ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozib qoldirilgan asarlarda o’z ifodasini topgan hadislar ham Imom Ismoil al-Buxoriy tomonidan bayon etilgan hadislari kabi insonni halollik, adolat, e’tiqod, diyonat, poklik, mehnatsevarlik, muruvvatlilik, mehr-shavqat, yoshi kattalar,, ota-ona va qarindoshlarga hurmat g’oyalarini ilgari surish xususiyatiga ko’ra shaxs ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda katta ahamiyatga ega.

Download 56.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling