Muhammad -al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari


Download 136.9 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi136.9 Kb.
#1596250
1   2   3   4
Bog'liq
Otaboyev Xursand Falsafa

qonunini mohiyatini bildiradi.
Mazkur qonunga muvofiq obektiv voqeliqdagi narsa va hodisalarning rivojlanishi
jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro‘y beradi. Biroq, aksariyat
hollarda, eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib
qoladi.
Me`yor tushunchasining falsafada qollanilishi.
Meʼyor (falsafada) — obʼyektning sifati bilan miqdorm oʻrtasidagi
dialektik birlikni ifodalovchi tushuncha. Har qanday obʼyektning sifati
muayyan miqdor (muayyan sistemaning xususiyatlari, tomonlari, belgilari,
komponentlari, soni va h. k.) bilan uzviy bogʻliq. M. doirasida miqdor
xususiyatlari elementlar soni, oʻlchami, bogʻlanish tartibi, harakat tezligi va
shahri k.ning oʻzgarishi hisobiga boshqa shaklni olishi mumkin. M.
obʼyektning miqdor oʻzgarishi, oʻz navbatida, sifat oʻzgarishiga olib
keladigan (va aksincha) chegarani bildiradi. M. tushunchasi muhim nazariy
va amaliy ahamiyatga ega: faoliyatning har qanday shaklida M. boʻlishi
muvaffaqiyat garovidir. Predmetni uning sifat va miqdor xususiyatini
anikdamasdan turib bilish mumkin emas.
Me`yor tushunchasining falsafa fanida qo`llanilishi.
Me’yor – jamiyat a’zolari tomindan qabul qilingan, maqullangan va ularga
tushunarli bo’lgan til birliklarining nutqi jarayonida qo’llanish haloti va
imkoniyatlari.
Me’yor tilning yashash shaklidir. Til nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga
ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan
lahzalordanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy
muammolar kun tartibiga qo’yilgan. Nutq madaniyati to’g’risidagi gap bor
ekan, tabiiyki, nutqda so’zlarning o’rinli va o’rinsiz ishlatilishi to’g’risidagi
ham baqs boradi. Qo’llangan til birligini to’g’ri yoki noto’g’ri deyilganda,
albatta, ma’lum bir o’lchovga asoslanamiz. Mana shu o’lchov tilshunoslikda
adabiy til me’yori deb yuritiladi.
Har bir lahjaning, so’zlashuv tilining, adabiy tilning o’z me’yorlari
bo’lganidek, nutqning alohida ko’rinishlari bo’lgan argolar, jargonlar ham o’z
me’yoriga ega. Xususiy me’yorlar quyidagicha ko’rsatiladi: 1. Dialektik me’yor
2. So’zlashuv nutq me’yori
3. Argolar, jargonlar me’yori
4. Adabiy til me’yori.
Jamiyat taraqqiyoti bilan barabar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni
o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib brogan va bu muammolarni
hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va
estetik dunyo qarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tibarga olingan. Til
hadisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy
xususiyatlarini hisobga olmaslik ham also mumkin bo’lmagan.
Demak, me’yor milliylik va tarixiylik mazmunin kasb etadi, necha yuz ming
yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo’ladi. Tildan
foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib,
yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.
Til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini
rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor
masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas.
Tildagi me’yoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatda hal
qilishning imkoni yo’q. 1989 yilda O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili
haqida”gi qonuni qabul qilinishi katta voqea bo’ldi. O’sh paytda
qonuniybo’lmasada, amaldagi ish yuritish tili rus tilida savod shiqarganligini,
farzandlarini ham bog’chalar va maktablarda ana shu tilda ta’lim-tarbiya
olishga jalb qilganligi ana shunday tabiiy to’siqlarda bo’lib turdi. Oqibatda
ma’lum muddat muomala jarayonida, rasmiy ish qog’ozlarini yuritishda, turli
darajadagi anjumalarni o’tkazishda rus tilidan foydalanishdagi mavjud
an’analar o’z kuchini saqlab turdi.
Til elementlarinig ma’lum bir me’yorga keltirilishi, bir tomondan, til
mutaxassislari tomonida boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy
ravishda ham yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa ma’lum- tilning
amalda bo’lish holatlariga tazyiq o’tkazib bo’lmaydi. Lekin tegishli yo’l
yo’riqlar, ko’rsatmalar, tavsiyalar berib borilishi zarur.
O’zbek milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan o’sib chiqqan bo’lsa ham,
unda mavjud bo’lgan dialektlar va shevalardan,jargonlardan, oddiy
so’zlashuv tilidan, umuman, xalq tilidan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi.
Chunki umumxalq tili o’zbek tilida uchraydigan barcha elementlarni o’z
ichiga oladi va ishlanmagan shaklda bo’ladi. Adabiy til esa undan o’zbek
millati uchun tushunarli bo’lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarini tanlab hamda ularni millat vakillar uchun me’yor sifatida tavsiya
etadi.
Har qanday til me’yorlarini ikki guruhga – umumiy va xususiy me’yorlarga
bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xususiy me’yor ma’lum til umumiy me’yorlarining yashash shaklidir.
Shunday ekan, yuqorida sanab o’tilgan o’zbek adabiy tili, lahja va shevalari
hamda ijtimoiy tarmoqlarining me’yori xususiy me’yorlarini yanada aniqroq
tasavvur qiladigan bo’lsak, har bir shaxsning tildan foydalanish me’yorini
ham, o’zbek tilida mavjud bo’lgan beshta – rasmiy ilmiy, publisistik, badiiy,
so’zlashuv uslublari doirasida amal qiladigan me’yorlarini ham xususiy
me’yorlar deb tushunishimizga to’g’ri keladi.
Bahriddin Esanov, [25.05.2023 18:05]
Adabiy me’yor adabiy til bilan birga tug’iladi, badiiy adabiyotning, xalq
madaniyatining taraqqiyoti bilan rivojlanib, o’z qonun-qoidalarini
mustahkamlab boradi.
Adabiy norma va nutq madaniyati muammolarini atroflicha tadqiq etgan
E.Begmatov adabiy normaga xos quyidagi mezon va xususiyatlarni
belgilaydi:
1.Adabiy norma obyektiv mavjud va moddiy bo’ladi.
2.Adabiy norma ongli ravishda ishlangan (normalangan,
kodifikatsiyalangan) bo’ladi
3.Adabiy norma (normativlar) maxsus tanlangan va baholangan bo’lasdi.
4. Adabiy norma (normativlar) muayyan qa’tiy qoidalarga solingan
(reglementasiya qilingan) bo’ladi.
5. Adabiy norma yozuvda, yozma manbalarda mustahkamlangan (fiksasiya
qilinan) bo’ladi. 6.Adabiy norma (normativlar) nufuzli, mo’tabar manbalarga tayanadi.
7.Adabiy norma tasodifiy hodisa emas, balki vazifaviy, lisoniy-kommunikativ
jihatdan zaruriy bo’ladi.
8.Adabiy norma zamonaviy bo’ladi va u tilning zamonaviy (sinxron) holatiga
tayanadi.
9.Adabiy norma jamiyat a’zolarining adabiy ko’nikmalariga asoslangan
bo’ladi.
10.Adabiy norma konkret adabiy tilnin ichki rivojlanish qonuniyatlariga
tayanadi, undan oziqlanadi.
11.Adabiy norma barqaror (stabil) bo’ladi.
12.Adabiy norma mo’tadil rivojida o,zgaruvchan, rivojlanuvchan (dinamik)
bo’ladi
13.Adabiy norma an.anaviy (tendensioz, qaysar) bo’ladi.
14.Adabiy norma (normativlar) muayyan qolipga, modellarga solingan
(standart, turg’un) bo’ladi.
15.Adabiy norma variantdor bo’ladi.
16.Adabiy norma (normativlar) tipki bo’ladi.
17.Adabiy norma xalq sheva va lahjalaridan ustun turuvchi normadir. 18.Adabiy norma namunaviy va mo’tabar normadir.
19.Adabiy norma yopiq konservativ normadir.
20.Adabiy norma uslubiy tarmoqlangan normadir.
21.Adabiy norma yagona, umumxalq normadir.
22.Adabiy norma xalqchil normadir.
Tilning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi xalq hisoblansa ham, unin
taraqqqiyotida olimlarimizning, shoir va yozuvchilarimiz, davlat va jamoat
arboblarining, huquqshunoslarimizning, pedagoglar va matbuot
xodimlarining, kino, teatr san’ati ustalari va nashriyot xodimlarining hamda
jurnalistlarning xizmatlarini qayd qilish lozim. Ayniqsa, mustaqillik davrida
tilshunos olimlarimiz, shoir-yozuvchilarimiz va jurnalistlarimizning xizmatlari
katta bo’ldi. Ularning samarali mehnatlari tufayli tilshunoslikning ko’pgina
yo’nalishlari bo’yicha qa’tiy me’yorlar belgilandi, ona tilimiz rivojida oid yangi
qoidalar va qarorlar inobatga olingan holda til birliklarining yozuv va
muomala jarayonidagi namunaviy variantlari tavsiya etildi, til tizmidagi
ko’pgina munozarali masalalar o’zining asosiga qo’yildi.
Ma’lumki, XIX asrning ikikkinchi yarmi va XX asrning boshlaridayoq o’zbek
tiliga ko’plab ruscha o’zlashmalar kirib keldi. Ular gazeta va jurnallarda,
rasmiy-yuridik hujjatlarda o’zbekcha tallaffuz va imloga moslashtirilgan
holda ishlatilgan. Bu xil sdo’zlarning o’sha davrdan hozirgacha matbuotda
faol qo’llanilayotganin quyidagilar ham tasdiqlaydi: bank, byudjet, present,
fabika, telefon, telegraf, redaksiya, gazeta, oblast, vokzal kabilar.
Foydalanilgan manbalar:
https://uz.wikipedia.org/wiki/Me%CA%BCyor
https://www.google.com/search?q=Me%60yor%28f
alsafa%29&rlz=1C1GCEA_enUZ1059UZ1059&ei=21JvZN3
TJ8eHxc8Pt6yzkAs&ved=0ahUKEwidrcDQupD_AhXHQ_E
DHTfWDLIQ4dUDCA8&uact=5&oq=Me%60yor%28falsafa
%29&gs_lcp=Cgxnd3Mtd2l6LXNlcnAQAzIFCCEQoAE6Cgg
AEEcQ1gQQsANKBAhBGABQ7w1Y7w1gmhxoAXABeACA
AeQBiAHkAZIBAzItMZgBAKABAcABAcgBCA&sclient=gws
wiz-serp
https://www.google.com/search?q=miqdor(falsafa)
&rlz=1C1GCEA_enUZ1059UZ1059&oq=miqdor(falsafa)&a
qs=chrome..69i57.10931j0j15&sourceid=chrome&ie=UTF
-8
https://www.google.com/search?q=sifat(falsafa)&rlz
=1C1GCEA_enUZ1059UZ1059&oq=&aqs=chrome.2.69i59
i450l8.9226564j0j7&sourceid=chrome&ie=UTF-8
https://www.google.com/search?q=sakrash(falsafa)
&rlz=1C1GCEA_enUZ1059UZ1059&oq=&aqs=chrome.3.6
9i59i450l8.9255784j0j7&sourceid=chrome&ie=UTF-8
Download 136.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling