Muhammad -xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali


Download 0.7 Mb.
bet2/3
Sana02.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1147659
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish WPS Office

Elektr zanjirining zamesheniya sxemalari.
Zamesheniya sxemalari real elektr zanjirlarini matematik ifodalanishi bo`lganligi sababdan ular ko`p hollarda elektr zanjirlarini matematik modeli deb ham ataladi Kuchlanishi toka bog`liqligi elektr zanjiri elementlarini asosiy xarakteristikalari xisoblanadi. Bu bog`lanishlarni volt-amper xarakteristikalari deb atashadi.Elektr zanjiri elementlari passiv va aktivga bo`linadi. Barcha elektr energiya manbalari aktiv elementlar hisoblanadi, ular EYUKni ma`lum miqdori bilan harakterlanadi.
Elektr energiya issiqlikka aylanadigan zanjir elementi qarshilik R yoki o`tkazuvchanlik g Bilan xarakterlanadi. Bunday elementlar passiv elementlar deb ataladi.
Aktiv elektr zanjirlari passiv elementlardan tashqari, elektron yoki yarimo`tkazgichli asboblardan tashkil topadi, ularda kirish signali energiyani o`zgarish jarayonini boshqaradi. Bu energiya esa manbadan keladi. Real elementlarni modellari elektr energiyasi ideal manbalari va ist`yemolchilari tushunchasidan foydalanishga asoslanadi. Masalan: rezistivli, induktivli va sig`imli elementlar, yana tok va kuchlanish manbalari.
Quyidagi tenglama induktiv elementlarni matematik modullari hisoblanadi: Quyidagi tenglama sig`im elementini matematik modeli hisoblanadi:
Rvt qarshilikni rezistiv element va EDS YE manbaadan iborat elementlari ketma-ket ulangan elektr energiya manbasini zamesheniya sxemasi quyidagicha bo`ladi:
ichki qarshilikli EYUK manbaasi;
elektr energiya mabaai va passiv iste`molchi ketma-ket ulangan zanjirni zamesheniya sxemasi.
Elektr zanjirlarini hisoblashdan asosiy maqsad tokni zanjir tarmoqlarida qanday taqsimlanganligini aniqlashdir. Bu vazifa Om va Kirxgof qonunlaridan foydalanib hal etiladi.
Murakkab elektr zanjirlarini hisoblash uchun turli usullar mavjud bo`lib ularni qaysi birini qo`llash sxemalarda elementlarni qanday joylashishiga va masala shartiga bog`liq.
Ma`lumki, zanjirlarni topologik (geometrik) strukturasini maxsus jadvallar (matritsa) yordamida ifodalash mumkin, ular tarmoqlarni tugun hamda konturlar bilan o`zaro aloqalarini belgilaydi.
Matritsalar uchun bir hil bo`ladi: tugunli, konturli va yuzali.
Tugunli matritsa (A) jadval ko`rinishida bo`lib, uni qatori tugunlarga, stolblarni esa tarmoqlarga ta`luqli bo`ladi.
Konturli matritsa (V) ham jadval ko`rinishida bo`lib uni qatorlari konturlarga stolblari esa tarmoqlarga ta`luqli bo`ladi.
Yuzali matritsa (S) yuzalar uchun jadvallar yoziladi. Ular qaysi tarmoqlar yuzalar bilan bog`langanligini ko`rsatadi.
Qoida bo`yicha generator va ist`emolchi bir-birlari bilan doimo oraliq zvenolar orqali tutashadi. Bu zvenolarga tarmoq sig`imi, o`lchov asboblari, reostatlar va h. k. lar kiradi. Zanjirdagi tokni rostlash uchun sxemaga reostat ham kiritilishi mumkin. Shunday qilib, bu oraliq zveno murakkab zanjir hosil qilish mumkin, bunday oraliq zvenoni manbaga ulanadigan qismlarini kirish qismlari deb ataymiz va 1-1 deb belgilaymiz iste`molchi ulanadigan qismlarini esa chiqish qismlari deb atab ularni 2-2 bilan belgilaymiz.
Demak bunday ikkita kirish va okkita chiqish qismlarga ega bo`lgan oraliq zvenoni to`rtutblilik deb ataymiz. Mabodo to`rtqutblilik manbasiz bo`lsa u passiv to`rtqutblilik deb ataladi.
Xohlaganda qarshilikka ega bo`lgan har qanday murakkab to`rt qutblilik unga ekvivolent bo`lgan va yulduz simon (T ko`rinishidagi sxemali) yoki uchburchak simon (P ko`rinishidagi sxemali) ulangan qarshiliklar bilan almashtirilishi mumkin.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling