Muhammad al -xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


III BOB. Hayot faoliyati hafsizligi


Download 380.17 Kb.
bet7/8
Sana02.06.2024
Hajmi380.17 Kb.
#1834709
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OYBEK BMI YAKUN

III BOB. Hayot faoliyati hafsizligi
3.1.Mehnat xavfsizligining ergonomik qoidalari
Mehnat sharoitlari - ish jarayonida inson salomatligi va ishga layoqatliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish muhiti omillari yig‘indisidir. Mehnat sharoitlari shikastlanishlar va kasb kasalliklari yuzaga kelishi uchun har qanday shart-sharoitni istisno etish kerak. Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillar odatda 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi [27].
1. Guruh–sanitar-gigienik ishlab chiqarish muhiti, ish hududini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Qo‘llaniladigan uskunalar va texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘lib, miqdoriy baholanishi mumkin va me’yorlanadi.
Sanitar-gigienik omillar:

  • yoritilganlik (tabiiy, sun’iy);

  • mikroiqlim;

  • havo xarorati, S;

  • nisbiy namlik, %;

  • havo harakati tezligi, m/s;

  • havo muhitida zaharli moddalar (bug‘lar, gazlar, aerozollar) mg/m3;

  • mexanik tebranishlar:

  • tebranish (titrash) (Gs-chastota, mm, amplituda, tebranish tezligi-m/s);

  • shovqin (oktava chiziqlari, Gs-chastotasi, tovush bosimi darajasi-Db);

  • ultratovush (shovqin kabi);

  • infraqizil, ultrabinafsha, ionlashish nurlanish (km, m, dm, sm, mm);

  • radiochastotalar to‘lqinlari (Gs, kGs, Mgs);

  • atmosfera bosimi (dengiz darajasidan ham baland: m, mm, barometrik, simob ustuni);

  • kasbiy infeksiyalar va biologik agentlar.

2. Guruh - mehnat jarayoni bilan shartlanadigan psixo-fiziologik. Ushbu guruhdan faqat bir qismi miqdoriy baholanadi.
Psixofiziologik (mehnat) omillari:

  • jismoniy vazifa (kkal);

  • ish holati;

  • asab – psixologik - aqliy, asab - hissiyot, ko‘rishning zo‘rayishi, asab-ruhiy vazifa;

  • mehnat jarayonining bir xilligi;

  • mehnat va hordiq tartibi (rejimi):

  • smena ichi (tushlikka tanaffus);

  • sutkalik (ish smenalarining davomiyligi);

  • yillik (ta’tilning davomiyligi);

3. Guruh–estetik omillar, ishlayotganlar tomonidan atrof-muhit ahvoli va uning elementlari qabul qilinishi bilan xarakterlanadi, miqdoriy baholanmaydi.
Estetik omillar:
a) ish hududida yorug‘lik tovush muhiti kompozitsiyasining uyg‘unligi, havo muhiti hidlarining hushbuyligi, hamohanglik kompozitsiyasi, ish holatlari va mehnat harakatlarining uyg‘unligi;
b) jamoaning ijtimoiy - ruhiy birdamligi;
v) jamoada guruhlararo munosabatlar xarakteri (janjalli holat, darajasi);
4. Guruh - mazkur mehnat jamoasida psixologik iqlimni xarakterlaydigan sotsial-psixologik omillar, miqdoriy baholanmaydi.
Ish vaqtidan foydalanishni va korxonada mashg‘ul bo‘lgan mehnatni tashkil etish shakllarini tashkil qilish asosida mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini takomillashtirish sohasida tadbirlar ishlab chiqiladi, ularning maqsadi mavjud texnika asosida mehnat unumdorligini oshirishdan iboratdir. Bunday tadbirlarning eng muhim yo‘nalishlari quyidagalardir:
- ayrim ishchilar, kasblar va ish o‘rinlari, brigadalar, uchastka va sexlar bo‘yicha loyihalashtiriladigan ish vaqti balanslarini tuzib chiqish, bu balanslarni o‘zaro bajariladigan ishlar va mehnat funksiyalarining mehnat sarfi darajasi bilan bog‘lash;
- ishlab chiqarish jarayonining barcha uchastkalarida bir xil intensivlikni va mehnat xamda dam olishning ilmiy asoslangan tashkiliy asosda mehnat, uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlash [27,28].
Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining xar qanday shakllarida ijrochilarning samarali, yuqori unum bilan ishlashining zarur sharti ish o‘rinlarini tashkil etish va ularga xizmat ko‘rsatishdir. Ish o‘rni xar qanday ishlab chiqarish va mehnat jarayonining birinchi bo‘g‘ini bo‘lib, aynan ish o‘rnida ishlab chiqarish jarayoni uchta elementining xammasi: mehnat ashyolari, mehnat vositalari va ishchi kuchi, ya’ni ijrochi xodimning jonli mehnati yagona bo‘lib boshlanadi, bu xamkorlik natajasida esa yanga iste’mol qiymatlari, mehnat maxsulotlari yaratiladi. Shuning uchun xam ish o‘rinlarini tashkil etishga katta e’tibor beriladi.
Ish o‘rin - ishlab chiqarish makonining bir qismi bo‘lib, unda barcha asosiy va yordamchi texnologaya uskunalari, moslamalar, asboblar, ish mebellari bo‘ladi va ular muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Isho‘rni ichida ish zonasi ajratiladi, bu uch o‘lchovli makon bo‘lib, uning doirasida xodimning barcha asosiy mehnat xarakatlari amalga oshiriladi. Bu zona ish o‘rnining eng faol kismi hisoblanadi va uni tashkil etishga aloxida talablar qo‘yiladi: insonning antropometrik va biomexanik shrametrlariga mos kelishi, fiziologik jixatdan oqilona ish vaziyatini, tana a’zolarining mehnat ashyolariga, asbob yoki mashinalar va mexanizmlarni boshqarish organlariga yetishi, shuningdek mehnat xarakatlarining xavfsizligini va mehnat sharoitlarining zararsizligini kafolatlash. Ish o‘rni va ish zonasini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni fanning maxsus tarmog‘i - ergonomika tomonidan ishlab chiqiladi. Bu fanning vazifasi - insonning mehnat jarayonlarsdagi funksional imkoniyatlarini o‘rganish va eng maqbul mehnat sharoitlarini yaratishi yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chikishdir
Ko‘p paytda ish o‘rinlaridagi barcha mehnat jarayonlari qo‘l bilan amalga oshiriladi, ko‘l asboblari qo‘llaniladi, mehnat ashyolarini o‘zlashtirishning asosiy energiya manbai odamning jismoniy kuchi hisoblanadi.
Mexanizatsiyalashtirilgan ish o‘rinlari qo‘l va mashina-qo‘lda shi bajariladigan ish o‘rinlaridan shu bilan farqqiladiki, asosiy texnologik jarayonlar to‘la-to‘kis mashinalar va mexanizmlar bilan amalga oshiriladi, xodim zimmasida esa faqat mashinalarni boshqarish qoladi, ya’ni insonning quvvati boshqaruvga sarf etishadi, mehnat buyumini o‘zgartirish esa uning zimmasiga kirmaydi. Mexanizatsiyalashtirilgan ish o‘rinlariga yarim avtomatlarda ishlaydigan stanokchilar, avtotransport xaydovchilari, ekskavator yoki buldozer mashinistlari, quduqlar qaziydigan parmalovchi ustalar va boshka ko‘pgina kasblar va ish turlarini bajaradigan xodimlarning ish o‘rinlari kiradi. Bu yerda mashina avtomat tarzida emas, balki insonning doimiy boshkaruvida ishlaydi.
Avtomatlashtirish ish o‘rinlarida bugun texnologaya jarayoni stanok, mashina yoki avtomat tarzida xarakat kiladigan agregat yordamida inson ishtirokisiz amalga oshiriladi, xodim zimmasida fakat avtomatni ishga tushirish va to‘xtatish uning ishini nazorat kilish va zarur bo‘lganda sozlash va yarim sozlash ishlari koladi. Xodimning anchagina vakgi bo‘shab koladi, bu vakgdan ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatishda va mehnat unumdorligini birmuncha oshirishda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Avtomatlashgan jarayonlarda bo‘lgani kabi xodim fakat apparaturalar bajaradigan jarayonlarni kuzatadi va nazorat kiladi, zarurat tugashganda ularni tartibgasoladi.
Ixtisoslashuv belgisi bo‘yicha barcha ish o‘rinlari ixtisoslashgan va universal ish o‘rinlariga bo‘linadi. Mazkur vazifalarni bajarish uchun jixozlangan ixtisoslashgan ish o‘rinlarida bir xil yoki operatsiyaning mazmuni va ishlar turi bo‘yicha bir - biriga yakin vazifalar bajarilishi mumkin. Universal ish o‘rinlarida xilma - xil ishlar bajariladi. Bunday ish o‘rinlari odatda asbob - uskunalar kichik seriyali va bir xil ishlab chikarish sharoitida bir ish turidan tezda boshkasiga o‘tib ishlash imkonini beradigan bir kator stanoklar va mexanizmlar bo‘ladi.
Mehnat taksimoti belgisi bo‘yicha ish o‘rinlarining ikki turi - yakka tartibdagi ish o‘rinlari va jamoa ish o‘rinlariga ajratiladi. Yakka tartibdagi ish o‘rnida xar doim bitta ijrochi xodim band bo‘ladi. Jamoa ish o‘rinlarida mehnat jarayonlari bir guruh xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bu o‘rinda kadrlarni tanlash ijrochilar o‘rtasida vazifalarni anik taksimlash va xar bir xodimning jamoa mehnatiga ko‘shgan mehnat xissasiga xolisona baxo berish muxim axamiyatga egadir.
Xizmat ko‘rsatiladigan asbob - uskunalar soniga karab ish o‘rinlari bir stanokli va ko‘p stanokli bo‘lishi mumkin. Ikki yoki undan ortik ish o‘rinlariga yarim avtomat yoki avtomat asbob - uskuna bilan ko‘p stanokli xizmat ko‘rsatishda bir vaktning o‘zida xizmat kursatiladigan mashinalar va mexanizmlarning mumkin bo‘lgan sonlarini to‘gri aniklash zarur. Bundan maksad ularning bekor turib kolishiga barxam berish va ijrochi ishlarini unumli mehnat turi bilan band qilishdir. Bunday xizmat ko‘rsatishga ishlab chiqarish to‘liq yoki qisman avtomatlashgan taqdirda erishish mumkin.
Lekin ish o‘rinlari qanchalik xilma - xil bo‘lmasin, ular qanday turkum va guruhlarga bo‘linmasin, ish o‘rinlarini tashkil etish uchun umumiy, majburiy talablar xam mavjud. Bu talablarni aynan uchta ibora: ta’minlash, rejalashtirish va xizmat ko‘rsatish degan ibora bilan ifodalash mumkin. Tashkil etishning bu elementlari juda muxim va e’tibor berishga molikdir [29].
Asosiy texnologak uskunalarga: elektr mashinalar, ish mashinalari, agregatlar, avtomat liniyalar, texnologik apparaturalar va shu kabilar, ya’ni ishlab chiqarish jarayoniga yordam beradigan barcha narsalar kiritiladi.
Yordamchi asbob-uskunalar: transportyorlar va boshka transport vositalarini yigish, payvandlash va sinash stendlari, turli yuk ko‘tarish kurilmalari va xokazolar kiradi.
Texnologik uskuna tarkibiga kirkuvchi va o‘lchovchi asboblar, turli moslamalar va texnik xujjatlar kiradi, tashkiliy jixozlar esa ishlab chikarish mebeli, idishlar, signal berish vositalari, aloka yoritish vositalari, to‘sib turuvchi va saklovchi kurilmalar xamda mehnatni muxofaza kilish va xavfsizlik texnikasi vositalarini kamrab oladi. Sanoatning xar bir tarmogida asosiy va yordamchi ishchilarning, ayniksa mashinasozlikning yetakchi tarmoklaridagi ishchilarning ish o‘rinlarini jixozlashga kiradigan batafsil buyumlar ro‘yxati ishlab chikilgan bo‘ladi.
Asosiy va yordamchi texnologik asbob - uskunalarga xamda texnologik va tashkiliy jixozlash ashyolariga kattik ergonomis talablar ko‘yiladi. Ergonomika insoniyatning mehnat jarayonlaridagi funksional imkoniyatlarshsh o‘rganadi va ishchanlik kobiliyatini, yuksak mehnat unumdorligini va ishlovchilar sogligini saklashni ta’minlaydigan koidalarni ishlab chikadi. Ergonomika “Inson - mashina – muxit” tizimini o‘rganadigan, insonning tanasi antropometrik mezonlarini fiziologik va psixo-fiziologik xususiyatlarini, shuningdek ishlab chikarishga kuyiladigan sanitariya - gigiena talablarini belgalab beradi.
Mashinalar, asbob - uskunalar va jixozlarni loyixalashtirish va joylashtirish uchun ish o‘rni va ish zonasining imkoniyatlari bilan makonda mos kelishi (tana a’zolarining yetishi mumkin bo‘lgan zonalarini aniklash, ish xarakatlari, traektoriyasi, mehnat jarayonida ish almashtirlar va shu kabilar) muxim axamiyatta egadir. Bu masaladagi eng muxim narsa inson xarakatlari va energiyasini tejash tamoyili xisoblanadi. Ana shu vazifalarni xal etish uchun insonning ashropometrik belgilarini, yani inson tanasining asosiy o‘lchovlari to‘grisidaga ma’lumotlarni xisobga olish zarur. Asbob-uskunalar va ish o‘rinlarini loyixalashtirishga fiziologik jixatdan oknlona bo‘lgan ish xolatini ta’minlaydigan jixatlar insonnning antropometrik jixatdan mos kelish tamoyili (uning tanasi va ishchi a’zolarining muvofikligi) va ish o‘rinlarini xamda asbob-uskunalarini jixozlashning moddiy buyumlari mosligi asos kilib olinadi.
3.2.Atrof muhitni muhofaza qilish davlat va jamiyat tashkilotlari
Atrof muhitni muhofazalash - tirik (o‘simliklar va hayvonot dunyosi) va o‘lik (tuproq, suv, atmosfera, iqlim) tabiatni tiklash va muhofazalash va ulardan ratsional foydalanish bo‘yicha kompleks tadbirlardir.
Hozirgi vaqtda har bir mamlakatda atrof borliq muhitini himoyalash uchun tabiatni saqlash bo‘yicha qonunchilik ishlab chiqarishda va xalqaro mamlakat ichkarisida va xalqaro huquq doirasidagi tabiat muhofazasi huquqiy bo‘limlari o‘z aksini topgan va u tabiiy resurslarni va hayotni asrash muhitini huquqiy asosi hisoblanadi.
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) 1992 yil iyun oyida Rio-de-Janeyroda atrof muhit va uning rivojlanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan konferensiyada tabiatni himoyalashga huquqiy yondoshishning 2 ta asosiy prinsipini Qonuniy mustahkamlab qo‘ydi:
1. Har bir mamlakatning atrof muhitni himoyalash bo‘yicha samarali qonunchilikni yo‘lga qo‘yishi. Ular tomonidan ilgari so‘riladigan me’yorlar, masalalar va yo‘nalishlar atrof muhit va uni rivojlanishi, amalga oshiriladigan ishlar atrof muhitni muhofazasi bo‘yicha real holatni aks ettirishi;
2. Har bir mamlakat atrof muhitni ifloslantirilganlik uchun javobgarlik boshqa ekologik zarar yetkazganlik uchun zarar ko‘rganlarga tovon to‘lash bo‘yicha milliy qonunchilikni ishlab chiqishi kerak.
Tabiatni muhofaza qilishga huquqiy yondoshishning umumiy prinsiplari barcha davlatlarni bir vaqtda va tabiatni saqlashning oqilona qonunchiligiga ega bo‘lishini taqoza etadi. Shu sababli har bir mamlakatda tabiatni, ekologik muhitni buzish orqali odamlar sogligiga yetkazilgan zararlar uchun tovon to‘lash bo‘yicha va boshqa qonunlar qabul qilinishi zarur. Bu qonun jismoniy shaxslar uchun ham, xo‘jalik faoliyati yurituvchi istalgan shakldagi sub’ektga ham bir xil darajada ta’sir etishi lozim.
Ekologik masalalarni yechimini amalga oshirilishi maxsus davlat organlari xuddi shuningdek aholisi faoliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bunday faoliyatni maqsadi tabiiy imkoniyatlardan ratsional foydalanish, atrof muhitni ifloslantirilishiga barham berish, mamlakat barcha jamoatchiligini ekologik bilimlarga o‘qitish va tarbiyalash hisoblanadi.
Tevarak atrof tabiat muhitini huquqiy jihatdan muhofazalash deganda muhofaza ob’ekti va uni ta’minlovchi tadbirlar hisoblanadigan me’yoriy aktlarni tayyorlash asoslash va amalda qo‘llash tushuniladi. Bu tadbirlar jamiat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan ekologik huquqni tashkil etadi.
Atrof muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish murakkab va ko‘p rejali muammolardir. Bu muammolarni yechimlari inson va tabiatni o‘zaro munosabatlarini tartibga solinishi, ularni ma’lum Qonuniyatlarga, yo‘riqnomaga va qoidalarga bo‘ysunishi bilan aloqadordir. Bizning mamlakatimizda bunday sistema qonunchilik tartibida o‘rnatilgan.
Tabiatni huquqiy himoyalash davlat tomonidan o‘rnatilgan huquqiy me’yorlar majmui bo‘lib, huquqiy munosabatlarni amalga oshirish natijasida paydo bo‘ladi va ular tabiiy muhitni saqlash bo‘yicha tadbirlarga tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, hozirgi va kelajak avlodlar manfaati uchun insonni o‘rab turgan atrof muhitni, borliqni sog‘lomlashtirilishiga qaratiladi. Davlat tadbirlarining bu sistemalari insonlar hayoti uchun zarur bo‘lgan qulay sharoitlarni yaratish, saqlash va tiklashga va moddiy boyliklar ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan va huquqiy mustaxkamlangan.
O‘zbekistonda tabiatni huquqiy muhofazalash sistemasiga quyidagi qonuniy tadbirlar kiradi:
1. Tabiiy resurslardan foydalanish, saqlash va rivojlantirish bo‘yicha munosabatlarni huquqiy tartibga solish;
2. Kadrlarni o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etish, tabiatni muhofazalash ishlarini moddiy texnik taminlash va moliyalashtirish;
3. Tabiatni muhofazalash talablari bajarilishi yuzasidan davlat va jamoyat nazorati;
4. Tartib buzarlarni qonuniy javobgarligi.
Ekologik qonunchilikka ko‘ra tabiiy muhit huquqiy muhofaza ob’ekti hisoblanadi va u insondan tashqarida unga bog‘liq bulmagan holda mavjud bo‘lib, tabiat insonni yashash sharti va vositasidir. O‘zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash strategiyasi ekologiya sohasidagi shaxs, jamiyat va davlatning O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasi va konstitutsiyasida berilgan hayotiy zarur manfaatlardan kelib chiqadi.
Shaxsning hayotiy zarur manfaatlariga:
- insonning hayot faoliyati uchun optimal ekologik sharoitlarni ta’minlash, aholii salomatligini himoya qilish kiradi ;
Jamiyatning hayoti zarur manfaatlariga :
- barqaror ekologik vaziyatni qaror toptirish, aholi salomatligini ta’minlash, sog‘lom avlodni shakllantirish kiradi ;
Davlatning hayoti zarur manfaatlariga:
- barqaror rivojalantirish regionda ekologik vaziyatlarning barqarorligi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ;
- iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ilmiy-texnik rivojlantirishning yuqori darajasini ta’minlash ;
- milliy xavfsizlikning samarali tizimini yaratish, O‘zbekistonning kollektiv xavfsizlik va hamkorlikning regional va global tizimlarini tarkibiy va tabiiy qo‘shilishini ta’minlash kiradi.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash va ekologik taxdidlarni oldini olish uchun O‘zbekistonda birinchi navbatda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
1. Tabiiy resurslardan, shu jumladan,suv, yer,mineral hom-ashyo va biologik resurslardan kompleks foydalanish.
2.Respublika hududida atrof – muhit ifloslanishini ekologik –gigienik va sanitar me’yorlarigacha kamaytirish.
3. Ekologik falokat zonasi – Orolbuyida, shuningdek mamlakatning boshqa ekologik nomaqbul hududlarida ekologik holatlarni tiklash va sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish.
4.Respublika aholisini sifatli ichimlik suvi, ozuqa mahsulotlari, dori- darmonlar bilan ta’minlash.
5.Ekologik toza va kam chiqitli texnalogiyalarni joriy etish.
6.Ekologiya sohasida ilmiy-texnik salohiyatni oshirish, fan va texnika yutuqlaridan foydalanish.
7.Aholining ekologik ta’limi, madaniyati, tarbiyasi tizimini rivojlantirishi va takomillashtirish.
8. Ekologik halokatlar, ofatlar, favqulotda vaziyatlar, avariyalarni oldini olish va oqibatlarini tugatish.
9. Ekologik muammolarni hal qilishda jahon hamjamiyati bilan hamkorlikni chuqurlatish va boshqalar.
Mamlakatning tashqi va ichki ekologik siyosatini jahon talablari doirasida olib borishda qonuniy hujjatlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda 120 dan ortiq qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilingan. Ekologik qonunchilikning maqsadi insonlarning salomatligi, mehnat va maishiy sharoitlari to‘g‘risida g‘amho‘rlik qilish hisoblanadi.
Tabiatni muhofaza qilishda qilingan ishlardan biri zarur qonunlar, qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlar tuzishdan iborat. Ekologik huquqning asosiy manbai bo‘lib O‘zbekiston Respubilikasining Konstitutsiyasi hisoblaniladi. Unda tabiat-jamiyat tizimidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish mahsus qoida talablar ham belgilangan bo‘lib, ekologik huquqning manbalarini asosini tashkil etadi.
Asosiy qonunimizda fuqarolarning burchilari bu atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar (50 modda), jamiyatning iqtisodiy negizlaridan biri bu mulkdor mulkni o‘z hohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi. Mulkdor foydalanish jarayonida ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart (54 modda), va yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zahiralar qator umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir (55 modda).
Huquqni saqlash chegaralari ichki va tashqiga bo‘linadi. Huquqiy himoyalashning ichki chegaralari tabiiy dunyodan ijtimoiy dunyoga o‘tgan tabiat elementlariga: foydali qazilmalar, suv havzalaridan olingan suv, qazilgan tuproq, otilgan hayvonlar, kushlar va boshqalar. Shu ob’ektlar uchun insonning tabiat bilan aloqasi uziladi, ular tovar-moddiy boyliklarga aylanadi. Huquqiy himoyaning tashqi chegaralari odamlar yashaydigan yer tabiati, shu jumladan o‘zida yerning ta’sirini sezadigan va odamning yashash muhiti holatiga ta’sirko‘rsatadigan (masalan, yerning sun’iy yo‘ldoshlarini uchirilishi paytidagi hodisalar) yer atrofidagi bo‘shliqni tashkil etadi. Huquqiy himoyalashning tabiiy ob’ektlari milliy, xalqaro, regional va globalga bo‘linadi. Tabiatni saqlash qonunchiligiga asosan caqlashning tabiiy ob’ektlariga yer, uning boyliklari, suv, o‘rmon, hayvonot dunyosi, atmosfera havosi kiradi. Bularning hammasi inson yashashi uchun tabiiy muhit bo‘lgan biosferani tashkil etadi.
O‘zbekistonda atrof-muhitni himoya qilishning huquqiy asoslari tabiatni saqlash huquqiy normalaridan, ya’ni qonunlardan va qonun mohiyatiga ega bo‘lgan aktlardan iborat. Atrof-muhitni saqlash va tabiiy resurslardan unumli foydalanish qonunchiligi keyingi 20 yilda jadal rivojlandi. Keng ko‘lamli munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilindi: yer qonunchiligi asoslari, sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, suv qonunchiligi asoslari, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, o‘rmon qonunchiligi asoslari, hayvonot dunyosini saqlash va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun, atmosfera havosini saqlash to‘g‘risidagi qonun va boshqalar. Qonunlar orqali korxonalarga tabiatni saqlash qonunchiligiga rioya qilish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va qayta ishlab chiqarish, atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, energiya tejovchi, kam chiqit chiqaradigan va chiqitsiz texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, tabiiy hom ashyoni kompleks qayta ishlash, atrof-muhit holatini nazorat qiladigan avtomatlashtirilgan tizimlar va asboblar ishlab chiqish yuklatilgan. Atrof-muhit holati yangi texnologiyalar va mashinalar yaratuvchilardan ekologiya masalalariga e’tiborni talab qiladi. Ular qanday texnik yechim texnik va iqtisodiy shartlarnigina emas, balki ekologik aspektlarni ham hisobga olgan holda qabul qilinadi. Loyihaviy yechimlar albatta ekologik ekspertizadan o‘tkazilishi kerak, yangi yaratilayotgan texnologik jarayonlar, mashina-uskunalar va materiallar ularni joriy etishda xalq xo‘jalik samarasi bilan bir qatorda yuqori ekologik xavfsizlik darajasini ta’minlashi kerak.
Ekologik qonunchilik bir necha darajalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari ekologik qonunchilikning asosini tashkil kiladi. 1992-yil, 8- dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy qonun hisoblanib, hamma uchun majburiy va oliy yuridik kuchga egadir. Atrof muhitni muhofaza qilish masalalari Konstitutsiyaning 50, 54, 55 va 100-moddalarida berilgan. Konstitutsiyaning 50-moddasida “Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar” deb ta’kidlanadi.

XULOSA


Bugungi kunda O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish sohasi zamonaviy texnologiyalar asosida jadal rivojlanib bormoqda. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 27-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori axborot sohasini takomillashtirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur qarorga muvofiq, 2020-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Mamlakatimizda davlat organlari veb-axborot tizimlari va hukumat portali orqali interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada kengaytirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish mustahkamlanmoqda.
Bugungi kunda axborotlarni almashishning eng asosiy usullaridan biri bu internetdir. Internet hozirda barcha sohalarni qamrab oldi va shu bilan birga ko‘pchilik soha vakillarining ishini osonlashtiryapti. Bularni amalga oshirishda axborot tizimlarning o‘rni juda katta.
Shu sababli, bitiruv ishida tizimlar, ularni yaratish texnologiyalari va vositalarini o‘rganib chiqdim. Bular misolida “ Zargarlik buyumlari elektron savdosini tashkil qilish” axborot tizimini tayyorlashda My SQL ma’lumotlar bazasi, Java script va PHP dastur foydalangan holda o‘rganib chiqqan holda, “ Zargarlik buyumlari elektron savdosini tashkil qilish” axborot tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi.
1. Foydalanuvchilar bilan bog‘lanish;
2. Ma’lumotlar qo‘shish;
3. Sozlash qismi;
4. Qidiruv tizimi;
5. Axborot tizim rejadagi kabi barcha brauzerlarda birdek ishlashiga erishildi.

Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. JavaScript ni o‘rganish bo‘yicha elеktron qo‘llanmalar.

  2. O‘ Yo‘doshev, U.Usmonov , О.Qudratov “Mexnatni muxofaza qilish” Toshkent— «Меhnat» — 2001.

  3. Аргерих Л. и др. Профессиональное РНР программирование, 2-е издание. - Пер. с англ. - СПб: Символ-Плюс, 2003 г.

  4. Брайан Хоган “HTML5 CSS3 Веб-разработка по стандартам нового поколения”. Москва 2017.

  5. Григорев Ю.А., Ревунков Г.И.. Банки данних. М.: Изд. МГТУ им. Баумана, 2002.

  6. Дейт К., Введение в систем баз данних, М.Наука 1980г

  7. Дунаев С.С.. Доступ к базам данних и техника работи в сети. Практические приеми современного программирования. М.: Диалог – МИФИ, 1999.

  8. Конноли Т., Брегк К. Бази данних, проектирование, реализатсия и сопровождения, теория и практика, Университет Пейсли, Шотландия, изд. М.- СПБ.- Киев, 2003.

  9. Котеров Д. В. Самоучитель РНР 4. — СПб.: БХВ-Петербург, 2003.г

  10. МазуркевичА, Еловой Д. РНР: настольная книга программиста — Минск.: Новое знание, 2003.

  11. Овчаров Л.А., Селетков С.Н.. Автоматизированние банки данних, М, Финанси и статистика 1982 г.

  12. Томсон Лаура. Разработка Веб-приложений на РНР и МйСҚЛ: Пер. с англ./Лаура Томсон, Люк Веллинг. — 2-е изд., испр. — СПб: ООО “ДиаСофтЮП”, 2003 г.

  13. Ульман Ларри. Основы программирования на РНР: Пер. с англ. -М.: ДМК Пресс, 2001. -288 с.: ил. (Самоучитель).

Internet resurslar.

  1. http://bootstrap.com web axborot tizimi

  2. http://google.com qidiruv tizimi

  3. http://w3schools web axborot tizimi

  4. https://community.uzbekcoders.uz/post/jquery-qisqacha-5fb53f32706ef8422f54ac52

  5. https://tami.uz/matnga_qarang.php?id=438

  6. https://www.terabayt.uz/uz/post/html-haqida-tushuncha

  7. https://www.xabar.uz/uz/texnologiya/frontend-texnologiyalari-dasturlash-olamiga-ilk-qadam

  8. ziyonet.uz


Download 380.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling