Мuhammad аl-Хоrazmiy nomidagi Тоshkent ахborot tехnologiyalari universiteti


Akademik yozuv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari


Download 144.19 Kb.
bet3/6
Sana10.11.2023
Hajmi144.19 Kb.
#1763607
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Академик ёзув ишчи дастур 2020- 2021

Akademik yozuv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
Akademik yozuv fanini o'qitishdan maqsad:
“Akademik yozuv” fanini о‘qitishdan maqsad ixtisoslik bo‘yicha bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda mutaxassislik tili bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni tо‘g`ri hamda mantiqli tuzish, nutqiy etiketni va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
“Akademik yozuv” kursi doirasida talabalarga o‘z sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, ilmiy matnlarning tuzilishi, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish – kengaytirish va qisqartirish, matnlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarini yozishga о‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqning kommunikativ xususiyatlari, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullari o‘rgatiladi.

Fan mazmuniga qo‘yiladigan malakaviy talablar
Bakalavr “Akademik yozuv ” fani bo‘yicha:
bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o‘zbek tilining og‘zaki va yozma nutq shakllarini to‘liq o‘zlashtirishi, uning so‘z boyligidan grammatik bilimlar asosida to‘g‘ri foydalana bilishi, yetarli savodxonlikka ega bo‘lishi zarur. Shunga ko‘ra, talabalar “Akademik yozuv” fanidan:
- o‘zbek tilida sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olishni;
- davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bo‘lish, ko‘nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llashi, o‘zbek tilida ko‘nikmalarini ish faoliyatiga tatbiq eta olishi, u yoki bu munosabat bilan o‘z fikrini o‘zbek tilida asosli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.
- o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni rasmiy uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi;
- o‘zbek tili ilmiy uslubining qonuniyatlarini;
- o‘zbek tilining gap stilistikasini;
- ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak;
- annotatsiya matnining tuzilishini;
- referatning zaruriy qismlarini;
- ilmiy maqolaga taqriz yozishni bilishi lozim ;
- ilmiy uslubda sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olishni;
- ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini yozish ko‘nikmalarini o‘quv faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi;
- o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalari-
dan o‘rinli foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini
asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur.

Download 144.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling