Мuhammad аl-Хоrazmiy nomidagi Тоshkent ахborot tехnologiyalari universiteti


O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 144.19 Kb.
bet5/6
Sana10.11.2023
Hajmi144.19 Kb.
#1763607
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Академик ёзув ишчи дастур 2020- 2021

O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

“Akademik yozuv” fani yozma nutq, tilning stilistik va imlo qoidalari, sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili va nutq uslublari, soha lug‘atlarini o‘rganish, ular yordamida ilmiy, ommabop maqolalar tayyorlash masalalarini qamrab oladi.


Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba:
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llash, o‘zbek tilida ko‘nikmalarini faoliyatiga tatbiq eta olish va ixtisosligi sohasidagi to‘g‘ri yoza bilishi, u yoki bu munosabat bilan o‘z fikrini o‘zbek tilida asosli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim;
- o‘zbek tilida ilmiy uslubning qonuniyatlarini;
- o‘zbek tilining gap stilistikasini;
- ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak; o‘
- ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy – ommabop uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi;
- sohaga oid kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi;
- o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur.
Asosiy qism (amaliy mashg‘ulotlar)

  1. semestr



Amaliy mashg‘ulot mavzulari

Dars soatlari hajmi

1.

Akademik nutq.Yozma va og‘zaki uslub va uning xususiyatlari. Me’yor tushunchasi.

2

2

Nutq uslublari.

2

3

Ilmiy uslub janrlari (esse, doklad, tezis, kurs ishi).

2




Jami

6

2-semestr





Amaliy mashg‘ulot mavzulari

Dars soatlari hajmi

1

Referat. Taqriz matni. Annotatsiya yozish.

2

2

Muloqot va kommunikatsiya jarayoni. Muloqot texnologiyasi va texnikasi. Muloqot shakllari.

2

3

Mutaxassislikka oid sо‘z va terminlarning imlosi, yasalishi va qо‘llanilishi.

2




Jami

6

Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhda o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tkazilishi, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari qo‘llanishi maqsadga muvofiq.





Download 144.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling