Мuhammad аl-Хоrazmiy nomidagi Тоshkent ахborot tехnologiyalari universiteti
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Ìuhammad àl-Õîrazmiy nomidagi Òîshkent àõborot tåõnologiyalari u
Kirish O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur fan talabalarga matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan. Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalarda yuritiladigan hujjatlarni o‘zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilishiga erishishdek ulkan vazifa hammamizning oldimizda turibdi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavrlariga “Akademik yozuv” fani kiritildi. Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda mutaxassislik tili, mutaxassislik terminologiyasi, mutaxassislik matni, mutaxassislik nutqi asoslarini shakllantirishdan iboratdir. Shunga ko‘ra universitet talabalari uchun “Akademik yozuv” kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi. “Akademik yozuv” fani nutq madaniyati va o‘zbek tilining boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik tili va uslubi, mutaxassislik terminologiyasi va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini mutaxassislik sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar fan va texnika tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, respublikamiz iqtisodini yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar davlat tili – o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart. Shuning uchun dasturda mutaxassislik tili bilimlariga alohida urg‘u berildi. Hozirgi kunda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqei tobora ortib borayotganligi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o'tilganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat’iy nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda. Shu bois, mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavr mutaxassislik tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi. Bo‘lajak mutaxassisning kasbiy layoqati va mahorati hozirgi davrda o‘z kasbining madaniyati asoslari hamda notiqlik me’yorlarini ham bilishni taqozo etmoqda. Fanni o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, talabalarning yozma nutqiy ko‘nikmalarni takomillashtirish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrini to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etishga o‘rganishni ko‘zda tutadi. Ushbu kursda o‘zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejlarda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‘liq bo'lgan nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, nutqning rasmiy, ommabop va ilmiy uslublarini chuqur o‘zlashtirish , o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, ilmiy mazmundagi nutqni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etish hamda yozishga o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub. Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa- hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir. Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling