Мuhammad аl-Хоrazmiy nomidagi Тоshkent ахborot tехnologiyalari universiteti
Akademik yozuv fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Ìuhammad àl-Õîrazmiy nomidagi Òîshkent àõborot tåõnologiyalari u
Akademik yozuv fanining boshqa fanlar bilan aloqasi “Akademik yozuv” fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokining bir qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada. “Akademik yozuv” fani nutq madaniyati va o‘zbek tilining boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik tili va uslubi, mutaxassislik terminologiyasi va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini mutaxassislik sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar fan va texnika tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Ilmiy ommabop uslubga xos materiallar huquqiy mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Ularning mohiyati, tuzilishi, tayyorlanishi jamiyatdagi huquqiy me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum bo'lgan til birliklaridan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan terminlar mavjud. Ularni o‘rganish ham ushbu fanning maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda akademik yozuv fani ixtisoslik fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi. Akademik yozuv fanini o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Akademik yozuv fanini o‘qitish va o‘rgatish jarayonida kompyuter orqali mustaqil ishlarni internet tarmoqlaridan olib o‘rganishda yaxshi samara beradi. Ta’limning oliy bosqichida til fanini o‘qitishning mazmuni yanada takomillashtiriladi. Litsey va kollejda egallangan bilimlar asosida olinadigan ixtisosliklar doirasida ilmiy uslubni qo‘llash uchun yozma nutqni o‘stirish ko‘zda tutiladi. Ilmiy uslubga moslashtirilgan matnlarni o‘rganish va o‘qish faoliyatida ishlatiladigan ilmiy matnlarni tuza olish ko‘nikmalarini hosil qilish ko‘zda tutiladi. Bunda ilmiy uslubga doir adabiyotlarni o‘qib o‘rganish, ba’zi mavzularni multimedia usulini tashkil qilib o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘z navbatida talabalarning ilmiy uslubda matn tuzish imkoniyatlaridan qanchalik to‘g‘ri va keng foydalana bilishlariga, xususan, leksik va uslubiy imkoniyatlardan o‘rinli foydalanishni qanchalik puxta o‘zlashtirganliklariga bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi ta’limning yuqori bosqichida ilmiy - ommabop uslubni o‘zlashtirishda tavsiya etilayotgan bilimning hayotiyligi, kengligi va qiziqarliligi, o‘qitilish usulining zamonaviyligi, audio-vizual vositalarning samarali qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi. Bu fanni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning quyidagi shakllari keng qo‘llaniladi: Tushunchalar tаhlili texnologiyasi, moslashtirish texnologiyasi, aqliy hujum, sinkveyn texnologiyalari, klaster, grafik organazeylar: insert va konseptual jadval, T-jadval, Venn diagrammasi, ishchan o‘yinlar texnologiyasi hamda kichik guruhlarda ishlash texnologiyalari. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling