Мuhammad аl-Хоrazmiy nomidagi Тоshkent ахborot tехnologiyalari universiteti


O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana14.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1093185
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ìuhammad àl-Õîrazmiy nomidagi Òîshkent àõborot tåõnologiyalari u

O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar 
 
“Akademik yozuv” fani yozma nutq, tilning stilistik va imlo qoidalari, 
sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili va nutq uslublari, soha lug‘atlarini 
o‘rganish, ular yordamida ilmiy, ommabop maqolalar tayyorlash masalalarini 
qamrab oladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar 
qo‘yiladi.
Talaba: 
- nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z bilim va 
ko‘nikmalarini qo‘llash, o‘zbek tilida ko‘nikmalarini faoliyatiga tatbiq eta 
olish va ixtisosligi sohasidagi to‘g‘ri yoza bilishi, u yoki bu munosabat bilan 
o‘z fikrini o‘zbek tilida asosli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi
lozim; 
- o‘zbek tilida ilmiy uslubning qonuniyatlarini;
- o‘zbek tilining gap stilistikasini; 
- ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak; o‘ 
- ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; 
- o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy – ommabop 


uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi; 
- sohaga oid kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi 
muloqotda mustaqil qo‘llay olishi; 
- o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli 
foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish 
tajribasiga ega bo‘lishi zarur. 

Asosiy qism (amaliy mashg‘ulotlar)
1- semestr 
№ 
Amaliy mashg‘ulot mavzulari 
Dars 
soatlari 
hajmi 
1. 
Akademik nutq.Yozma va og‘zaki uslub va uning xususiyatlari. 
Me’yor tushunchasi. 


Nutq uslublari. 


Ilmiy uslub janrlari (esse, doklad, tezis, kurs ishi). 

Jami

 
2-semestr 
№ 
Amaliy mashg‘ulot mavzulari 
Dars 
soatlari 
hajmi 

Referat. Taqriz matni. Annotatsiya yozish. 


Muloqot va kommunikatsiya jarayoni. Muloqot texnologiyasi va 
texnikasi. Muloqot shakllari.


Mutaxassislikka oid sо‘z va terminlarning imlosi, yasalishi va 
qо‘llanilishi. 

Jami

Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada 
bir akademik guruhda o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar 
yordamida o‘tkazilishi, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari 


qo‘llanishi maqsadga muvofiq. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling