Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi tatu qarshi filiali


Download 26.32 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi26.32 Kb.
#1011205
Bog'liq
Aapw Ve7PnIFvoIZapbDYWStPc7KJ4JT


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
TATU Qarshi filiali
Kompyuter injineringi fakulteti
KI-11-21-guruh talabasi
Axadova Maftunaning
Kiberxavfsizlik asoslari fanidan
8-Mustaqil ishi

Mavzu:
Sotsial injineriya nima va uning zamonaviy usullari


Sotsiologiya (lot. socius - jamiyat, yun. λόγος - bilim, taʼlim, tushuncha) — bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruhlar, shaxs va jamiyat munosabatlari toʻgʻrisidagi fan. Sotsiologiya ilmiy uslublar yordamida hosil qilingan empirik (tajribaga asoslangan) maʼlumotlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara oladi. Shu tufayli jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asoslab beradi.
Jamiyat hayotini tushuntirishga urinishlar antik davrda (Platon, Aristotel va boshqalar) paydo boʻldi, tarix falsafasida davom etdi. Oʻrta Osiyolik mutafakkirlar (Forobiy, Ibn Sino, Beruniy) asarlarida ham jamiyat, uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar bildirilgan. Sotsiologik tasavvur va qarashlar 19-asrning 1-yarmida O. Kont, G. Spenser kabi olimlar ijodi natijasida fan darajasiga koʻtarildi va qariyb 200 yildan buyon rivojlanib kelmoqda. Turli davrlarda sotsiologiyaning mohiyati turlicha talqin etildi. Avvaliga u jamiyat haqidagi umumiy fan sifatida tushunilgan. Ayni vaqtda uning aniq ilmiy uslublarini nazarda tutgan holda ijtimoiy fizika deb ham izohlangan (L. Ketle). Dastlab Yevropada taraqqiy etgan sotsiologiya Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida keng ijtimoiy muammolarni dalil va asosli ravishda qoʻya boshladi (M. Veber, E. Dyurkheym, G. Zimmel (1858—1918), V. Pareto (1848—1923), P. Sorokin (1889—1968)). Shu maʼnoda u mohiyatan makrosotsiologiya edi. Sotsiologiyaning Amerikadagi rivoji esa, odatda, „kichik“ ijtimoiy hodisalarni oʻrganuvchi mikrosotsiologiya tarzida yangi qirralarini namoyon etdi (J. Dyui (1859—1952), Ya. Moreno (1892—1974), J. Xomans (1910), E. Meyo (1880—1949)). Keyinchalik sotsiologiyaning bu makro va mikro koʻrinishlari T. Parsons (1902—1979), R. Merton (1910)ning nazariy ishlarida va P. Lazersfeld (1901—1976)ning empirik tadqiqotlar uslubiyatida yagona tizimga keltirildi. Biroq sotsiologiyaning predmeti va ijtimoiy amaliyot uchun ahamiyati xususidagi bahslar haligacha davom etib kelyapti, yangi sotsiologiya yaratishga urinishlar toʻxtamayapti.
Sotsiologiya oʻz taraqqiyotining klassik davrida yaxlit bilimlar tizimi sifatida rivojlangan boʻlsa, keyin bu fanga turli oqimlar va yoʻnalishlar kirib kela boshladi. Mexanistik nazariya tarafdorlari G. Ch. Keri (1798—1879), V. Ostvald (1853-1932), V. Pareto (1848—1923) sotsiologiyani ijtimoiy dunyo fizikasi deb hisoblashgan. Biologik nazariya, xususan, organik yoʻnalish (G. Spenser, L. Gumplovich), shuningdek, ijtimoiy darvinizm vakillari (Ch. Darvin va boshqalar) jamiyatni biologik dunyo qonuniyatlaridan kelib chiqib izohlashgan. Psixologik qarashlarda (D. S. Mill (1806—1873), MakDugall) jamiyat hayotidagi voqea va jarayonlar tahlil nazariyasi, instinkt nazariyasi asosida psixologik jihatdan tushuntirilgan. Xususan, Z. Freyd (jinsiy mayl), Ya. Moreno (jamiyatni individual-psixologik tushuntirish) qarashlari keyinchalik kollektiv-psixologik nazariyalarga olib keldi. Shu yoʻnalishda ijtimoiy-psixologik, bixevioristik, simvolik interaksionizm, ijtimoiy harakatlar nazariyalari rivojlandi.
Hozirgi davrda funksionalizm zamonaviy gʻarb sotsiologiyasining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yoʻnalish vakillari (T. Parsons, R. Merton) jamiyatning funksional birligi, uning dinamik muvozanati muammolariga asosiy eʼtiborni qaratadi. Formal-sotsiologik yoʻnalish F. Tennis (1855—1936), G. Zimmel, L. fon Vize (1876—1969) kabi sotsiologdar ijodi taʼsirida mustahkamlandi va rivojlandi. Bu yoʻnalish vakillari ijtimoiy hodisalarning mazmunidan ham koʻra ularning shakliga koʻproq eʼtibor berilsa, bu sotsiologiya predmetiga mosroq boʻladi, deb hisoblaydi.
20-asrning 2-yarmida yangi nazariya va oqimlar, xususan, „asosiy nazariya“ (Glasser va Stress), refleksiv sotsiologiya, dialektik sotsiologiya, kundalik hayot sotsiologiyasi modellari shakllandi. Lekin shunga qaramay, yangi sotsiologiyada 2 nazariy yoʻnalish aniq koʻrinishga ega boʻldi: 1) radikal sotsiologiya (jamiyatni jiddiy oʻzgartirish kerak, sotsiologiya bunda muhim rol oʻynaydi, deb hisoblaydi); 2) gumanistik sotsiologiya (insonning ijtimoiy tizimdagi yangi mavqeini, uning meʼyor yaratuvchanlik salohiyati, ruhiy jihatini tadqiq etishni ustuvor deb biladi). Bugungi kunga kelib sotsiologiya turli nazariyalar va bir necha sohalarni qamrab olgan boʻlishiga qaramay, mohiyatan yaxlit fan sifatida jadal rivojlanmoqda.
Oʻzbekistonda ham sotsiologiya oʻz tarixiga ega. U ijtimoiy borliq muammolari xususida asrlar davomida fikr yuritib kelgan ulamoyu shoirlar, mutafakkiru hukmdorlarning izlanishlarida oʻz ifodasini topgan. Buyuk vatandoshlarimiz boshqa sohalar kabi sotsiologiyaning rivojlanishiga ham katta hissa qoʻshdilar. Mukammal jamiyat gʻoyasi, davlatni boshqarish, jamiyatda shaxsning oʻrni va roli masalalari ular yaratgan turli janrlardagi asarlarga mavzu boʻlganligiga qaramay sotsiologiya fanini mustaqillikdan soʻnggina lozim darajada rivojlantirish imkoniyati tugʻildi. Oʻzbekistonda keng koʻlamli nazariy-metodologik muammolarni qoʻyish, ijtimoiy dunyoga tahliliy nazar bilan qarash koʻnikmalari hosil qilinmoqda. Sotsiologiya faniga oid kitob va risolalar, darslik va qoʻllanmalar yaratish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Sotsiologik tafakkurni shakllantirish, uni taʼlim tizimida, boshqaruvda, ommaviy axborot vositalari va boshqa sohalarda kengroq qoʻllashga harakat qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida „Sotsiologiya va boshqaruv psixologiyasi“ kafedrasi faoliyat yuritmoqda. Bir necha yillardan buyon „Ijtimoiy fikr“ jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish tajribasi toʻplandi. Bir nechta ilmiy muassasalar (Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, viloyatlardagi universitetlar)da nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Turlari

  • Gender sotsiologiyasi

  • Sotsiologiyada matematik uslublar

  • Metasotsiologiya

  • Shahar sotsiologiyasi

  • Fazo sotsiologiyasi

  • Bilim sotsiologiyasi

  • Kommunikatsiyalar sotsiologiyasi

  • Madaniyat sotsiologiyasi

  • Tibbiyot sotsiologiyasi

  • Yoshlar sotsiologiyasi

  • Fan sotsiologiyasi

  • Ilmiy bilim sotsiologiyasi

  • Taʼlim sotsiologiyasi

  • Tashkilotlar sotsiologiyasi

  • Siyosat sotsiologiyasi

  • Huquq sotsiologiyasi

  • Psixiatriya sotsiologiyasi

  • Din sotsiologiyasi

  • Oila sotsiologiyasi

  • Mehnat sotsiologiyasi

  • Boshqaruv sotsiologiyasi

  • Hissiyotlar sotsiologiyasi

  • Iqtisodiy sotsiologiya

  • Ekosotsiologiya

  • Etnosotsiologiya

  • Ijtimoiy sotsiologiya

Sotsiologik ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida muhim o’rinni egallaydi. Sotsiologik ta`limning muhim funktsiyalaridan biri – bu jamiyat a`zolarida sotsial muammolarni tushunish, ularning kelib chiqish manbalarini aniqlash va bartaraf etish yo’llari hamda imkoniyatlarini qidirib topish ko’nimalarini shakllantirishdan iboratdir.
Hayot bir joyda turg’un bo’lmaganidek, sotsiologiya fani ham rivojlanishdan to’xtab qolgani yo’q. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining rivojlanish imkoniyatlarini sotsiologiya fani doirasida tahlil qilish, o’rganish va olingan ilmiy-nazariy xulosalardan amaliyotda foydalanish muhim ijtimoiy masalalardan biriga aylanmoqda.
Darhaqiqat, sotsiologiya fani jamiyatda ro’y berayotgan yirik ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni shunchaki qayd etish bilan shug’ullanmaydi, balki ularning asl mohiyati va mazmunini atroflicha ochib beradi. Zero, sotsiologiya ijtimoiy fanlar orasida o’z tadqiqotlarining aniqligi va amaliyligi, tahlil qilayotgan masalalarni tajribalar asosida o’rganish imkoniyatlari mavjudligi bilan alohida ajralib turadi.
Sotsiologiya faqat hozirgi ijtimoiy hodisalar tahliliga to’laqonli javob berishi bilangina cheklanmasdan, balki ularning istiqboliy o’zgarish darajasi xususida ham ilmiy bashoratlarni ilgari sura oladi.
Ana shu jihatdan qaraganda, sotsiologiya fani nazariyasi, amaliyoti va tadqiqot usullarini atroflicha o’rganib chiqish zarurati dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e`tibor amaliy faoliyatni olib borishda sotsiologik bilim va usullardan foydalanish imkoniyatlarini ishlab chiqishga, O’zbekiston va jahondagi sotsial muammolarga nisbatan qiziqishning oshganligiga qaratiladi.
Zamonaviy ijtimoiy hayotning murakkab hodisa va jarayonlarini ilmiy tushunish, amaliy faoliyatda sotsiologik bilim va metodlardan foydalanish malakalarini shakllantirishdan iborat.

  • sotsiologiya fani ob`ekti, predmeti, asosiy tushuncha va kategoriyalarini mohiyatini tushuntirish;

  • sotsiologiyaning jamiyat hayotidagi o’rni, funktsiyalari, ahamiyati to’g’risida batafsil ma`lumot berish;

  • zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy maktab va yo’nalishlar bilan tanishtirish

  • sotsiologiya fanining asosiy qonun va tamoyillarini umumiy va xususiy jihatlarini ko’rsatib berish;

  • amaliy sotsiologik tadqiqot metodlari va dasturi to’g’risida muayyan tassavvur uyg’otish;

  • shaxs, sotsial guruh, sotsial jamoalarga xos belgi va xususiyatlar hamda ularning mohiyatini ochib berishi;

  • sotsial struktura, sotsial stratifikatsiya, sotsial mobillikning mohiyati va mazumunini ochib berish orqali talabalarga jamiyatda bo’layotgan sotsial jarayon, hodisalarni ilmiy tahlil etish zaruriyatini singdirish fanning asosiy maqsadidir.

«Sotsiologiya»o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasidabakalavr:

  • sotsiologiyani mustaqil fan sifatida shakllanishi omillari, uning tadqiqot ob`ekti va predmeti, strukturasi va fanlar tizimidagi o’rni, jamiyatni yaxlit ijtimoiy tizimligi, shaxs va jamiyat munosabatlari, ijtimoiy hayotning dolzarb muammolari, jamiyat a`zolarining shaxsiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtiradigan sotsial institutlar faoliyati haqida tasavvurga ega bo’lishi;

  • sotsiologiya fanining turli yo’nalishlardagi nazariy-metodologik asoslari, fanning asosiy tushuncha, kategoriyalari va qonunlari, shaxs va uning ijtimoiylashuv jarayoni, sotsial guruhlar tasnifi, jamiyat a`zolarining ijtimoiy mavqesi, ijtimoiy hayotda gender munosabatlari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ma`lum bir qonuniyatlar asosida kechishi, jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o’zaro bog’liqlikda ekanligini yaxlit idrok etishi hamda jamiyat rivojining asosiy omillarini tasniflay olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • zamonaviy jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalarni to’g’ri tavsiflash, turli ijtimoiy-madaniy xususiyatda kechayotgan hodisalarni holis qiyosiy taqqoslash, zamonaviy jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muammolardan ustuvorlarini aniqlash va ularni ob`ektiv tahlil qilish, muayyan hodisa va voqealarga kishilarning shaxsiy munosabatlarini o’rganishga qaratilgan empirik tadqiqotlarda ishtirok etish, ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy sohalarda o’tkazilgan amaliy sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Download 26.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling