Gulshoda o‘razalieva gender va ayollar huquqiy madaniyaTI


Download 439.4 Kb.
bet1/10
Sana01.05.2023
Hajmi439.4 Kb.
#1418128
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Z2MLTAJYbyAEtlfOOZhS64TVkIGQZvLUhyp1EKw5


GULShODA O‘RAZALIEVA


GENDER VA AYoLLAR HUQUQIY MADANIYaTI

Toshkent – 2009



Ushbu monografiyada ijtimoiy-falsafiy fanlarning hozirgi davrdagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan gender munosabatlari va ayollar xuquqiy madaniyati muammolarining nazariy va amaliy jihatlari tahlil etiladi.
Gender tengligi g‘oyasining vujudga kelishidagi ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar, gender nazariyasining mohiyati, ayollar huquqiy madaniyatini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek O‘zbekistonda ayollar huquqiy madaniyatini takomillashtirishning ob’ektiv shart-sharoitlari va sub’ektiv mavjud statistik va boy empirik materiallar asosida yoritilgan.
Risola materiallari xotin-qizlar qo‘mitalari, o‘z-o‘zini boshqarish organlari va nodavlat, notijorat, jamoat tashkilotlari vakillari hamda ta’lim dargohlari ma’naviy-tarbiyaviy ishlarini olib borishda nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Shuningdek, mazkur monografiya ijtimoiy fanlar o‘kituvchilari, aspirantlari, magistrantlari, hamda talabalari uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

Taqrizchilar: sotsiologiya fanlari doktori Abdusalom Umarov


siyosatshunoslik fanlari doktori E’tibor Siddiqova


Muharrir: tarix fanlari doktori, professor Ravshan Sangirov


Otam Abdurasul o‘g‘li Bekpo‘latning yorqin xotirasiga bag‘ishlayman Muqaddima
O‘zbekiston istiqlol tufayli bozor munosabatlariga asoslangan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat qurishga intilmoqda. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Asosiy qonunimizda birinchi navbatda shaxs manfaatining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo‘yilganini yana bir marta ta’kidlab o‘tish o‘rinli... Aynan ana shu qat’iy talabni nafaqat qonunlarimiz va huquqiy meyorlarimizda belgilab berish, balki bu ustuvor prinsipni hayotimizga tatbiq qilish o‘ta muhim ahamiyatga egadir”.1
Huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri aholining yuksak huquqiy madaniyati hisoblanadi. Mamlakatimizning endigi taraqqiyoti jamiyat a’zolarining huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini yuksaltirishni dolzarb vazifa qilib qo‘yar ekan, shu o‘rinda ayollarning huquqiy madaniyatini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi, zero ular aholining 51 foizini tashkil etadilar.
Agar insoniyat tarixiga nazar tashlasak, ayollar erkaklarga nisbatan kamsitilgan, jamiyatni boshqarish ishlaridan chetlatilgan davrlarni ifodalovchi ilmiy manbalarga duch kelamiz. Ming yillar davomida ayollar farzand ko‘rib, ularni parvarishlab-tarbiyalash, oila xo‘jaligini yuritish bilan cheklanganligi ma’lum.
XX asrda ayollarni mana shunday qarashlardan ozod qiluvchi, oiladagi onalik, rafiqalik mas’uliyatidan voz kechmagan holda jamiyatda erkaklar bilan teng mehnat qilish, mehnatiga yarasha haq olish, dam olish, sog‘liqni saqlash, ta’lim olish, saylash va saylanish kabi huquqlarga ega bo‘lish
1 Karimov I.A. Inson, uning huquqlari va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat.
Prezident Islom Karimovning o‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. – //Halq so‘zi, 2005 yil 8 dekabr.
imkoniyatini yaratdi. Ayollarning bunday huquqlarga ega bo‘lishini BMTda ishlab chiqilgan xalqaro huquq - “Inson huquqlarining umumjahon
deklaratsiyasi” (1948) hamda “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi Konvensiya (1979) afolatladi. Bu hujjatlar xotin-qizlarga nisbatan har qanday cheklashlarni tugatib, ularning oilaviy holatidan qat’i nazar, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida: siyosat, iqtisod, madaniyat va fuqarolikda xotin-qizlarning teng huquqlarini ta’minlashga chaqiradi. U davlatlarni xotin-qizlarning kamsitilishlariga qarshi milliy qonunchilik choralarini hamda oila va jamiyatda erkaklar va ayollar o‘rtasida tenglikni tezlik bilan o‘rnatishga, ularning huquqlari kamsitilishini saqlab qolishga imkon beruvchi ijtimoiy va madaniy modellarini o‘zgartirish choralarini ko‘rishni tavsiya etadi2. Shuningdek, oilaviy hayotda erkak va ayollar uchun bir xil huquq va burchlarni o‘rnatish lozimligi ko‘rsatilgan. “Balog‘atga yetgan erkak va ayollar irqi, millati yoki dinidan qat’i nazar biron-bir cheklashsiz nikohdan o‘tish va oila qurish huquqiga egadirlar. Ular nikohdan o‘tayotganda ham, nikohda bo‘lgan vaqtida ham va nikoh bekor qilinganda ham bir xil huquqlardan foydalanadilar" (26-modda) deb ta’kidlangan3.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin BMTning teng huquqli a’zosi qatorida MDH davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib, bu xalqaro hujjatlarni e’tirof etdi va o‘z zimmasiga xotin-qizlarga nisbatan kamsitish siyosatini o‘tkazmaslik majburiyatini oldi hamda shu maqsadda xotin-qizlar manfaatlarining huquqiy himoyasini belgilovchi tegishli qonunlarini qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida erkaklar va ayollarning tengligi (46-modda)4, onalik va bolalikni himoya qilish, erkin va teng
2 Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya. T.: BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi. 1998. 1– 3 betlar.
3 Mejdunarodnыy bill o pravax cheloveka. OON, Nyu-York: 1995. - S. - 39.
4 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston. 1992. –17 6.
huquqli nikoh tuzish (63-modda), farzandlarni voyaga yetkazish va tarbiyalash uchun ota-onalarning mas’ulligi (64-modda) qoidalari belgilangan5.
Respublikada xotin-qizlarning ahvolini yaxshilash, ularning erkinligi, huquqi, manfaatlari va sog‘ligini muhofaza qilish mamlakat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari qatoridan joy olgan. “Zero, umummilliy siyosatning ma’nosi –xotin-qizlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab- quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatini umumjamiyat ishiga aylantirish demakdir”.6
Respublika Prezidentining 1995 yil 2 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 1998 yilning “Oila yili”, 1999 yilning “Ayollar yili” deb e’lon qilinishi, 1999 yil 17 martdagi “Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon, Vazirlar Mahkamasining “O‘ta zararli va o‘ta og‘ir mehnat sharoitlarida ishlayotgan ayollarning daromadiga imtiyozli soliq solish to‘g‘risida”gi Qarori, Oliy Majlisning “Xotin-qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida”gi Qonuni, 2004 yil 25 maydagi “O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon, 2004 yil 30 iyundagi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi “O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu siyosatning dolzarbligini belgilab beradi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik
5 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston. 1992. -20-21 betlar
6 Inomova S.T. E’zozli ayol iqboli. T.: O‘qituvchi. - 2005. 8 b.
fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmoni (1997 yil, iyun), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustda bo‘lib o‘tgan to‘qqizinchi sessiyasida “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”ning qabul qilinishi ham xalq ommasining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ta’lim-tarbiya hamda targ‘ibotni amalga oshirishning vazifalari, bosh yo‘nalishi va tamoyillarining yaqqol ifodasidir.
Ushbu mavzuning dolzarbligini yana quyidagilar bilan izohlash mumkin: birinchidan, gender g‘oyasiga ko‘ra dunyoda ayol muammosi – inson muammosi, inson huquqi – ayol huquqi deb e’tirof etilayotgan davrda gender munosabatlarini ayollar huquqiy madaniyatiga ta’sirini tadqiq etish ehtiyoji mavjud; ikkinchidan, aholining turli qatlamlarida, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda huquqiy ongni shakllantirish, huquqiy madaniyatni takomillashtirish, ayniqsa, ayollarni yuksak huquqiy madaniyatli qilib tarbiyalash davrimizning dolzarb masalasidir, zero ayollar kelajakni yaratuvchilardir. Uchinchidan, jamiyatimizdagi xotin- qizlarning aksariyati ko‘pgina ob’ektiv sabablarga ko‘ra o‘z huquq va majburiyatlarini to‘la tushunib yetmaganlari bois, ularni huquqiy savodxon hisoblab bo‘lmaydi. Bunday holat jamiyatning barqaror taraqqiyotiga jiddiy to‘siqdir. Zero, aholisi chin ma’noda yetarli huquqiy madaniyatga ega bo‘lgan mamlakatdagina ham iqtisodiy, ham siyosiy rivojlanishga erishish mumkin. Huquqiy madaniyat ilg‘or jamiyat qurishning zaruriy omilidir. To‘rtinchidan, ayollar huquqiy madaniyatini shakllantirishga to‘siq bo‘luvchi turli salbiy urf-odatlar, diniy taqiqlar saqlanib qolayotganligidir. Beshinchidan, ayollar reproduktiv vazifani bajarganliklari uchun, ularning huquqiy madaniyatini takomillashtirish oiladagi mavqeiga, ayollar huquqining tan olinishiga, oilaviy munosabatlar madaniyatining darajasiga, bilimiga, kasb mahoratiga, iqtisodiy mustaqilligiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berish ehtiyojining mavjudligi. Oltinchidan, ayollar
huquqiy madaniyatining shakllanishi ayollar haqidagi erkaklarning tasavvurlari, qarashlariga hamda ularni o‘zlari bilan teng inson deb bilishlariga bog‘liqligini tahlil etish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan boshlab, siyosatning bosh yo‘nalishi inson, uning manfaatini himoya qilishga bag‘ishlandi, shu maqsadda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e’tibor berildi. Bu o‘rinda yuqorida tilga olingan huquqiy xujjatlarni qabul qilish bilan bir qatorda, ularni amaliyotga tatbiq etishni ta’minlash maqsadida mamlakatda turli huquqiy institutlar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasidagi inson huquqlari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot to‘plash va huquqi kamsitilgan insonlarga yordam berish uchun O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlis Vakili – Ombudsman, O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi, Oliy Majlis qoshidagi qonunchilik monitoringi instituti, Toshkent Davlat huquqshunoslik instituti qoshidagi “Inson va insonparvarlik huquqlarini o‘rganish Markazi” shular jumlasidandir. Ushbu hujjatlar va huquqiy institutlarda aholi barcha qatlamlarining huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy bilimlari hamda ularni kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimi yaratilgan.

Birinchi bob. Gender munosabatlari umuminsoniy madaniyatlar tizimida





Download 439.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling