Gulshoda o‘razalieva gender va ayollar huquqiy madaniyaTI
O‘zbekistonda ayollarning gender tengligini ta’minlashning
Download 439.4 Kb.
|
Z2MLTAJYbyAEtlfOOZhS64TVkIGQZvLUhyp1EKw5
O‘zbekistonda ayollarning gender tengligini ta’minlashning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslari
Gender tengligiga erishish insonning barqaror va adolatli rivojlanishi shartlaridan biri hisoblanadi. Bu masalaning hal qilinishi bozor munosabatlari yo‘lini tutgan va o‘tish davrining jiddiy qiyinchiliklarini yengib o‘tayotgan yosh mustaqil davlatlar uchun ayniqsa dolzarb ahamiyatga egadir. Hozir jamiyatda gender tengligi va gender muvozonatiga erishish, ikkala jinsning ham ehtiyoj va manfaatlarini hisobga olish, ularga teng imkoniyatlarni ta’minlash ham xotin-qizlar, ham erkaklarning ahvoli yaxshilanishi, samarali iqtisodiy rivojlanish, oilaning mustahkamlanishi, bolalarni jismoniy va ma’naviy-axloqiy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalash imkoniyatini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida shakllangan, siyosat va iqtisodiyotga oid sohalarini tartibga soluvchi qonunchiligi, yaratilgan huquqiy va tashkiliy mexanizmlar jamiyatning barcha sohalarida teng gender imkoniyatlarini ta’minlash siyosatini tanlaganligidan dalolat beradi106. Jumladan, 1995 yilning 2 martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish, oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda vazirliklar, mahkamalar va hududiy boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalarini hal qilishga xotin-qizlarni keng jalb qilishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin- qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi maxsus Farmoni 106 Qarang.: Hotin-qizlar va bolalarning huquqlariga oid qonun kafolatlari – T.: 2000., -84-88 betlar. qabul qilindi. Unga ko‘ra, respublikada Bosh vazirning xotin-qizlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari joriy qilindi. 2004 yil 25 maydagi “O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, 2004 yil 30 iyundagi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul kilindi. Vazirlar Mahkamasida va joylarda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha kotibiyatlar tashkil qilinib, faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda aholining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etgan ayollar bugungi kunda jamiyat taraqqiyotining qudratli omiliga aylangan. Xotin- qizlar va erkaklar teng huquqliligi, jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oilani mustahkamlash, nikohning barqaror bo‘lishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, farzand tarbiyasida ota-onaning huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida107, shuningdek, maxsus qonunlarda o‘z ifodasini topgan. Xotin-qizlarning shaxsiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan tashqari Oila kodeksida, Fuqarolik kodeksida, Mehnat kodeksida, Ta’lim va Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash, Aholining bandligi, Oliy Majlisga saylovlar, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlar haqidagi qonunlarda o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasidan birinchilardan bo‘lib, BMTning “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish haqidagi konvensiya”ga qo‘shildi. 1995 yilda “Tinchlik, taraqqiyot va tenglik” shiori ostida Pekin shahrida o‘tkazilgan Butun jahon xotin-qizlarining IV konferensiyasida mamlakatimiz xotin-qizlarining vakillari ishtirok etib, xotin-qizlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan Pekin deklaratsiyasi Platformasiga qo‘shildilar, shu asosda respublika xotin-qizlarining huquqiy va ijtimoiy muhofazasini kafolatlovchi hukumat darajasidagi “O‘zbekiston Respublikasida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Konsepsiya va dasturiy hujjatlar” ishlab chiqildi va 7 yo‘nalish asosida dastur yaratildi. Ya’ni: Qizlarni turmushga tayyorlash dasturi; Sog‘lom avlod – sog‘lom jamiyat negizi dasturi; Ekologiya va ayol dasturi; Respublika Xotin-qizlarining xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar dasturi; Xotin-qizlar mehnatini ijtimoiy muhofaza qilish dasturi; Ayol, oila va mahalla dasturi; Ma’rifat – ma’naviyat, ta’lim-tarbiya dasturi. Bu dasturlar O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlar uchun munosib ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy, ma’naviy hayotni qaror toptirishga alohida e’tibor berilayotganligidan, ularning ahvolini, turmush sharoitini yaxshilash ishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi. Zero, O‘zbekistonning bugungi taraqqiyotida xotin-qizlar faol mehnat resurslarining 45,1 foizni tashkil etib, ishlab chiqarishning barcha sohalarida yetarli mavqega egadirlar, hatto mudofaa, jamoat tartibini saqlash kabi erkaklarning an’anaviy kasblari tarmoqlariga ham kirib bormoqdalar. Jumladan, ish bilan band bo‘lgan ayollar: sanoatda – 42,8 foiz, qishloq xo‘jaligida – 42,4 foiz, maorif, madaniyat, fanda – 79,9 foiz, sog‘liqni saqlashda – 75,9 foizni tashkil qiladi. Hukumat tarkibidagi rahbarlik vazifalarida ishlovchi ayollar – 16 foizni, Konstitutsion sudda 20 foizni, Oliy sudda – 14,6 foizni, Oliy xo‘jalik sudida – 15,8 foizni tashkil etadi.108 108 Inomova S.T. E’zozli ayol iqboli. T.:o‘qituvchi. 2005.-26,15 betlar. Xotin-qizlarning o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilishlari uchun ijtimoiy-ma’naviy muhit yaratilmoqda. Tashkilotchilik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik qobiliyatiga ega bo‘lgan xotin-qizlar boshqaruv tizimida hech qanday to‘siqlarsiz o‘z qonuniy o‘rnini egallashga erishishni ta’minlash muhim ahamiyatga molikdir. Xotin-qizlarning parlamentdagi o‘rnining oshib borishiga erishish ularning siyosiy hayotidagi mavqei ko‘tarilishi uchun zamindir. Bu borada, sotsializm davrida bo‘lganidek, sun’iy ravishda oldinda belgilab berilgan ko‘rsatkichlarga moslashish emas, balki yetakchilik iste’dodi bo‘lgan har bir ayolning erkin faoliyat ko‘rsatishiga sharoit yaratib berish ko‘zda tutiladi. Shu jihatdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1995 yil 2 martda e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat va jamiyat qurilishida ayollar rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” farmonini eslash o‘rinlidir. Farmonda hokimiyatning barcha darajadagi ijroiya organlarida ayollar ishtirokini ta’minlash nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, shaharlar hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari joriy etilib, ushbu lavozimga tegishli xotin- qizlar qo‘mitalarining raislari tayinlandi, ularga ayollar huquqiy madaniyatini takomillashtirish, oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofazasi uchun mas’uliyat yuklandi. Respublikamizda ilk bor 1994-1999 yillarda xotin-qizlar ham ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilgan saylovda ishtirok etib, barcha darajadagi vakillik organlari deputatligiga saylandilar. 1999 yil 5 dekabrda o‘tkazilgan saylovlarda 250 deputatlik mandatidan 17 tasini ayollar qo‘lga kiritdilar. Oliy Majlisning uch o‘rinbosaridan 1 nafari, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ijtimoiy masalalar va bandlik qo‘mitasi, Oila va ayollar muammolari komissiyasi raislari ayol jinsiga mansub ekanligi xotin-qizlarning davlat va parlament darajasidagi masalalarni hal etishga jalb qilish yuzasidan salmoqli ish olib borilayotganidan dalolat beradi. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 18 fevraldagi “Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha 1999 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlarning davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi. Mazkur dasturni hayotga joriy etish maqsadida davlat budjeti, fondlar, kasaba uyushmalari, korxona va tashkilotlar, chet el kreditlari va insonparvarlik yordami hisobidan mablag‘ ajratildi. Dasturda ko‘rsatilgan tadbirlar mamlakat barcha ayollarining ehtiyojlarini qamrab oldi va ijtimoiy adolat, tenglik va barqaror rivojlanish davlatimiz siyosatining ajralmas qismi va demokratik jamiyat qurilishining asosi ekanligini tasdiqladi109. Dasturga asosan 1999 yil 14 aprelda “Xotin-qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida” qonun qabul qilindi, unda xotin-qizlarning turmushini yaxshilash, islohotlarda ularning ishtirokini kuchaytirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999 yil 17 martdagi farmonida 1999 yil 1 iyuldan boshlab ayollar yoshga doir pensiyaga chiqqanidan keyin, o‘rta va kichik tibbiy xodimlar, provizorlar, nogiron bolalarning “Mehribonlik uylari”da tarbiyachilar, kutubxonachilar sifatida ishlashni davom ettirayotgan va pensiyaga chiqish oldidan mazkur mutaxassisliklar bo‘yicha kamida 10 yil ish stajiga ega bo‘lgan hollarda, ularning pensiyasi to‘liq miqdorda saqlanib 109 Ayolga ehtirom. T.: O‘zbekiston. 1999. - 52-54-betlar. qolinishi kafolatlangan.110 Vazirlar Mahkamasining “O‘ta zararli va o‘ta og‘ir mehnat sharoitlarida ishlayotgan ayollarning daromadiga imtiyozli soliq solish to‘g‘risidagi” qarorida ayollarning daromadiga soliq solish darajasi 20 foizdan yuqori bo‘lmasligi nazarda tutiladi. Ayollarga 54 yoshdan pensiyaga chiqish huquqi berildi, og‘ir mehnat sharoitlarida ayollar mehnatini qo‘llash taqiqlanadi, homiladorlik va tug‘ish ta’tillari 126 kun belgilanib, farzand 2 yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi va ish joyi saqlanadi. Kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalarga ijtimoiy yordam, nafaqa pullari ham muhim madad hisoblanadi va 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor oilalarga yordam beriladi. Prezident I.A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida qilgan ma’ruzasida ham “Ayollar o‘rtasida olib boriladigan ishlarning shakllarini kengaytirish, ularning ilmiy va madaniy saviyasini ko‘tarish kerak. Shuni unutmaylikki, jamiyatni demokratik o‘zgarishlar yo‘lidan nechog‘li ilgarilab ketgani, shu jamiyatning ayollarga bo‘lgan munosabati uning madaniy-ma’naviy saviyasini belgilaydi”,111 deb ta’kidlashi ham bu sohada izchil siyosat olib borilayotganligini tasdiqlaydi. O‘tkazilgan tahlil xotin-qizlar qo‘mitalari, jamoat tashkilotlari, davlat tuzilmalarining xotin-qizlarning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini himoya qilish, ularning oilada, ijtimoiy hayot va davlat qurilishlarida rolini oshirish ishida jiddiy kamchiliklar va foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Bu kamchiliklar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 25 maydagi PF-3434-sonli Farmon ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risidagi qarorida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, bu hujjatda 110 O‘sha asar, - 62-bet. 111 Karimov I.A. O‘zbekiston XX asrga intilmoqda. T.: O‘zbekiston. 1999. 22-23-betlar. markazda va joylarda xotin-qizlar qo‘mitalariga ko‘pincha budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan va o‘z faoliyatida ma’muriy usullardan foydalanadigan davlat tuzilmalari sifatida qaralmoqda. Hotin-qizlar qo‘mitalarining turli rahbarlik lavozimlariga saylangan aksariyat faollar boshlang‘ich xotin-qizlar jamoalaridan ajralib qolgan, ular o‘zlarini ayollar jamoatchiligining vakili emas, balki davlat xizmatchilari deb hisoblaydi. Natijada xotin-qizlarning haqiqiy ahvoli, ularning muammolari va manfaatlari e’tibordan chetda qolmoqda. Xotin-qizlar harakati, ijtimoiy rivojlanish, quyidan bo‘ladigan tashabbusni rag‘batlantirishning muayyan masalalari bo‘yicha xotin- qizlarning real manfaatlari va muammolarini, ularning fikr va takliflarini aniqlashning samarali vositasi xisoblangan qurultoy va konferensiyalar kabi demokratik shakllari amalda ishga solinmayapti. Jumladan, mazkur qo‘mitalar xodimlarining jamoatchilik va joylardagi xotin-qizlar tashkilotlari oldida hisobot berishi amalda mavjud emas. Xotin-qizlar qo‘mitalarining ommaviy axborot vositalari bilan aloqasi talabga javob bermaydi. Xotin-qizlarga mo‘ljallangan matbuot organlari va nashrlarda qanday mavzular va muammolar yoritilayotgani, ular o‘quvchilarga, birinchi navbatda, yosh ayollarga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani qo‘mitalarning e’tiboridan chetda qolmoqda. Ayollarning muayyan qismi, ayniqsa, qishloq joylarda, xotin-qizlar qo‘mitalarining e’tiboridan chetda qolmoqda, ular o‘z holiga tashlab qo‘yilgan va shu bois turli buzg‘unchi kuchlarning ta’sir ob’ektiga aylanmoqda. Xotin-qizlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ularning ijtimoiy- maishiy muammolarini hal etish ishida mahallalarning xotin-qiz faollari, fuqarolar yig‘ini, jumladan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, milliy-diniy an’ana va urf-odatlarni yaxshi biladigan hamda tegishli an’anaviy urf-odat va rasm-rusumlar o‘tkazilishida bosh-qosh bo‘ladigan ayollarning imkoniyatlaridan foydalanilmayapti112. Shuningdek, bu hujjatda xotin-qizlar qo‘mitalarining faoliyati, eng avvalo, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash muammosini hal etishga, shu jumladan, vaqtinchalik ish o‘rinlarini barpo etish, kasanachilik mehnatini tashkil qilish, xotin-qizlarni ishga joylashtirishning boshqa shakllaridan foydalanishga qaratilishi zarurligi ta’kidlandi. Chunki ish bilan ta’minlash – xotin-qizlar mustaqilligi, ularning faol ijtimoiy, hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lishlarining muhim shartidir.113 Oqsaroyda mazkur masala muhokamasiga bag‘ishlangan majlisda yana bir karra qishloqda yashayotgan ayollar orasida atrofdagilarning e’tirofidan chetda qolgan, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan ayollar mavjudligi e’tirof etildi. Ushbu majlisda bunday ayollarga zarur yordam ko‘rsatib, qo‘llab-quvvatlagan holda, ularni mahalla boshqaruvi tarkibiga kiritish, joylarda hokimliklar, mahalla va xotin-qizlar qo‘mitalari, diniy tashkilotlar ular bilan hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiqligi Prezident I.A. Karimov tomonidan alohida ta’kidlab o‘tildi. Xotin-qizlar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash sog‘liqni saqlash tizimining eng dolzarb vazifalaridan biridir. Farzand ko‘rishda sog‘lomlik, oilani rejalashtirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatlarini rivojlantirish, ekologik falokatlarning ayollarga ta’sirini kamaytirish masalasiga muhim e’tibor qaratilmoqda. Masalan, respublikamizda sog‘lom avlod g‘oyasi negizida anemiya, ekstragenital kasalliklar, patologik tug‘ishlarning oldini olish va davolash uchun “ona va bola skriningi” dasturi amalga oshirilmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimi hozirda YuNISEF, YuNESKO, USAID, UNFPA, 112 Qarang.: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 25 maydagi «O‘zbekiston Xotin- qizlari qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida. //Halq so‘zi, 2004 yil 30 iyun 113 Qarang.: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 25 maydagi O‘zbekiston Xotin- qizlari qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida. //Halq so‘zi, 2004 yil 30 iyun Qizil Xoch va Qizil yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda idora maskanlarida turli xayriya yordamlarini uyushtirmoqda, turli loyiha va dasturlarni amalga oshirmoqda. Orolbo‘yi ayollari va bolalariga YuNISEF, EKOSAN, ASPERA xalqaro loyihasi yo‘li bilan yordam berilmoqda. Lekin bularning barchasi ayollarimizni to‘la qamrab oldi, deb ayta olmaymiz. Mana shunday chora-tadbirlarni kengaytirib borishimiz kerak. Shuningdek, ularning tibbiy ongini shakllantirish ham muhimdir. Ayniqsa, bu kasalliklarni oldini olishda qo‘l keladi. Ayollarning bilimli bo‘lishi o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda, Vatanga, xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Farzandlarning kelajakda qanday shaxs bo‘lib yetishishlari ularga onalarning qanday ta’lim-tarbiya bera olganliklariga bog‘liq. Hozirda oliy va o‘rta maxsus bilimga bo‘lgan mutaxassislarning har ikkinchisi ayollardir. Ilmiy xodimlarning 37, fan doktorlarining 11, fan nomzodlarining 26 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. Fanlar akademiyasining 144 haqiqiy a’zosidan 11 nafari ayollardir.114 O‘zbekistonda ayollar ma’lumotliligi darajasi rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan yuqori, industrial rivojlanayotgan mamlakatlar ayollari ma’lumotliligi darajasiga yaqin, 2000 yilda umumiy savodlilar soni 99,13%ni tashkil qildi.115 Ta’lim olishda erkak va ayollarga teng huquq berilgan va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi bilan kafolatlangan.116 Radio, televidenie va matbuotda ham ayollar faoliyati keng yoritib borilmoqda. “Azizim”, “Begoyim”, “Ibratli kelinchak” kabi teleko‘rsatuvlar o‘z tomoshabinlariga ega. “Dugonalar” radiojurnali, “Saodat”, “Saida”, “Nafosat”, “Oila va jamiyat” kabi jurnal va gazetalar, 114 Qarang: Musurmonova O. Ayollarga davlat g‘amxo‘rligi /Ayolga ehtirom. T.: O‘zbekiston. 1999. –147 b. 115 O‘zbekiston Xotin-qizlari //Statistik ma’lumot to‘plami. – T.: O‘zbekiston, 2000. - 67 b. 116 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 1992. – 17 b. “Markaziy Osiyo ayollari” ilmiy-ma’rifiy to‘plamlari o‘z o‘quvchilariga ega. O‘zbekistonda yashayotgan ayollar ayni paytda jahon xotin-qizlar harakatining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston xotin-qizlari dunyo ayollari bilan turli darajada aloqada bo‘lishlari kerak. Bu xildagi aloqa ayollarimizga o‘z ishlarini o‘zgalarniki bilan solishtirish, o‘z hayotlarini dunyodagi boshqa xotin-qizlarning turmushiga qiyoslash imkonini beradi. O‘zbekiston xotin-qizlarning dunyodagi boshqa davlatlar xotin-qizlari bilan hamkorligi o‘zaro tenglik, hurmat, do‘stlik va ichki ishlariga aralashmaslik asoslarida qurilmoqda. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Gender va rivojanish”, “Tadbirkor ayol”, “Olima ayol”, “Ayol va jamiyat”, “Ayollar resurslar markazi”, “Mehri” markazi kabi nodavlat, notijorat tashkilotlari o‘z faoliyatlarini yanada kuchaytirmoqda. Tadbirkor ayollarning 1991 yil iyunida tashkil qilingan “Tadbirkor ayol uyushmasi” O‘zbekistondagi nohukumat tashkilotlarning dastlabkilaridandir. Uyushmaning maqsadi - bozor munosabatlarini rivojlantirishda ayollarning ishtirok etishlari uchun qulay shart- sharoitlarni yaratishdan, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlashdan iborat. Uyushma 3000 dan ziyod tadbirkor ayollarni birlashtiradi. Uyushmaning sheriklari orasida BMT Rivojlanish dasturi, TASIS, Kaunterpart interneyshnl, Yevroosiyo jamg‘armasi, Konrad Adenauer jamg‘armasi va boshqalar bor. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston xotin-qizlari, millatidan qat’i nazar, jahondagi va mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi sifatida o‘z mavqelarini mustahkamlab bormoqdalar. Buning esa mamlakatimiz kelajagi uchun ahamiyati kattadir. O‘zbekiston hukumati xotin-qizlar ahvoli bilan shug‘ullanadigan institutlarni mustahkamlash siyosatini bayon qilgan. Xususan, xotin-qizlar qo‘mitalari raislari tegishli darajadagi hokim o‘rinbosari etib tayinlanishi bundan dalolat beradi. Bu esa, nazariy jihatdan, hukumatning barcha bo‘g‘inlarida xotin-qizar manfaatlarini himoya qilish imkonini yaratadi. Ayollarni rahbarlar roliga tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining ish dasturiga kiritilgan yo‘nalishlardan biridir. Ayni mahalda hozir O‘zbekistonda xotin-qizlarning o‘z tashabbuslari bilan yuzaga kelgan nohukumat xotin-qizlar tashkilotlari mavjud. Bu yangi ijtimoiy munosabatlar kurtaklari paydo bo‘lganidan hamda xotin-qizlar harakati yuzaga kela boshlaganidan dalolat beradi. Bunday nohukumat xotin-qizlar tashkilotlari ijtimoiy xizmatlarning xotin-qizlar ahvolining aniq muammolari hamda ehtiyojlarini o‘rganishga asoslangan yangi modellarini ishlab chiqishadi hamda sinovdan o‘tkazishadi, yangicha ish uslubi va shakllaridan foydalanishadi117. Ular o‘z faoliyatiga ko‘ra juda moslashuvchan hamda mustaqil bo‘lib, turli manbalardan moliyaviy madad olish imkoniyatiga egadirlar. O‘zbekistondagi nohukumat xotin-qizlar tashkilotlari o‘zlarini davlatning sherigi deb, ijtimoiy muammolarni hal etishda hamda gender sohasida tenglikka erishishga yo‘naltirilgan siyosatni o‘tkazishda uning yordamchisi, deb hisoblashadi. Barcha nohukumat xotin-qizlar tashkilotlari amalga oshirayotgan dasturlardagi tafovutlarga qaramay, o‘z faoliyatini xotin-qizlar huquqlari himoyasiga, erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratishga, ayolning oila va jamiyatdagi maqomini oshirishga, xotin-qizlarni demokratik o‘zgarishlar jarayoniga jalb etishga hamda yangi iqtisodiy sharoitga moslashtirishga qaratishadi. Shu yo‘nalishlarda eng faol ish olib borayotgan tashkilotlar O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi hamda uning viloyatlardagi bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Perzent” tashkilotidir; Toshkent, Samarqand, Nukusda Xotin-qizlar zahira markazi, 117 Fan, madaniyat va jamiyat rivojida ayollarning roli. –T.: 2004. 7 b. “Sabr”, “Ayol va jamiyat” tashkilotlari tuzilgan. Ular ta’lim seminarlari, maqsadli guruhlarning munozara-uchrashuvlarini uyushtirishadi. Faollar munozara uchun davra suhbatlari, klublar, maslahatlar, axborot kunlarini o‘tkazishadi, plakatlar, taqvimlar, risolalar, byulletenlar chop etishadi, tadqiqot ishlari olib borishadi. Ayni paytda ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekistondagi xotin-qizlar harakati ma’lum muammolarga ham duch kelmoqda. Ular, avvalo, ayolning roli ikkinchi darajali ekanligi to‘g‘risidagi tasavvurlar xos bo‘lgan patriarxal qadriyatlar ustunlik qiladigan mentalitetning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ayollar haqidagi barcha og‘zaki va yozma fikrlar uning erkakni to‘ldiruvchi, qandaydir vazifani bajaruvchi sifatida idrok etilishini namoyish qiladi. Ayolni ona sifatida idrok etish shundan kelib chiqqan. O‘g‘il ko‘rish ayol hayotidan ko‘zlangan yakka-yu yolg‘iz maqsad sifatida qaraladi. O‘zbekiston aholisiga feminizm haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Xotin- qizlar harakatiga qarshi bo‘lgan ba’zilar (ular ayolning islomdagi ahvolini ideallashtiradigan patriarxal munosabatlar tarafdorlaridirlar) ayolning teng huquqlilikka intilishini Sharq ayoliga yot bo‘lgan, G‘arbga xos g‘oya deb uni qoralashga intilishadi118. Ayollarning kelajakda ko‘zlagan maqsadi bo‘lishi mumkinligi ayrim erkaklarning xayoliga ham kelmaydi. Ularning nazarida, ayol erining rejalariga to‘la-to‘kis mos ish qilishi, qarorni erkak qabul qilishi lozim, bir-birining manfaatini hisobga olish uchun istiqbol rejalarini muhokama qilish mumkinligini tasavvur ham qila olishmaydi. Xotin-qizlar nodavlat tashkilotlarining ta’lim dasturlari jamiyatni ma’rifatli qilishga mo‘ljallangan. Ular erkin qadriyatlarni: inson huquqlari sifatidagi ayollar huquqlarini; ayollarga nisbatan zulmning hamma shakllariga barham berish to‘g‘risidagi; ayollarning oilani rejalash va tug‘ish bilan bog‘liq sog‘lig‘ini saqlash huquqlari to‘g‘risidagi; 118 Qarang.: Ayol huquq va erkinliklari. –T.: Adolat, 2002. - 69 b. ayollarning siyosiy hayotda va saylov jarayonlarida ishtirok etishi to‘g‘risidagi; ayollarning iqtisodiy huquqlari va ularning daromad topish faoliyati imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi; shuningdek tadbirkorlik faoliyati olib borishi va kredit olishdan foydalanishi to‘g‘risidagi dasturlarni tushuntirish hamda targ‘ib etish bilan bog‘liq dasturlarni tavsiya etishadi. O‘zbekistonda ish olib borayotgan xotin-qizlar nodavlat tashkilotlarining deyarli hammasi yuqorida qayd etilgan mavzulardan birontasi bo‘yicha seminar o‘tkazishadi. Xotin-qizlar nodavlat tashkilotlari ta’lim dasturlarining xususiyati mashg‘ulotlarni o‘zaro munosabat shaklida olib borish uslubi hamda maqsadli guruhlar tarkibi oz sonli bo‘lishdan iborat. Chunki bunday dasturlar o‘quv jarayonida qo‘yilgan muammoni muhokama qilishga faol qo‘shiladigan ayollarning ko‘pchilik bo‘lmagan guruhi bilan ishlagandagina o‘zlashtirilishi mumkin. Asosiy ish shakli ko‘pchilik tinglovchilar uchun ma’ruza qilishdan iborat bo‘lib, qayta aloqa bo‘lmagan totalitar tuzum davri ma’rifatchilik ishidan nodavlat tashkilotlari faoliyatining farqi aynan shundadir. Katta bo‘lmagan guruhlar bilan olib borilgan ish oila qadriyatlari va patriarxal munosabatlarning ustunligi ijtimoiy onggagina emas, balki o‘zining mute ahvolini oddiy me’yor sifatida qabul qiladigan ayollarning o‘ziga ham ta’sir qilishini ko‘rsatmoqda. Ayollarning o‘z qadr va huquqlarini bilmasligi ko‘rinib turibdi va uydagi zulm holatlarini baholashda ayollarning o‘zi ko‘pincha aybni xotinlarga qo‘yishadi. Mavjud gender munosabatlari sharoitida faol iqtisodiy munosabatlarga qo‘shilish ko‘pchilik ayollar uchun majburiy chora sifatida tuyulmoqda. “Erim yaxshi topganida, men bu bilan shug‘ullanmagan bo‘lardim”, - deydi seminarda qatnashayotgan ikki ayoldan bittasi. Ayollarning siyosiy jarayonlarda ishtirok etishi haqida gap ketganda, yaxshi ma’lumotga ega bo‘lgan, turmushga chiqmagan yosh ayollar qiziqib, faollik ko‘rsatishadi. Oilani rejalash hamda tug‘ish bilan bog‘liq sog‘liqni saqlash bo‘yicha mashg‘ulotlar joriy etish qiyin bo‘lgan dasturlardan hisoblanadi119. Sotsiologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, erkaklar homiladorlikka qarshi vositalarning qo‘llanishi masalasida mas’uliyatga sherik bo‘lmaydilar. Kontraseptivlarning erkaklar uchun targ‘ib qilinishini esa o‘z erkakligiga tajovuz deb hisoblab, homilador bo‘lishning oldini olish masalasini o‘zlariga ham tegishli, deb hisoblamaydilar. Bu borada erga tegmagan ayollar muammosi alohida ko‘ndalang bo‘ladi. Axloqlilik, bokiralik borasidagi tarbiya shunga olib keladiki, ayrim maqsadli guruhlar bu masalani “qizlar uchun taqiqlangan mavzu” deb muhokama qilishni istamaydilar, buni yoshlar axloqini buzish deb hisoblaydilar. Jamiyatda mavjud bo‘lgan ko‘plab taqiqlar ijtimoiy ongda, gender andozalari singari barqarordir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ayollar huquqlari bo‘yicha ta’lim dasturlari juda zarur bo‘lib, ular boshqa barcha dasturlardan oldin o‘tkazilishi lozim, chunki erkin qadriyatlar negizi bo‘lgan inson huquqlarini tushunmasdan turib, ayollarning yangi iqtisodiy sharoitlarga moslashuviga ko‘maklashuvchi boshqa yangi axborotni joriy etish ham qiyin. Siyosiy huquqlar va saylov jarayonlarida qatnashish bo‘yicha dasturlarni joriy etish alohida qiyinchilik tug‘diradi. Bu esa fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi tushuncha shakllanib ulgurmagan O‘zbekiston jamiyatidagi siyosiy ong darajasi nisbatan pastligidan dalolat beradi. Bu siyosatni butkul erkaklar ishi deb qabul qiladigan ayollargagina emas, balki erkaklarning o‘ziga ham taalluqlidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, nodavlat tashkilotlari yangi erkin qadriyatlarning amal qilishi uchun ishlaydigan yagona tabiiy manba holiga tushib qoladi. Xotin-qizlar nodavlat tashkilotlarida zamonaviy ayollarning uyushish shakli qonun doirasida yuzaga kelib, davlat bilan bevosita 119 Qarang.: Sog‘lom oila-obod mahalla negizi. –T.: 2003. - 15 b. bog‘lanmagan yangi aloqa kanallari bo‘lib qoldi120. Kengroq axborot olish mumkin bo‘lgan yirik va katta shaharlarda, xususan, aholining yaxshi ma’lumotli qismi orasida bunday uyushish imkoniyati mavjud edi. Shu bois nodavlat tashkilotlari tarkibida ikki tilni biladigan ayollar ko‘p. Turli ijtimoiy qatlamlar bilan, shu jumladan, qishloqda ham maslakdoshlarni ko‘paytirish, ayollarni ijtimoiy faoliyatiga jalb etish, shuningdek ularning tashabbusini qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun yangi axborotdan bahramand bo‘lish imkonini yaratish nodavlat tashkilotlarining bugungi kundagi asosiy vazifalaridir. Faol ayollarning yangi axborotlarni o‘zlashtirishi oson kechmaydi, chunki nodavlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi materiallar ingliz tilida olinadi. Yaxshi ma’lumot olgan, axborotni tarjima qilib, mahalliy auditoriyaga moslashtirib bora oladigan ayollargina bu ishni uddalay olishi mumkin. Ayollar yetakchiligi masalasi dolzarb muammoligicha qolmoqda. Nodavlat tashkilotlarda hamkorlik iqlimi davlat tuzilmalaridagidan hamda rasmiy nodavlat tashkilotlaridagidan o‘zgacharoq shakllantiriladi, chunki u yerda umumiy g‘oyalarga ega odamlar birlashadilar, bular ijtimoiy faol fuqarolardir. Nodavlat tashkilotlarida tashabbusga asoslanuvchi yangicha ish uslubi yuzaga keladi, yangicha mehnat muhiti va madaniyati paydo bo‘ladi. O‘z faoliyati bilan manfaat keltirishga ishonch natijasida ularning mehnati samarali bo‘ladi, kollektiv ijod tashkilotning strategiyasini belgilab beradi, odamlarning salohiyati to‘la ishga tushadi. Odamlarning o‘ziga ishonchi ortib, ko‘z oldimizda ulg‘ayadi. Nodavlat tashkilotlari – jamoa bo‘lib ishlay oladigan va shuni istaydigan yangi tipdagi yetakchilar shakllanadigan manba. U yerda fuqaro shaxsi tarbiya topadi, lekin o‘tmishdagi tizimga xos odat ko‘p bo‘lgan davlat sektorida mehnat qilayotgan odamlar bu omilni hozircha tushunib yetishmayapti. Nodavlat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan munosabati yo‘lga 120 Qarang.: Muraveva N. O‘zbekiston xotin-qizlari ijtimoiy maqomini yuksaltirish. –T.: 2004. - 84 b. qo‘yilgan, lekin ularning samarali hamkorligiga erishilgan emas. O‘zbekistondagi nodavlat tashkilotlari asosan alohida loyihalar ustida ish olib borishmoqda, ozginasi uzoq muddatli dasturlar bo‘yicha ishlashmoqda hamda puxta o‘ylangan harakat dasturiga egadirlar. Buning sababi nohukumat tashkilotlarining o‘z ishida ham, ko‘pchilik homiylarning ular bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishni istalganigida hamdir. Nodavlat tashkilotlarida bir-birini o‘zaro tushunish, samimiylik, ishonch, do‘stlik va birdamlik iqlimi yaratilmoqda. Ayni mahalda xotin-qizlar nodavlat tashkilotlarining kamchiliklari ham bor. Ular orasida tarqoqlikni, ishlarning takrorlanishini, g‘oyat dolzarb muammolarni yoki mustaqil ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni aniqlashda yakdillikning yo‘qligi, biron-bir muammoga jamiyat e’tiborini tortish bo‘yicha ish yetarlicha samarali olib borilmasligi, davlat bilan sheriklikning zaifligini ko‘rsatish mumkin. Xotin-qizlar nohukumat tashkilotlarining soni ortib borayotganiga qaramay, ularni tuzish tashabbuskorlarining o‘zi huquqiy jihatdan yetarlicha savodli bo‘lmaganligi, shuningdek, ularning ro‘yxatga olinishi va ish olib borishdagi moliyaviy xarajatlar kattaligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar tufayli bu tashkilotlarning ommalashishi sust kechmoqda. Yangi jamiyat qurish uchun shaxsni hurmatlash hamda ayolga erkaklarga taqlid etadigan rolni tiqishtirmaslik kabi yangi qadriyatlar zarur. Ayol shaxs sifatida tanlash huquqiga ega, jamiyat bu huquqni bugungi kun me’yori sifatida qanchalik tez qabul qilsa, mamlakatni zamonaviylashtirish istiqbollari shunchalik katta bo‘ladi. “Ayollar resurs markazi” qishloq joylarda o‘tkazgan sotsiologik so‘rovlar ta’lim olishni davom ettirmagan, 20 yoshgacha bo‘lgan ayollarning: “Olingan bilim kam, biroq erga tegish kerak, keyin kech bo‘ladi”, “ma’lumotli ayol uchun turmushini yo‘lga qo‘yish qiyin bo‘ladi”, “ota-onalar qizlarini tezroq uzatsinlar”, deb hisoblashlarini ko‘rsatdi. 30 yoshdan katta ayollardan so‘ralganlarning 85 foizi yetarlicha ma’lumot olishmagani va kasb egallashmaganidan o‘kinishgan. Bu holat yoshlar o‘z kelajagini yaxshi tasavvur eta olmasligini ko‘rsatadi. To‘ydan so‘ng hayot tugamaydi, balki yangidan boshlanadi. Aslida bugun 18 yoshli qiz ikkinchi darajali hamda keraksiz deb tuyulgan ko‘p narsani, shu jumladan, davlatning xotin-qizlar bobidagi siyosatini, mamlakatning xotin-qizlarni kamsitishlardan himoyalovchi qonunlarini bilish zarur. Xotin-qizlar ongida ayolning roli to‘g‘risidagi an’analar bilan joylab qo‘yilgan tasavvurlar ustunligi ularni yillab orqaga uloqtiradi. Hayot ularni sekinlik bilan o‘zgartiradi, bu orada vaqt boy beriladi. Shu bois xotin-qizlar qo‘mitalari nohukumat tashkilotlarining bilan birga faoliyat ko‘rsatish uchun katta imkoniyatlarga egadirlar, binobarin, ular bir-biri bilan sherik bo‘lishi zarurligini nodavlat tashkilotlaridan boshqalar ham anglashi darkor. Ayollar mavzui bilan bog‘liq asarlarda ijtimoiy mavzular emas, balki pand-nasihat, axloq masalalari, xotin-qizlar tarbiyasi va xulq-atvori masalalari ustunlik qiladi. Jamiyatning ayollardan iborat qismi oldida turgan qashshoqlik, ishsizlik, jinsiga ko‘ra kamsitish va nihoyat, ayollarga zulm o‘tkazish singari alohida ijtimoiy va iqtisodiy muammolar, qator maqolalarning mavzusi bo‘lsa-da, u yoki bu hodisalar bilan qandaydir bog‘liqligi nuqtai nazaridangina ko‘rib chiqiladi. Ayollar haqida yozayotgan erkaklarning ko‘pchiligi o‘zini hamda bolalarini ta’minlab turgani, o‘ziga xotin bo‘lgani uchungina minnatdor bo‘lishadi.Ularning nazarida, ayol bor-yo‘g‘i yaxshi beka, itoatgo‘y, go‘zal, kamtar va muloyim bo‘lishi lozimligini taklif qilishadi. Ayol go‘zalligi va fidoyiligi haqida ko‘p gapiriladi, maqolalarda, kitoblarda, radio va televideniedagi chiqishlarda ayol erkakka yoqishi uchun qanaqa bo‘lishi zarurligiga ko‘p e’tibor beriladi. Erkak kishiga go‘zal, indamas, ro‘zg‘orbop, o‘zi uchun bor-yo‘g‘ini fido qiladigan ayol yoqadi. Biroq erkak kishi qanaqa bo‘lishi zarurligi haqida juda oz yozishadi, aslida u ham oila qurishi, ota va er bo‘lishi kerak-ku. Shuningdek, zamonaviy erkaklarning ko‘p muammolari ota tarbiyasining, uning bolalarga e’tiborining hamda bolalarning ma’naviy sog‘lomligi to‘g‘risida qayg‘urishning yetishmasligi bilan bog‘liq. Gap shundaki, har qanday erkak ham ayol ehtiromiga munosib bo‘lavermaydi. Bunday erkak oila muammolarining butun yukini: ota-onalar va bolalarni parvarish qilishni, uyga, mol-holga qarashni, tomorqada ishlashni va hokazolarni ayolning zimmasiga ag‘darib, evaziga na bir iliq gap aytib, na vafo ko‘rsatib, na shafqat qilib, ayol go‘zalligini his qila olmaydi. Aksincha, ayolning mehnati, mehribonligi, fidoyiligini tan olmay, shu murakkab hayot qiynoqlariga tashlab qo‘yadi. Ayrim maqolalar mualliflarini gender qoidalaridagi ba’zi o‘zgarishlar ranjitmoqda: “Ayol erkak bilan teng, ba’zan esa undan-da ildamroq bo‘lib uy-ro‘zg‘or yukini tortmoqda va oila boquvchisiga aylanmoqda”, - deb yozadi Muhammadjon Ahmedov “Vatan” gazetasida. Shu gazetaning o‘zida Saida Bonu bunday deb yozadi: “Oilani boqishni o‘z zimmasiga olgan ayol qadimdan oila ichki tashvishlari bilan ichkarida shug‘ullangan, uydan tashqarida bo‘lgan barcha ishni eri bajargan. So‘ng Saida Bonu xonim butun qahr-g‘azabini “bo‘zchining mokisi” deb atalgan, “O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini oshirishga ko‘maklashishi gumon bo‘lgan, xorijdagi bozorlarda toy-toy yuk tashiydigan, oilasini uzoq vaqt tashlab qo‘yadigan va savdo-sotiqqa o‘rgatilgan” savdogar ayollarga yog‘diradi. Bu mavzuga turli ko‘rinishda bo‘lsa-da, hozirga qadar ham takror-takror qaytilmoqda. O‘zbek tilidagi matbuotning bu “sayyor syujeti” tadbirkorlik bilan o‘zi uchun maqbul shaklda shug‘ullana boshlagan ayollarga tavqilan’at osadi. Ular ochko‘z, qo‘pol, behayo, buzuq, “boriga shukr qilmaydigan”, o‘zlarining haddan tashqari katta ehtiyojlari yo‘lida erini ham, farzandlarini ham e’tiborsiz qoldiradigan ayollar sifatida tasvirlanadilar. Oilasini boqish uchun tong saharlab turib, og‘ir bidonlarni sutga to‘ldirib, birinchi elektrpoezdi bilan shaharga tushadigan sutchi ayol ham, sotish uchun bozorga toy-toy mol olib tushadigan savdogar ayol ham, mayda chakana savdo bilan shug‘ullanadigan kampir ham matbuotda bir xil bahoga ega. Umuman, o‘zbek tilidagi matbuot ayolning iqtisodiy mustaqilligini ma’qullamaydi va bu narsa g‘ashiga tegishini yashira olmaydi-ki, bu voqealarning haqiqiy ahvolida in’ikos etadi: ijtimoiy ongda tadbirkor ayol, ayniqsa u go‘zal, omadli, dono va mustaqil bo‘lsa boz ustiga, aksincha, yolg‘iz yoki eri bilan ajrashgan bo‘lsa, odatdagidan tashqari bo‘lib ko‘rinadi. “Begoyim” ko‘rsatuvida ayol bilan suhbat uning turmushga chiqqan- chiqmaganligi to‘g‘risidagi savoldan boshlanadi, tadbirkor ayol esa darhol, eri uning tadbirkorlik faoliyatiga roziligini va qo‘llab-quvvatlashini aytadi. Shu chizgilar bo‘lmasa, ayol siymosi salbiy bo‘lib qolardi. Eri yo‘q tadbirkor ayol-chi? Bunday ayollar omma oldida chiqishdan o‘zini olib qochishadi. Binobarin, ayolning yutuqlarini baholashda oilalilik maqomi asosiy omilga aylangani taassufli bir holdir. Ayni mahalda “Ayol bozorda” mavzui, ayniqsa, ayollarning ijtimoiy ahvoli bilan bog‘liq jihati juda qiziqarli mavzulardan. Nodavlat tashkilotlari o‘tkazgan mo‘jaz so‘rov bozorda savdo qiladigan ayollarning ko‘pchiligi (78%) yolg‘iz, beva, ajrashgan ayollar, ya’ni oila boshliqlari ekanligini, qolgan qismi esa ishsizlar, giyohvandlar yoki qamoqdagi erkaklarning ayollari (20%), bor-yo‘g‘i 2% erli va eri ham ishlaydigan ayollar ekanligini ko‘rsatdi. Bozorga chiqqan ayolga umumiy salbiy munosabat mavjud bo‘lsa-da, nima uchun u yerda ayollar erkakshoda bo‘lib borayotgani tahlil qilinmagan. Bozordagi jinoyatlar, reket, u yerda norasmiy guruhlar tomonidan o‘rnatilgan shafqatsiz tartib-qoidalar haqida esa lom-lim deyilmaydi. Aksincha, ko‘rsatuvlardan birida bozor – ma’naviyat manbai ekanligini isbotlashga anchagina efir vaqti sarflandi. Shunday bo‘lishi mumkinmi? Namuna bo‘lgulik darajada ravnaq topayotgan tadbirkor ayollar haqida, garchi vaqti-vaqti bilan maqolalar chiqib tursa-da, ular rasmiy ohangda bo‘lib, mualliflarning chinakam xis-tuyg‘usi yashirin qoladi. Bir vaqtlar rahbar ayollar to‘g‘risida shu tariqa yozishardi. Boshqa bir misol: “Oila va jamiyat” gazetasi o‘quvchilar orasida ma’lum bir nufuzga ega. Gazetaning bitta sonidagi maqolalarning sarlavhasini o‘qiymiz: “Ona duosi”, “Uylanmagan yigitga o‘ylamasdan tegibsiz”, “Erini sevganni atrofdagilar ham sevadi”, “Erkak va uning ikki oilasi”, “Eringizga g‘amxo‘r bo‘ling”, “Ayollik burchingizni unutmang”, “Muloyimlik ayol bezagi”, “Erkak – yarim pir deydilar”. O‘zbek tilidagi ommaviy axborot vositalarining tahlili hali ahvol murakkabligidan dalolat beradi. Real hayotda esa busiz gender sohasidagi tenglikka o‘tib bo‘lmaydi, chunki ayollarning teng huquqlarini tan olish borasida hozircha muzokara o‘tkazilmayapti, siyosat va fuqarolik jamiyati vakillari tomonidan bu jarayonning olib borilishini ta’minlash esa jurnalistikaning vazifasiga kiradi. Ommaviy axborot vositalari davlatning gender sohasidagi tenglik borasidagi homiylik siyosatini jamiyatga yo tushuntirolmayapti yoki tushuntirishni istamayapti. Bordi-yu o‘zbek tilidagi ommaviy axborot vositalari mantiqiga quloq solinadigan bo‘lsa, ayollarning teng huquqlari haqida rus tilida so‘zlashuvchi aholi gapiraversin, o‘zbeklar va umuman musulmonlar o‘zgacha qonunlarga amal qilib yashaydilar, degan ma’no kelib chiqadi. Maqolalardan ayolning xulq-atvorinigina emas, uning libosini ham nazoratga olish istagini sezish mumkin. Maqola va maktublar mualliflari “muloyim va sipo” o‘zbek ayoli kesik kiyim, kalta yubka kiyishi kerak emas, deb hisoblashadi. Hijobdan voz kechish uchun milliy kiyim targ‘ib etilmoqda, shu boisdan ham islom ko‘rsatmalariga to‘la javob beradigan milliy kiyimda yurishni tavsiya etishadi. Iqtisodiy mustaqillik, zahiralardan bahramand bo‘lish masalalari o‘zbek tilidagi matbuotda deyarli yoritilmaydi. Ayollarning siyosiy hayotdagi ishtiroki masalalari ham ommaviy axborot vositalari e’tiboridan chetda qolib kelmoqda. Bunday sharoitda gender munosabatlarida qanday qilib taraqqiyot bo‘lsin? Ayrim nodavlat tashkilotlari rus tilidagi matbuot bilan jips aloqa o‘rnatgan bo‘lsa, o‘zbek tilidagi ommaviy axborot vositalari bilan bunga erishib bo‘lmayapti, chunki ular nodavlat tashkilotlari faoliyatiga unchalik qiziqishmayapti. Ular hayotni mutlaqo milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan aks ettiradilar va tasvirlaydilar. Erkaklar va ayollarning jamiyatdagi vazifalarining taqsimlanishi, ayollarning tobeligi va erkaklarning hukmronligi muhokamaga sabab bo‘lmaydi, balki o‘zbekcha turmush tarzi normasi sifatida taqdim etiladi. O‘zbek tilida ijod qiluvchi jurnalist ayollarning bir qismi xotin-qizlar jamoat tashkilotlari mavjudligini butkul e’tibordan chetda qoldirishadi, chunki bo‘sh vaqtlarini faqat oilaga hamda an’anaviy marosimlarga bag‘ishlashni ma’qul ko‘rishadi. Ular ijtimoiy faoliyat haqida bosh qotirib o‘tirishmaydi, nodavlat tashkilotlarining takliflariga munosabat bildirishmaydi, hatto ular o‘tkazadigan tadbirlarda qatnashmaydi ham. Ayollarning nodavlat tashkilotlari asosan an’anaviy qadriyatlarni olg‘a surishga qaratilgan ommaviy axborot vositalari bilan raqobatlasha olmaydi, ustiga ustak maqsadli guruhlar ommaviy axborot vositalari muxlislaridan son jihatdan kamchilikni tashkil qiladi. Sobiq sovet davrida davlat tomonidan tuzilgan, asosan, uning hisobidan moliyalashtirilgan jamoat tashkilotlari ko‘p edi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda davlatning qo‘llab-quvvatlashi bilan “Sog‘lom avlod uchun”, “Sen yetim emassan”, “Oila” ilmiy markazi singari xotin-qizlar tashkilotlari bilan faol hamkorlik qiladigan nodavlat tashkilotlar tuzildi, biroq unisi ham, bunisi ham o‘z maqsadli guruhlari bilan gender masalalarida yuzaga kelgan andozalarning zararliligi va bu sohani zamonaviylashtirish to‘g‘risida ma’lumot beradilar. Shunday qilib, o‘zbek tilidagi ommaviy axborot vositalari fuqarolarning gender sohasidagi tenglik va uning mamlakat taraqqiyotidagi roli to‘g‘risidagi axborotdan bahramand bo‘lishni ta’minlamayapti. Afsuski, mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan materiallarda erkaklarning ayollardan ustunligi ta’kidlanadi. Gender sohasidagi tenglik g‘oyalari bugungi kunda respublika jurnalistlari, shu jumladan, ayollar muammolarini erkaklar andozalariga ko‘ra yoritayotgan ayol jurnalistlar orasida yoyilmayapti. Ularning gender muammolaridan bexabarligi, xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha ma’lumotlarining cheklanganligi o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu narsa ayollarga zulm qilish va ularni kamsitish hodisalari har doim ham ob’ektiv baholanmaganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, jurnalist ayollarimiz materiallarida o‘zini- o‘zi senzura qilish, yuqoridagi kabi hodisalarni bayon qilishda tahlilning yetishmasligi seziladi. Њzbekiston ommaviy axborot vositalarida ayollar 50 foizni tashkil qiladi, biroq yuqori darajadagi matbuot konferensiyalarida ishtirok etuvchilarning ko‘pchiligi – erkaklar. Gazeta, radio va televidenieda ayollar asosan oila muammolari haqida qanday qilib go‘zal, maftunkor bo‘lish mavzularida yoki pazandalik to‘g‘risida yozishadi va gapirishadi. Jurnalist ayollarning ko‘pchiligi o‘zlarining ommaviy axborot vositalaridagi mavqei va o‘z kasb mahorati ustida yetarlicha ishlamasligi tufayli ayollarning erdan ajrashishini qoralashadi, ularga nisbatan zulmni esa ularning tarbiyasizligi va oilaviy hayotga tayyor emasligi bilan bog‘lashadi. Qizlarning umumiy madaniyati masalalari, ta’lim olish sifati, bolalarni tashqaridan kirib keladigan ijobiy g‘oyalar uchun ochiqlik ruhida tarbiyalash, ayollarning ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etishi masalalari xotin-qizlar jurnallari va boshqa ommaviy axborot vositalari e’tiboridan chetda qolmoqda. Ular ayolni oilaviy qoloqlik og‘ushida qoldirmoqda. Xotin-qizlar ishsizligi masalasiga umuman e’tibor berilmayapti, ayollarning iqtisodiy mustaqilligi aslo qo‘llab- quvvatlanmayapti. Onalikni muhofaza qilish muammosi juda muhim, biroq ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy muammolari keskinlashgan hozirgi paytda bu mavzu ayollarning iqtisodiy va siyosiy muammolari bilan bog‘lab yoritilmayapti. Ayrim mualliflar fikriga ko‘ra, bu - ayollarning bolalarni va qariyalarni parvarish qilishga yanada ko‘proq vaqt sarflashini bildirar ekan, chunki bozor iqtisodiyotining noqulay sharoiti tufayli davlat ijtimoiy xizmatlari tizimi qisqarib bormoqda. Bu ayollarni ijtimoiy hayotda ishtirok etishdan voz kechishga niqoblangan da’vatdir. Bunday ahvolda fuqarolik jamiyati va unda ayollarning ishtiroki haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Yuqoridagi fikrlardan quyidagi xulosalarga keldik: Umume’tirof etilgan hamda O‘zbekiston ham ratifikatsiya qilgan xalqaro hujjatlar xotin-qizlarga nisbatan faqat jinsiy belgisi asosida qo‘llanuvchi istisno va cheklashlarning har xil qo‘rinishlarini jamlab, ayollarning oilaviy holatidan qati nazar, barcha sohalarda: siyosatda, iqtisodda, ijtimoiy hayotda, madaniyatda, fuqarolikda xotin- qizlarning teng huquqlarini ta’minlashga chaqiradi. Oilaviy hayot masalalarida erkak va ayollar uchun bir xil huquq va burchlarni o‘rnatishga da’vat etadi. Sog‘liqni saqlash, oilani rejalashtirishda erkak va ayollarga teng fuqarolik huquqlarini berish masalalarini o‘zida ifodalaydi. Ayollarning siyosiy va ijtimoiy hayotda, ta’lim olishda va ish bilan bandlikda, mehnat qilishda ayollarning huquqlari masalasini o‘zida ifodalaydi. Ayollarning siyosiy va ijtimoiy hayotda, ta’lim olishda va ish bilan bandlikda, mehnati masalasida yosh ayollarning huquqlarini kamsituvchi hollarini tugatishni hamda xotin-qizlar turmushga chiqqanida va ona bo‘lgan paytida ish bilan ta’minlash kafolatini nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida shakllangan siyosat va iqtisodga oid sohalarini tartibga soluvchi qonunchiligi, yaratilgan huquqiy va tashkiliy mexanizmlar jamiyatning barcha sohalarida teng gender imkoniyatlarini ta’minlash siyosatini tanlaganligidan dalolat beradi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi qonunlari xotin-qizlarni erkaklar bilan teng shartlarda: mehnat qilish huquqi, ishga yollanishda bir xil imkoniyatlarga ega bo‘lish; erkin kasb tanlash; ta’lim olish; pensiyaga chiqqan, ishsiz qolgan, kasal yoki nogiron bo‘lsa ijtimoiy ta’minlanish, sog‘liqni saqlash va xavfsiz mehnat sharoitlarida ishlash huquqlari bilan ta’minlaydi. Bu qonunlarni amalda qo‘llash muammosi o‘tkirligicha qolmoqda. Bunga ayrim qoloq fikrlashlar, diniy tasavvurlar to‘sqinliq qilmoqda. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun jamiyatda gender tengligiga erishish, aholi ongida huquqiy bilimlarni shakllantirish, huquqiy madaniyatni takomillashtirish zarur. Xotin-qizlarning oiladagi ahvoli va dunyoqarashlari, bajarayotgan reproduktiv vazifalarini hisobga olib, ular o‘rtasida olib borilayotgan huquqiy-ma’rifiy tadbirlarda zamonaviy uslublardan foydalanish; Xotin-qizlar huquqlarini ifodalaydigan sodda, lo‘nda, aniq, tushunarli, ommabop adabiyotlarni chop etishni ko‘paytirish; Ommaviy axborot vositalarida ayollarning huquqiy madaniyatiga doir maqolalarni ko‘proq chop etish; Ayollar masalalari, feminizm hamda gender ta’limotlarini nazariy jihatdan o‘zlashtirgan, uni amalga tadbiq etish usullarini yaxshi bilgan jurnalist kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlashga e’tibor qaratish; Ayollar, zamonaviy ayollar, ularning hayoti, oila va jamiyatdagi o‘rni haqida ko‘proq ma’lumot beruvchi videofilmlar, ocherklar yaratish; Ayollarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ularning oila va jamiyatdagi mavqelarini yuksalishiga olib keladi. Bu esa jamiyatning barqaror taraqqiyotini ta’minlaydi. Fikrimizcha, ushbu tadbirlarni amalga oshirish xotin-qizlar huquqiy madaniyatining yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 439.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling