Gulshoda o‘razalieva gender va ayollar huquqiy madaniyaTI


O‘zbekiston Respublikasining Qonunlarini


Download 439.4 Kb.
bet9/10
Sana01.05.2023
Hajmi439.4 Kb.
#1418128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Z2MLTAJYbyAEtlfOOZhS64TVkIGQZvLUhyp1EKw5

O‘zbekiston Respublikasining Qonunlarini bilishi darajasi
(foiz hisobida)





Yaxshi
tanishman

Qisman

Tanish emasman

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

20,0

58,8

21,2

O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroviy Kodeksi

9,7

48,4

41,9

O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi

11,3

48,3

40,4

O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni

16,7

35,5

47,3

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi

5,9

35,6

58,5

O‘zbekiston Respublikasining Bandlik haqidagi qonuni

5,9

31,2

62,9

Ko‘p ayollar (93,2 foizi) biron marta ayollar tashkilotlariga murojaat qilishmagan, ular bunday tashkilot borligi haqida ma’lumotga ega emaslar, o‘zlarini huquqiy himoya qilishga tayyor emas.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil
24 iyundagi qarorida “xotin-qizlar qo‘mitalarining faoliyati, eng avvalo, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash muammosini hal etishga, shu jumladan, vaqtinchalik ish o‘rinlari barpo etish, kasanachilik mehnatini tashkil etish va xotin-qizlarni ishga joylashtirishning boshqa shakllaridan foydalanishga qaratilish zarur”124 deb ta’kidlanishi bejiz emas.
O‘zbekistonda yaqin yillardagina ayollarga nisbatan ishlatilgan zo‘ravonlik haqida gapirilib o‘rganila boshlandi. Ayniqsa, oiladagi zo‘ravonlik muammosi o‘tkirligicha qolmoqda. Oiladagi zo‘ravonlik bugungi kun muammosi bo‘lsa-da, bugunning yangligi emas. Bu illat qadim zamonlardan beri turli millat fuqarolarining iqtisodiy va ijtimoiy maqomidan va dinga bo‘lgan e’tiqodidan qat’i nazar ma’lum bo‘lgan va keng tarqalgan.
Zo‘ravonlik illatlarini davlatimizda kuzatilayotgan iqtisodiy
124 Halq so‘zi, 2004 yil, 30 iyun.
o‘zgarishlar bilan bog‘lay olmaymiz. Oiladagi zo‘ravonlik iqtisodiy nochor yoki to‘kis davlatlarda ham mavjud. Masalan, 1998 yil 1-2 may kunlari O‘zbekistonda ushbu yilni “Oila yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekistondagi Amerika elchixonasi tomonidan “Turmushdagi zo‘ravonlik – AQSh tajribasi” mavzuida seminar o‘tkazildi. Bu seminarda elchining o‘rinbosari Jozef Limprext ma’ruzasida aytilganidek, AQShda ham oiladagi zo‘ravonlik mavjud bo‘lib, keyingi 20 yillar davomida bu masalaga loqayd munosabat bartaraf etildi, hozirda bu illatga jiddiy munosabat shakllangan, bunga asosan mamlakatdagi xotin-qizlar tashkilotlarining liderlari sababchi bo‘ldilar. Ular oiladagi zo‘ravonliklarni bartaraf etmasdan turib, jamiyatda gender tengligiga erishib bo‘lmasligini hukumatga tushuntira bildilar. Natijada, politsiya, va sud hamda tibbiyot xodimlariga bu mavzuda maxsus o‘quv tashkil etilib, zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan ayollarga qanday munosabatda bo‘lish zarurligi, ularga yordam berishning uslublari o‘rgatildi. Ayollarga esa bunday holatga tushgan taqdirda qaerda, qanday yordam olishi mumkinligi uqtirildi.
Ma’ruzachi ta’kidlashicha, AQShda 270 mln. odam istiqomat qiladi, har yil 2 mln. ayol oilada zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi. 2 mingdan ziyod ayollar oiladagi zo‘ravonlikdan vafot etganligi maxsus qayd etiladi. Bunday hodisalarni yashirganlar qancha? Har 12 sekundda bir ayol zo‘ravonlikka uchraydi. Bu ma’lumotlar nafaqat ayollar orasida, balki umumjamiyatda ham ma’lum qilinadi. Bu masala jamiyatning ustuvor muammolaridan biri deb tan olingan. Mamlakatimizda oilaviy zo‘ravonlikka uchragan ayollarni huquqiy, ma’naviy hamda moddiy himoya qilish uchun har yili 67 mlrd. dollar ajratiladi, deydi ma’ruzachi.125
Shuningdek, ma’ruzada aytilganidek, 1994 yili AQSh Kongressi
125 Evelin B. Lansning Toshkentdagi “Meridian” mehmonxonasida 1998 yil 1-2 may kunlari bo‘lib o‘tgan “Turmushdagi zo‘ravonlik – AQSh tajribasidan” konferensiyasidagi ma’ruzasidan.
“Ayollar zo‘ravonligiga qarshi akt” qonunini qabul qildilar. Bu qonunda ayollarga nisbatan zo‘ravonliklar jinoyat deb topilib, qonunda ko‘rsatilganidek jazolanadi.
BMT Bosh Assambleyasi ham 1993 yilda qabul qilgan Deklaratsiyasida “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik” tushunchasiga aniqlik kiritib, uni er- xotin o‘rtasidagi tarixan yaratilgan tengsizlikning natijasi deb e’tirof etdi, endilikda ayollar inson huquqlaridan to‘laqonli foydalanish huquqiga ega, degan fikrni ta’kidladi hamda ayollarning inson huquqlaridan to‘la bahramand bo‘lishlari oiladagi zo‘ravonlik ildizlarini yo‘q qiladi, degan ishonchda ekanligini bildiradi.126
Deklaratsiya oilaviy zo‘ravonlik holatiga aniqlik kiritib, uni inson huquqlarini poymol, qiluvchi ayollarga qarshi bo‘lgan, gender asosida yo‘naltirilgan zo‘ravonlik deb qabul qildi. Shu bois, ushbu xalqaro hujjat inson huquqlarini himoya qilish me’yorlariga taalluqli bo‘lib oiladagi zo‘ravonlik ildizlarini yo‘q qilish tadbirlarini amalga oshirishga davlatlarni da’vat etadi.
Deklaratsiya qabul qilingach, butun jahonda erkak va ayollar orasidagi tenglik adolatiga erishishda sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keldi. Ayol muammolari xalqaro miqyosdagi anjumanlar kun tartibidan o‘rin oldi. Ko‘pchilik mamlakatlarda ayol huquqlari, erkinliklari, teng huquqlari va teng imkoniyatlarni ta’minlovchi qonunlar qabul qilindi.
BMTning ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini bartaraf etish to‘g‘risidagi konvensiyasi monitoringiga qatiy amal qilinishini barqaror etdi. Komitetning yakuniy xulosalari va umumiy tavsiyalari xotin-qizlar iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, ularning siyosiy va fuqarolik huquqlarini ta’minlash vositalarini yaxshiroq anglab yetishga, bu huquqlardan xotin-qizlarning o‘zlari yanada to‘liqroq


126 Qarang: Birlashgan Millatlar Tashkiloti: asosiy omillar. T.: BMT vakolatxonasi. 2001. 272-273 b.
foydalanishlariga yordam berdi127.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabr), Jinoyat Kodeksi, Oila Kodeksi (1998 yil) inson huquqlari, ayollar tengligi va huquqini qo‘llab-quvvatlovchi, himoya qiluvchi asosiy huquqiy xujjat hisoblanadi.
O‘zbekiston inson huquqini himoya etuvchi barcha xalqaro bitim va kelishuvlarga, jumladan, ayollarni zo‘ravonlikdan himoyalash hujjatlariga qo‘shildi. Bular qatoriga Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi xalqaro pakt, Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida Konvensiya, Ayollar ahvoli bo‘yicha BMTning xotin-qizlar turmush tarzi bo‘yicha To‘rtinchi Xalqaro anjumanida qabul qilingan Deklaratsiyasi (1995 yil) kiradi. BMTning xotin-qizlar ahvolini o‘zgartirish bo‘yicha 189 davlat vakillari qatnashgan To‘rtinchi Xalqaro anjumanida qabul qilingan Pekin Deklaratsiyasi va Harakat Platformasi dasturida ayollarni har qanday kamsitilish holatlariga va tenglikka erishishda yuzaga keladigan har qanday to‘siqlarga barham berishda davlatlarning yangi xalqaro majburiyatlari o‘z aksini topgan.128
O‘zbekiston davlati barcha davlatlar qatorida ushbu majburiyatlarni olar ekan, ayollar mavqeini yuqori darajaga ko‘tarish, ularning fuqarolik faolligini, har qanday darajada mustaqil qaror qabul qilish, ijtimoiy, siyosiy va jamiyat hayotida alohida o‘rin tutishini e’tiborga olgan holda tuman, viloyat, shahar, respublika miqyosida xotin-qizlar qo‘mitalarini tashkil etdi. O‘z navbatida Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ayollar masalalari va muammolarini yechish borasida maxsus dasturlar yaratildi. Bu dasturlar, avvalo, ayollarning huquqiy saviyasi, bilimi, savodxonligi, madaniyatini oshirish va ayollar huquqini keng ko‘lamda himoyalashga qaratildi. 1998 yilda Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tashkil
127 BMT: Asosiy omillar. - T.: BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, -207, 272-273 - betlar.
128 BMT: Asosiy omillar. -T.: BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi. 2001.- 51-52 betlar.
qilinib, uning faoliyati oilalarning ijtimoiy, huquqiy, tibbiy, ruhiy, pedagogik holatlarini maxsus tadqiqotlar asosida o‘rganishga va aniqlangan muammolar, nuqsonlarni bartaraf etish uchun maxsus taklif, tavsiya, dasturlar ishlab chiqarishga yo‘naltirildi.
O‘zbekistonda yangi nodavlat, notijorat jamoalar tizimi, ayniqsa, ayollar masalalari bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlarning yuzaga kelishi, uning haqiqiy xalqchil, huquqiy davlat poydevorini yaratayotganidan dalolat beradi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonning barcha hududlarida ellikdan ziyod nodavlat, notijorat tashkilotlari ayollar muammolarini hal etish uchun xotin-qizlar qo‘mitalari, oila markazlari hamda mahalla faollari bilan bir yoqadan bosh chiqarib, faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Xotin-qizlar uchun tashkil qilingan inqiroz va ishonch markazlari, ishonch telefonlari ayollarga huquqiy, ruhiy va tibbiy maslahatlar bermoqda. Shuningdek, qaynona-kelin munosabatlarini uyg‘unlashtiruvchi klublar, oila dorilfununlari, onalar maktabi ayollarga tegishli xizmat ko‘rsatmoqda.
Respublikamizda ayollarga nisbatan oiladagi zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan turli huquqiy, siyosiy, ma’muriy va madaniy dasturlarni yanada takomillashtirish hamda bu hodisani bartaraf etuvchi maxsus qonun ishlab chiqish129 maqsadga muvofiqdir.
Zo‘ravonlik qurbonlariga ijtimoiy-psixologik, huquqiy yordam beruvchi va xizmat ko‘rsatadigan tashkilot tarmoqlarini, avvalo, ayollar uchun inqiroz markazlarini, oilaga ijtimoiy yordam markazlarini tashkil etishga ehtiyoj mavjud. Shuningdek, zo‘ravonlik qurbonlari uchun panagohlar, ishonch telefon tarmoqlarini ko‘paytirish ham maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Jamoa ongini o‘zgartirish uchun, nazarimizda, ommaviy axborot vositalarini kengroq jalb etish lozim. OAV xodimlari, jurnalistlar jamiyatga zarar yetkazadigan salbiy urf-odatlarni targ‘ib qilmay, yangi
129 Qarang.: O‘zbekistonda uydagi zo‘ravonlik. T.: 2000. - 11 b.
yo‘nalishda ma’rifiy ishlarni olib borishlari muhimdir. Buning uchun o‘quv seminarlarini tashkil etish tavsiya etiladi. “Zo‘ravonliksiz hayot” va zo‘ravonlikka qarshi progressiv dunyo nazariga ega bo‘lgan huquqiy madaniyatni, yuksak inson qiyofasini yaratish bugunning talabidir.
Zero, mamlakatimizda yashayotgan har bir ayol qo‘rquvsiz va zo‘ravonliksiz hayot kechirish huquqiga ega. Ayolga nisbatan zo‘ravonlik sodir etish, qonun va huquq ustuvorlik qilayotgan demokratik jamiyat, huquqiy davlat tamoyillariga ziddir.
Ammo hali respublikamizda bu hodisaga ob’ektiv yondoshib, uning oqibatlarini to‘g‘ri baholab, aholi orasida unga qarshi keng va muntazam kurash olib borishning konkret chora-tadbirlari ishlab chiqilmagan.
Zo‘ravonlik haqida ayollarning o‘zlaridan so‘ralganda, ularning 79,1 foizi ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilishini e’tirof etishgan. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tez-tez takrorlanib turiladi deb hisoblovchi shaharliklar 27,6 foizni, qishloqda yashovchilar esa 9,6 foizni tashkil etadi. Toshkent shahrida yashovchilar esa 25,4 foizni tashkil etishgan.
Ajrashgan ayol (27,8 foizi) oilali ayolga (11,1 foizi) nisbatan ko‘proq zo‘ravonlikka duchor bo‘lishi ham qiziqarli hol (bunda zo‘ravonlik oiladan tashqarida sodir etiladi). Tadbirkor ayollarning 40 foizi, xizmatkorlarning 25,5 foizi, maishiy sohada xizmat qilayotganlarning 8,6 foizi tez-tez zo‘ravonlikka uchrab turishini bildirganlar.



Download 439.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling