Gulshoda o‘razalieva gender va ayollar huquqiy madaniyaTI


Download 439.4 Kb.
bet4/10
Sana01.05.2023
Hajmi439.4 Kb.
#1418128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Z2MLTAJYbyAEtlfOOZhS64TVkIGQZvLUhyp1EKw5

Ikkinchi bob. Huquqiy madaniyat va uning ijtimoiy-falsafiy moxiyati


Huquqiy madaniyat va uning mohiyati


Huquqiy madaniyat tushunchasini to‘la anglab yetish uchun madaniyat nima ekanligini tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Zero, “huquqiy madaniyat ijtimoiy ong shakllaridan biri, jamiyat umumiy madaniyatining ajralmas, o‘ziga xos qismidir”79. Madaniyat kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan shakllangan ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning ob’ekti ham, sub’ekti ham insondir.
Madaniyat moddiy va ma’naviy sohalarga bo‘lib o‘rganiladi. Moddiy madaniyat deganda mehnat qurollarini, mehnat ko‘nikmalarini, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va moddiy hayot uchun xizmat qiladigan barcha boyliklarni anglaymiz.
Ma’naviy madaniyatning qamrovi behad keng bo‘lib, u insonlar tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarni, ijtimoiy ongning axloqiy, huquqiy, diniy, falsafiy va boshqa shakllarini, tafakkurning barcha shakllari va funksiyalarining butun sohasini, jamiyatdagi g‘oyalar va ta’limotlarni, badiiy asarlar, estetik va huquqiy qarashlarni qamrab oladi. Bundan tashqari, ma’lumot berish, ta’lim-tarbiya, falsafa, din, huquq, etika, estetika, san’at va adabiyot singarilar ham ma’naviy madaniyatga kiradi.
Ma’naviy boyliklar olimlar, musavvirlar, bastakorlar, shoir va yozuvchilar, huquqshunos, nazoratchilar, xullas, xalq ommasi tomonidan yaratiladi va iste’mol qilinadi. Yana shu fikrni qayd etish lozimki, ijtimoiy ong shakllarining barchasi insoniyat jamiyati paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan emas. Masalan, huquq davlatning paydo bo‘lishi bilan vujudga kelib, u inson huquqlari va erkinliklari mezonini belgilashda,
79 Odilqoriev X.T., G‘oyibnazarov. Siyosiy madaniyat. o‘zR IIV Akademiyasi,2004. -104 b.
ijtimoiy adolatni ta’minlashning samarali vositasi sifatida maydonga chiqadi, fuqarolarning, butun jamiyatning ilg‘or ijobiy talab- ehtiyojlarini va manfaatlarini qondirishga xizmat qiladi.
Huquqiy madaniyat tushunchasiga ta’rif berishdan avval huquqning o‘zi nima degan savol haqida mulohoza bildirish joiz. Huquqning jamiyat hayotidagi o‘rni va vazifasi haqida ko‘p olimlar o‘z fikrini bildirganlar, bizningcha, X.T. Odilqoriev bu tushunchaning barcha jabhalarini qamrab oluvchi teran fikr bildiradi.
Huquq kishilarning xatti-harakatiga uyushqoqlik, tashkiliylik, barqarorlik, o‘zaro mutanosiblik baxsh etadi. Ayni vaqtda, ular ustidan nazorat o‘rnatadi. Shu tariqa huquq ijtimoiy munosabatlar tizimiga batartiblik hamda barqarorlik kiritadi, ularning muayyan ma’rifiylik darajasida bo‘lishini ta’minlaydi. Huquq, shuningdek, jamiyatda davlat boshqaruvini amalga oshirishning qudratli vositasi hamdir.
Ikkinchidan, huquq ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining umumiy, muvofiqlashgan jihatini ifodalab, individlar, butun jamiyat manfaatdor bo‘lgan munosabatlarning rivojlanishiga ko‘maklashadi. Huquq kishilar xulq-atvori va faoliyatiga ta’sir etib, turli xususiy manfaatlarni murosaga keltirishi hamda muvofiqlashtirishida ifodalanadi.
Uchinchidan, huquq shaxsning jamiyatdagi erkinligini ifodalaydi, erkinlikning mezoni sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda huquqning ijobiy salohiyati va qimmati erkinlikni umuman e’tirof etishda emas, balki uning chegarasini, me’yorini qat’iy belgilab berishdadir.
Huquq va erkinlik o‘zaro uzviy bog‘liq hodisalardir. Huquq o‘z mohiyatiga ko‘ra, erkinlikning real munosabatlardagi tarixan muayyan va ob’ektiv belgilangan shakli, uning me’yori hisoblanadi. Boshqacha aytganda, huquq erkinlikning mavjud bo‘lish shakli yoki shaklan rasmiylashtirilganligidir.
To‘rtinchidan, huquqning qadr-qimmati uning adolat g‘oyasini ifodalay olish imkoniyati bilan belgilanadi. Aslida “adolat” so‘zi “haq”, “haqiqat”, “huquq” so‘zlari bilan teran ma’nodosh hisoblanadi. Amaliyotda esa huquq adolatning me’yorlashgan ifodasi, moddiy ne’matlarni adolatli taqsimlash mezoni bo‘lib, barcha fuqarolarning kelib chiqishi, mulkiy holati, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengligini mustahkamlaydi.
Huquq bilan adolat o‘rtasidagi chuqur aloqadorlik adolatning tub huquqiy tabiatga egaligi bilan izohlanadi. O‘z ijtimoiy vazifasiga ko‘ra, huquq adolatsizlikka qarshi turadi, jamiyat a’zolarining o‘zaro kelishilgan manfaat hamda irodasini ifodalab, pirovard natijada adolat qaror topishini ta’minlaydi.
Beshinchidan, huquq taraqqiyotning qudratli omili, jamiyatning, ijtimoiy rivojlanishning tarixiy maromiga mos ravishda yangilashning manbai sifatida maydonga chiqadi.80
Shuning uchun ham jamiyatda aholining o‘z huquqini bilishi, unga itoat etish muhim hisoblanadi va bu davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Biz tanlab olgan huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksak darajada shakllantirish va ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kafolatli ta’minlash muammolari katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu o‘rinda Prezidentimiz I. Karimovning quyidagi fikri juda o‘rinlidir: “huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida huquqiy madaniyatni oshirish muhimdir. Shu bilan birga, huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur
80 Qarang: Odilqoriev H. Mustaqillik va huquqiy qadriyatlar //Huquq. 2001. 3-son. 4-5 – betlar.
hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Zero huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali amalga oshgan taqdirdagina yashaydi va ro‘yobga chiqadi”81. Darhaqiqat, jamiyatning har qaysi a’zosi o‘z huquqi, o‘z burchi va mas’uliyatini puxta bilmas ekan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida qo‘llamas ekan, islohotlar va demokratiya xaqidagi so‘zlarimiz, sa’y – harakatlarimiz besamar ketishi shubhasizdir. Huquqiy madaniyat, yuqorida ta’kidlaganimizdek, umumiy madaniyatning ajralmas qismidir. Huquqiy madaniyat, eng avvalo, jamiyat va shaxs umumiy madaniyatining ko‘rsatkichidir. Huquqiy madaniyat jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga, adolatning tantana qilishiga, insonning erkin yashashi, mehnat qilishiga, bilim olishiga, erkin fikrlashiga imkon beradigan yuksak axloqiy muhit yaratish uchun zaruriy omildir. Jamiyatda qonun ustuvorligiga huquqiy madaniyat orqaligina erishish mumkin. “Huquqiy madaniyat” g‘oyat keng va chuqur ma’noli tushunchadir. Umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanmish huquqiy madaniyat hayotning turli sohalarida insonlar ongining shakllanishiga, ularning faoliyatiga bevosita va har tomonlama ta’sir etadi. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek, jamiyatimiz taraqqiyotiga aloqador ko‘plab muammolarning yechimi to‘g‘ridan- to‘g‘ri huquqiy madaniyatni yuksaltirish bilan bog‘liqligini ko‘rsatish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilab berishdir.
Huquqiy madaniyat shaxsning huquqiy sohada yuzaga keladigan va umumbashariy huquqiy ezgu maqsadlarini hayotga joriy etishni ta’minlaydigan ichki kechinmalari, e’tiqodi, bilimi va harakatlarining yuksak darajasini ifodalaydi.
Huquqiy madaniyat huquqiy tafakkurning yuksak darajasi bo‘lib, shu bilan birga, u huquqiy faoliyatning sifat ko‘rsatkichi hamdir. Huquqiy
81 Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1 – jild, T.: O‘zbekiston, 1995, –
322 b.
tafakkur yuridik voqeilikni aks ettiradi. Shu sababdan uning mazmunidagi ijobiy va salbiy jihatlar jamiyatda mavjud maqsad va manfaatlarning yo‘nalishiga bo‘ysundirilgan bo‘ladi.
“Huquqiy madaniyat” muhim va murakkab tushuncha bo‘lganligi uchun olimlar o‘zlarining xilma-xil ta’riflarini berganlar hamda bu tushunchaning o‘ziga xos jihatlarini ilmiy ifodalashga harakat qilganlar. Masalan, X.T. Odilqoriev fikricha, “huquqiy madaniyat – odamlarning huquqiy munosabatlari sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga molik ijodiy faoliyat shakllaridan biri. U huquq normalari, institutlarida va mazkur hodisalarni baholash qobiliyatida o‘z ifodasini topgan. Huquqiy madaniyatni, shuningdek, muayyan ijtimoiy guruhlar va shaxslarning davlat- huquqiy tajribasini ularning yuridik ahamiyatga ega xulq-atvoriga ta’sir kursatuvchi hayotiy faoliyatning moddiy va ma’naviy mahsullari, ko‘nikma va qadriyatlaridagi ifodasi deb ta’riflash mumkin”82. E.X. Xalilov esa “huquqiy madaniyat - inson huquq sohasida to‘plagan barcha qadriyatlar majmui”83, deb ta’kidlab, bu tushunchaga quyidagicha ta’rif beradi: “Huquqiy madaniyat–keng tushunchadir. Huquqiy ong huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlaridan, ularning huquq haqidagi tasavvurlaridan, intilishlari va tuyg‘ularidan iboratdir”84. Shaxsning huquqiy madaniyati – bu umume’tirof etilgan ijtimoiy qadriyatlar nuqtai nazaridan qaraganda individual qarashlar, sabablar, huquqiy yo‘l-yo‘riqlar bo‘lib, ular huquq va majburiyatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniy hamda ijtimoiy faol harakatga asos bo‘ladi. Shaxsning huquqiy madaniyati -huquqiy ongni, aniq maqsadni ko‘zlab tarbiyalash natijasi, uning eng yuqori bosqichi.


82 O‘sha joyda, - 106 b.
83 Odilqoriev X.T., G‘oyibnazarov Sh.G‘. Siyosiy madaniyat. O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2004. -106 b.
84 Xalilov E. X. Ijtimoiy turmushda huquqiy ongning o‘rni. –T.: O‘zbekiston, 1997. - 7 b.
Demokratik huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida biz odamlarning psixologiyasini o‘zgartirib, ularda yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim. Har bir kishi inson erkinliklari–ayni vaqtda muayyan burch, majburiyat va mas’uliyat ekanligini chuqur his etib turishi - huquqiy madaniyatning rivojlanish darajasi bilan bog‘liq.
Ushbu masala bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan rus olimlari V.I. Kaminskaya va A.R.Ratinovlar huquqiy madaniyat tarkibiga davlat irodasini ifodalovchi normalar tizimi bo‘lmish huquq; huquqiy
munosabatlar tizimi; hukuqiy nazorat, tartibga solish va huquq ifodasini ta’minlovchi davlat organlari va jamoat tashkilotlari tizimi bo‘lmish huquqni muhofoza qiluvchi muassasalar; huquqiy ong, xatti-harakat, ya’ni jami huquqiy voqelikni ma’naviy aks ettirish tizimi; huquqiy xatti- harakat, ya’ni ham qonuniy, ham g‘ayriqonuniy xulq-atvor (faoliyat)85 kabi madaniy komplekslar kirishini ifodalab berganlar.
Olimlarning bu fikrlarini tahlil qilgan H.T. Odilqoriev “bizningcha, bu ro‘yxatga huquq va huquqiy xulq-atvorni siyosiy baholash mezonlarini, huquq ijodkorligi faoliyatini va huquq fanini ham kiritish” 86 ni to‘g‘ri ta’kidlaydi.
U.Tojixonov va A.Saidovlar esa huquqiy madaniyat haqida fikr bildirib, “jamiyatning huquqiy madaniyati”, “shaxs huquqiy madaniyati” tushunchalarini alohida tahlil qilishadi hamda bu tushunchalarning o‘zaro aloqadorligini ham ko‘rsatib berishadi. Ularning fikricha, jamiyatning huquqiy madaniyati huquqiy ongning, qonuniylikning, qonunlarni takomillashtirishning va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan hamda insoniyat huquq sohasida yaratgan butun boyliklarni
85 Kaminskaya V.M., Ratinov A.R. Pravosoznanie kak element pravovoy kulturы., Pravovaya kultura i voprosы pravovogo vospitaniya. M.: 1974. – S.43.
86 Qarang.: Odilqoriev X.T., G‘oyibnazarov Sh.G‘. Siyosiy madaniyat. O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2004. –105 b.
qamrab oladigan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida qaraladi. Mohiyati jihatdan, bu uning huquqiy tafakkur, yuridik texnika (uslubiyat) va huquqiy tajribaning mujassamlantirilishidir. U amal qilayotganda va uning tarkibiy qismlari rivojlantirilayotganda huquqning o‘ziga, huquqiy amaliyot, huquqiy ijodkorlik va huquqni qo‘llash, shuningdek, boshqa huquqiy faoliyatlarga, butun ijobiy huquqiy borliqqa singib ketadi87. Ularning fikricha, ijtimoiy taraqqiyotda huquq va huquqiy madaniyat bunyodkorlik, batartiblik o‘rnatadi. Bu tushunchalar insonsiz va uning dunyoqarashini belgilovchi faoliyatsiz, bunday faoliyat va tafakkurning progressiv yo‘nalishisiz mavjud bo‘la olmaydi. U bu yerda huquqiy reallikning haqiqiy amal qilishi va rivojlanishidagi muhim jihatlarini qamrab oluvchi, aniq belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilgan ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, huquqiy vositani qo‘llashga – shaxs va jamiyatni progressiv rivojlantirishga alohida e’tibor berish muhimdir. Huquqiy madaniyat faqat ijtimoiy taraqqiyot doirasidagina to‘liq holda tushunilishi mumkin. Huquqiy madaniyat tarixiy ijobiy huquqiy tajribani e’tiborga olmasdan mavjud bo‘la olmaydi.
“Jamiyatning huquqiy madaniyati” tushunchasi ko‘pincha huquqiy voqelikning qimmatli bo‘lagi, uning olg‘a qarab rivojlanishining darajasi sifatida namoyon bo‘ladi. U ilg‘or va ijobiy ma’rifatparvarlikning huquqiy qadriyatlarini qamrab oladi.
Jamiyatning huquqiy madaniyati shaxs erkinligi va xavfsizligi, inson huquqlarini ta’minlash, uning huquqiy himoya etilishini va ijtimoiy faolligini kafolatlash uchun zamin bo‘lib hisoblanadi. Shaxsning huquqiy madaniyati jamiyat huquqiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Bu faoliyat huquq sohasida jamiyat taraqqiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi, natijada shaxsning va jamiyatning doimiy huquqiy boyishi sodir
87 Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi., 1998. - 30 b.
bo‘ladi. Shubhasiz, shaxsning yuksak huquqiy madaniyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi. U insonning bilimdonligi bilan yaqindan uyg‘unlashib ketadi. Shaxsning huquqiy ongiga nisbatan umumiy va o‘ziga xos jihatlari ham mavjuddir.Ayni paytda bu huquqiy tarbiyaga ham bog‘liqdir.
Professorlar U. Tadjixonov va A. Saidovlarning talqiniga ko‘ra, jamiyatning huquqiy madaniyati huquqiy ongning, qonuniylikning, qonunlarni takomillashtirishning va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan hamda insoniyat huquq sohasida yaratgan butun boyliklarni qamrab oladigan ijtimoiy madaniyatning bir turidir.
Shaxsning huquqiy madaniyati – jamiyat huquqiy madaniyatining zaruriy shart-sharoiti va ilk bunyodkori, uning maqsadi va tarkibiy qismidir. Shu bilan birga u shaxsning o‘zining qonuniy faoliyat darajasida aks etuvchi huquqiy rivojlanishining jihati hamdir. U jamiyat huquqiy holati muayyan darajasiga bog‘liq holda uning muhim negizini tashkil etadi va uning asosida yotadi. Shaxsning huquqiy madaniyati amaliyotda uning ijobiy huquqiy ongini taqozo qiladi. U huquq sohasida jamiyatning progressiv yutuqlariga mos keluvchi ijodiy faoliyatni tashkil etib, natijada shaxsning doimiy huquqiy boyishi ro‘y beradi88.
Shunday qilib, shaxsning va jamiyatning huquqiy madaniyati umuminsoniy qadriyatlar tushunchalarining va insoniyat umumdemokratik yutuqlarining muhim natijasidir. Huquqiy madaniyat – huquqiy davlatning ajralmas qismidir.
Bizningcha, huquqiy madaniyat shaxsning huquqiy sohada yuzaga keladigan va umumbashariy huquqiy orzu-maqsadlarini hayotga samarali joriy etishni ta’minlaydigan ichki kechinmalari, bilimi va xatti-harakatlarining yuksak darajasini ifodalaydi. Muxtasar aytganda, huquqiy madaniyat shaxsiy e’tiqodlarga emas, balki qonunga asoslanib harakat qilish qobiliyatidir. Fikrimizcha, yuqorida
88 Tadjixanov U.,Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T.: O‘z.R IIV Akademiyasi,1998.-30-31 betlar.
keltirilgan ta’rif uning asosiy jihatlarini qamrab oladi, huquqiy madaniyat tushunchasining mohiyatini ochib beradi.
“Huquqiy madaniyat” tushunchasi keng ko‘lamli bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi. Huquqiy tafakkur va huquqiy voqelikni hissiy idrok etishning muayyan darajasi, aholining qonunlarni bilish darajasi, huquq normalariga nisbatan hurmatning, ularning nufuzi e’tirof etilganligining ifodasi, hukuq ijodkorligi va huquqni amalga oshirish jarayonlarining holati, huquq faoliyatining o‘ziga xos usullari (huquqni muhofaza qilish organlarining ishi, konstitutsiyaviy nazorat v.h.), huquqiy faoliyatning odamlar yaratgan moddiy va ma’naviy ne’matlar ko‘rinishidagi natijalari (qonunlar, qonunchilik tizimlari, sud amaliyoti va hokazo).
Huquqiy madaniyat o‘zining ichki tuzilishiga va ijtimoiy aloqalarining boyligiga ko‘ra o‘ta murakkab hodisadir. U faqat qonunlar, huquq normalarini bilishnigina nazarda tutmaydi. Huquqiy madaniyat, huquqiy ongdan tashqari, huquqiy tartibot va qonuniylikni ta’minlash hamda mustahkamlash manfaatlari yo‘lida huquqni ijro etish faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. Huquqiy madaniyat ko‘p qirrali hodisa sifatida ilmiy adabiyotda uning eng muhim jihatlari, belgilari, mezonlari va sifat xususiyatlari majmuini aniqlash yo‘li bilan ochib beriladi.

Mustaqillikka erishgandan keyin respublikamizda ham huquqiy madaniyatni shakllantirish demokratik qadriyatlar, g‘oyalar bilan boyidi hamda huquqiy demokratik davlat qurishni o‘zining maqsadi deb e’tirof etdi.


Huquqiy davlatni shakllantirish vazifasini yuksak huquqiy madaniyatsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, huquq o‘ziga munosib oliy qadriyat o‘rnini olmas ekan, demokratik fuqarolik jamiyatini yaratib bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda xalqaro huquqning jahonda tan olingan prinsiplari va normalarining milliy huquqdan ustunligi e’tirof
etilmoqda, bu bizning huquqiy madaniyatimizni barcha ilg‘or va taraqqiyparvar o‘zgarishlar uchun ochiq qilmoqda, xalqaro huquqda o‘z ifodasini topgan umuminsoniy qadriyatlar va ideallarni huquqiy madaniyatimiz rivojlanishi uchun mezon va mo‘ljal sifatida tasdiqlamoqda. Huquqiy madaniyatning taraqqiy etishi jahon huquqiy tarixini xulosalovchi keng yo‘ldir.
Huquqiy ong huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlari, intilishlari va tuyg‘ularidan iboratdir. Huquqiy ong darajasi fuqarolarning yangi qonunlar qabul qilish, davlat organlarining qonunni qo‘llash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish faoliyati bilan bog‘liq fikrlari va kayfiyatlarini, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik hamda iqtisodiy o‘zgarishlarga munosabatini belgilaydi. Huquqiy ong jamiyatning, turli ijtimoiy guruhlarning ob’ektiv ravishda kelib chiqqan ehtiyojlari va manfaatlarining bevosita ta’sirida shakllanadi, o‘zgarib turadigan ob’ektiv sharoitlar va jarayonlar ta’siri ostida doimiy ravishda rivojlanib boradi. Demokratik huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida, odamlarning eskicha psixologiyasini o‘zgartirib, ularda yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim. Shunday bo‘lsinki, har bir kishi inson erkinliklari ayni vaqtda muayyan burch, majburiyat va mas’uliyat ekanligini chuqur his etib tursin.89
Yuqori darajadagi huquqiy ongni shakllantirishga qaratilgan faoliyatni o‘rganish unda asosiy e’tibor huquqiy bilimlarni tarqatishga qaratilayotganligini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda huquqiy tarbiyaning qonunga itoatkor qonuniy xatti-harakatni shakllantirishdan iborat muhim maqsadi chetda qolmoqda. Buning ustiga bugungi sharoitda qonunga itoatkorlikning


89 Qarang: Karimov I.A. Adolat har ishda hamrohimiz va dasturimiz bo‘lsin. Adolat, vatan va halq manfaati har narsadan ulug‘.- T.: O‘zbekiston 1998.- 59 b.
o‘zi ham huquqiy tarbiyaning aniq maqsadi bo‘la olmaydi.
Shaxsning huquqiy madaniyati huquqiy ongni, aniq maqsadni ko‘zlab tarbiyalash natijasi, uning eng yuqori bosqichidir.
Huquqiy ong o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Ular:

  1. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uning to‘g‘ri yo‘lini topish kerakligini anglash.

  2. Amaldagi qonun hujjatlarining mavjud ijtimoiy munosabatlarga mos kelish-kelmasligini aniqlash va baho berish.

  3. Huquqiy qoidalarni o‘rgatish va amalda tatbiq qilishning davlatga aloqador vazifa ekanligini anglash.

Huquqiy ong ayni paytda fuqarolarning amaldagi huquqiy qoidalarga va qonunchilikka munosabatini ifodalovchi qarashlari, mulohazalari va tasavvurlari hamdir. Huquqiy ong qoidalarga nisbatan hosil bo‘lgan tuyg‘u va tasavvurlar bilan cheklanmaydi. Ushbu tushuncha huquqiy idrok, huquqiy normalar talablarni his qilish, fuqarolarning o‘z xatti-harakatlariga huquqiy baho berishi kabi xususiyatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Huquqiy madaniyat – huquqiy ongning mahsuli. Huquqiy ong rivoj topgan jamiyatda huquqiy madaniyat yuksalishiga imkoniyat yartiladi. Jamiyatdagi qonun-qoidalarning rivojlanishi, huquqiy tartibotning o‘rnatilishi huquqiy ongga bog‘liq bo‘lsa, ushbu qonun-qoidalarni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etilishi, ularga rioya qilinishi, qonuniylik va huquqiy tartibotning tantana qilishi huquqiy madaniyat qaror topishiga bog‘liq.
Ammo qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi, hayotda ularga rioya qilinishini ta’minlash murakkab holatdir. Bu haqda I. Karimov O‘zbekiston Oliy Majlisining XII sessiyasida shunday degan: “Konstitutsiyamiz va uning asosida qabul qilinayotgan qonunlarimizni tatbiq etish o‘ta qiyinchilik bilan bormoqda”90.
Bu hol, Prezidentning ta’kidlashicha, yaqin o‘tmishimiz bilan bog‘liq


90 Karimov I.A. Qonun va adolat ustuvorligining hayotbaxsh manbai /Halq so‘zi. 1998. 6 dekabr
bo‘lib, hozirgi davrda umuman odamlar ongi o‘zgarishi, Konstitutsiyada o‘z yechimi va qarorini topgan eng muhim talab – inson huquqining davlat huquqidan ustunlik prinsipi amaldagi qonunlarimizda, davlat va boshqaruv idoralari faoliyatida o‘z tasdig‘i va ijrosini to‘liq topolmayotganligi, ya’ni bu “odamlarimizda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi bilan izohlanadi”91.
Demak, jamiyatda yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan qonun-qoidalarning to‘siqsiz amalga oshishi huquqiy madaniyatning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Aholining huquq haqidagi tushunchasi, qonunga hurmat, ishonch va unga amal qilishi “huquqiy madaniyat” tushunchasining mazmunini tashkil etadi. Qonun va amaliyot bog‘lanmagan joyda huquqiy madaniyat mavjud bo‘lmaydi. Shunday ekan, huquqiy madaniyat shakllanganligi amaldagi qonun-qoidalarning bajarilishi, hayotga tatbiq qilinishi, ularga rioya qilish bilan bog‘liqlikda mavjud bo‘ladi.
“Huquqiy madaniyat hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatadi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘mak bo‘lib, jamiyatning yaxlitligini hamda batartibligini ta’minlaydi va mustahkamlaydi”92.
Huquqiy tarbiya – jamiyat a’zolari xatti-harakatlarining yurish- turish madaniyatiga, ongiga, muntazam va maqsadga muvofiq ta’sir etish jarayonidan iborat. Bu jarayonda fuqarolarning muayyan huquqiy bilim darajasiga ega bo‘lishiga erishish maqsad qilib qo‘yiladi.
Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi: qonun va huquqqa bo‘lgan hurmatni, shaxsiy e’tiqodidan kelib chiqadigan qonunga itoatkorlikni shakllantirishdir. Bunda huquqiy muassasalar va ommaviy axborot


91 o‘sha asar.
92 X. Rahmonqulov. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyat. Huquqiy madaniyat-demokratik istiqbol omili. T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 1999. 9-14 betlar.
vositalari katta rol o‘ynaydi.
Davlat tomonidan qo‘yilgan huquqiy talablar har bir kishining ongiga yetib borib, uning ichki e’tiqodiga, qolaversa, kundalik turmushdagi amaliy xatti-harakatlariga aylanib borishiga erishish zarur huquqiy onglilik ruhida tarbiyalashning asosiy vazifalaridir.
Huquqiy madaniyat umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, moddiy, ma’naviy, huquqiy, axloqiy, estetik va boshqa mafkuraviy omillar asosida tashkil topadi va rivojlanib boradi. Amaliy ishlar jarayonida huquqiy madaniyatni shakllantira borish shundan dalolat beradiki, huquqiy madaniyat kishilarga huquq-tartibot va qonunlar to‘g‘risida ko‘proq tushuncha beradi, ularning huquqqa bo‘lgan munosabatlarini mustahkamlaydi, qonun chiqaruvchi, qonunni joriy etuvchi va uni muhofaza qiluvchi organga nisbatan talabchanlikni oshiradi, Har bir kishining jamiyat oldidagi o‘z burchi va majburiyatlarini og‘ishmay bajarishni taqozo etadi.
Qonundan tashqari yana kishilarda madaniy saviya degan fazilat ham borki, uni hech bir qonunga bo‘ysundirib bo‘lmaydi. Ayni shu muddaoga erishishda mahallalarning, joylardagi madaniyat muassasalarining roli kattadir.
Huquqiy davlat qaror topgandagina insonning har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochiladi, inson ertasiga, taqdiriga ishonch bilan qaraydi, mustaqil, ozod davlatimizning nufuzi mustahkamlana boradi. Huquqiy davlat tuzish kabi orzuning amalga oshishi uchun esa, birinchi navbatda, huquqiy madaniyatni jonlantirish lozim bo‘ladi. Bu borada bugungi kunda iqtisodiy jihatdan birmuncha nochor ahvolga tushib qolgan bo‘lsa-da, madaniyat muassasalari, kutubxonalar, klublar ham baholi qudrat xizmat qilib turganligini ta’kidlash mumkin.
Huquq ijtimoiy taraqqiyot mahsuli bo‘lib, jamiyat hayotida, rivojida ma’lum muayyan qonun-qoidalari asosida, ular yordamida tartibga solinadi. Shu bois, jamiyat va huquq bir-birini taqozo etuvchi tushunchalardir,
boshqacha aytganda, qaerda jamiyat bo‘lsa, o‘sha joyda huquq ham mavjuddir. Huquqning vazifasi jamiyatdagi barcha huquq sub’ektlari uchun majburiy huquqiy tartibni o‘rnatish va uni saqlab turishga qaratilgandir.
Yuqorida ta’kidlanganlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:

    1. “Huquqiy madaniyat” g‘oyat keng va chuqur ma’noli tushunchadir. Aytish kerakki, uning ijtimoiy ahamiyati huquqning ijtimoiy munosabatlarga me’yoriy ta’siri bilangina cheklanmaydi. Umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanmish huquqiy madaniyat hayotning turli sohalarida insonlar ongining shakllanishiga, ularning faoliyatiga bevosita va har tomonlama ta’sir etadi.

    2. Jamiyatda, ijtimoiy ongda huquqqa qadriyat sifatida qarashni har bir shaxs ongida shakllantirish orqaligina huquqiy davlatga xos bo‘lgan qadriyatlarga: ijtimoiy adolat, insonparvarlik, erkinlik, tenglik, oshkoralik va boshqa demokratik ideallarga (yuksak orzularga) erishish mumkin bo‘ladi. Bunda huquq umumbashariy ideallarning ro‘yobga chiqishi uchun shart-sharoit yaratadi. Huquqiy madaniyat o‘zining qanday ko‘rinishida namoyon bo‘lishidan qat’i nazar, doimo huquqqa bo‘lgan ana shunday munosabatga asoslanishi kerak.

    3. Huquqiy madaniyat har bir shaxsning, avvalo, o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshi bilishi, ularni hayotda to‘g‘ri qo‘llay olishi, xususan, huquqiy vositalar yordamida o‘zini himoya qila olishi uchun zarur. Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqalarning, shuningdek, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.

    4. Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirishda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishda shaxs va davlatning o‘zaro mas’uliyati prinsipi alohida o‘rin tutadi. O‘zaro mas’uliyat prinsipining mavjudligi va qonuniy asoslanganligi har bir shaxsning davlat oldida, davlatning esa har bir fuqaro oldida mas’uliyat his etishini ta’minlaydi. Jamiyatda

huquqning, huquqiy madaniyatning beqiyos ahamiyatga egaligi shundaki, huquq va yuksak huquqiy madaniyat asosidagina insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etish va ilg‘or jamiyat sari borish mumkin.

Download 439.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling