Gulshoda o‘razalieva gender va ayollar huquqiy madaniyaTI
Ayollar huquqiy madaniyatini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari
Download 439.4 Kb.
|
Z2MLTAJYbyAEtlfOOZhS64TVkIGQZvLUhyp1EKw5
Ayollar huquqiy madaniyatini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlariShaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish masalalariga Respublikamiz Prezidenti asarlarida ham keng o‘rin berilgan. I.A. Karimovning shaxs huquqiy madaniyati qabul qilingan qonunlarning amaliyotga tatbiq etilishi, shaxslar tomonidan qanchalik o‘zlashtirilishi, ularga rioya qilinishi va boshqalardan ham qonunlarga rioya etishni talab qilishlarida ko‘rinadi,121 degan fikrlari jamiyat huquqiy madaniyatini, jumladan, ayollar huquqiy madaniyatini shakllantirish metodologiyasi bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ayollar huquqiy madaniyatini shakllantirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi hamda bu muammoni qonuniy ifodalab, uni kengroq tushunishga yordam beradi. Bu hujjatda belgilangan xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquqliligi, oila, jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lishi haqidagi davlat g‘amxo‘rligi respublikamizning Mehnat kodeksi, Nikoh va oila kodeksi, Grajdanlik va Jinoyat kodekslarida, Sog‘liqni saqlash, Pensiya ta’minoti va boshqa qonunlarida o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida xotin-qizlarning mehnat qilish, ish haqi olish, dam olish kabi mehnat huquqiy munosabatlarini amalga oshirishdagi keng imtiyozlarining berilishi bilan birga, ularning hayotga tatbiq qilinishi ham kafolatlangan. O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksida kishilarning oilaviy huquqiy munosabatlarini belgilash bilan birga oilani mustahkamlash va farzandlarini tarbiyalashdagi ayollarning mehnati, ularga 121 Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.: O‘zbekiston. 1994. – 48 b. berilgan imtiyozlarni amalga oshirish kafolatlangan.122 Shuningdek, bu hujjatlarda ayollarga mehnatni onalik bilan bog‘lab qo‘shib olib borish, ularga beriladigan huquq va erkinliklar o‘z ifodasini topib, ularni bilish va amalda qo‘llanilishi ayollar huquqiy madaniyatini shakllantirishda muhim hisoblanadi. Har bir ayol ma’naviy-huquqiy qiyofasining, jumladan, odob- axloqining shakllanishi va takomillashuviga ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy shart-sharoitlar hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, ayollar ijtimoiy hayotga qadam qo‘yishi bilanoq faqat tayyor holdagi muayyan ijtimoiy, ishlab chiqarish munosabatlarigagina emas, balki davlat, jamoat tashkilotlari, huquq, axloq va hokazolar bilan bog‘liq tartib-qoidalarga ham duch keladi. Ma’lumki, ayollar huquqiy madaniyatining shakllanishiga, uning huquqiy ongiga uni o‘rab turgan atrofdagi ijtimoiy muhit katta ta’sir ko‘rsatadi. Ayol muayyan dunyoqarashni, ko‘nikma va odatlar, odob va axloq qoidalarini o‘zlashtirish bilan birga, aniq ijtimoiy voqea- hodisalarga, kishilarning xatti-harakatlariga, qonunning buzilishiga yoki unga rioya qilinishiga nisbatan munosabatda muayyan mavqeda turib va muayyan qonunlarga suyangan holda ish ko‘radi va baho bera boshlaydi. Ayollar huquqiy madaniyatining o‘ziga xosligi yana shunda namoyon bo‘ladiki, erkaklarning ayollarga munosabati, erkaklarning ularni o‘zi bilan teng deb hisoblashi, ularning reproduktiv funksiyasini bajarishdagi takrorlanmas xizmatini tan olishi va qadrlashi masalalari ham ayollar huquqiy madaniyatini shakllantirishda muhim masalalardan hisoblanadi. Huquqiy madaniyatni shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” ham e’tiborga loyiq. Bu dasturda umumiy qoidalardan tashqari 5 ta bo‘lim mavjud: Fuqaro, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy 122 Vosiqova M. Har bir ayol uchun. T.: Adolat. – 1994. –3 b. madaniyati va ijtimoiy faolligini yuksaltirish; Fuqarolarning huquqiy ta’limi va huquqiy tarbiyasini takomillashtirish; Davlat organlari xodimlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish; Yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; Huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish. Har qanday huquqiy madaniyatni shakllantirish va uni amalga oshirish jarayoni davlat tayanchiga ishonadi, chunki “Hech bir davlat organi, mansabdor shaxs va inson qonunga bo‘ysunish majburiyatidan ozod qilinishi mumkin emas”.123 Ayollar huquqiy madaniyatini shakllantirishda aholiga tabaqalashtirilgan yondashuv zarur, chunki aholining turli qatlamlari qonunlarining mohiyatini turlicha tushunishi mumkin. Jamiyatimizda xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, eng avvalo, huquqiy tarbiya tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Bu tizimda umumiy ta’lim maktablarida, kollej va akademik litseylarda, oliy o‘quv yurtlarida “Davlat va huquq asoslari”, “Inson huquqlari”, “Odobnoma”, “Oilaviy hayot etikasi” o‘quv kurslarini o‘qitish orqali amalga oshiriladi. “Hayot va qonun”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Xalq ta’limi”, “Huquq”, “Jamiyat va boshqaruv”, “Qonun himoyasida”, “Inson va qonun” jurnallarida ham shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirishning ayrim masalalari yoritilmoqda. Huquq haqidagi ma’lumotlarning tarqalishi, ayollar ongida huquqiy ongni shakllanganlik darajasini bilish uchun “Ijtimoiy fikr” markazi bilan hamkorlikda “Ayol, huquq va zo‘ravonlik” mavzuida sotsiologik tadqiqot olib bordik. 123 Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi. o‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustda qabul qilgan 466-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Bizning jamiyatda ayollar erkaklar bilan teng huquqqa egami, degan savolimizga ko‘pchilik – 72 foiz ayollar ijobiy javob berganlar. 19,2 foiz respondentlar “bizning jamiyatda ayollar erkaklar bilan teng huquqqa ega emas” degan fikrdalar. 8,8 foiz respondentlar esa javob berishga qiynalishgan. Javoblardan ma’lumki, ayollar eskicha qarashga moyil, ya’ni erkaklarning huquqi ko‘proq, ular oila va jamiyatda ham bosh rolni egallagan, ayollar ularga nisbatan kichikroq va past mansablarni egallashgan hamda erkaklarga moddiy jihatdan qaram. Turmush qurgan ayollarning 61,2 foizi, o‘rta maxsus ma’lumotga ega ayollarning 62,5 foizi, to‘la o‘rta ma’lumotlilarning 61,9 foizi bu fikrni tasdiqlashgan. Download 439.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling