Muhammad al-xorazmiy nomidagi tatu qarshi filiali
Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari
Download 135.67 Kb.
|
3-MI Raxmonov.B PP
Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari.
Reja: 1. Sharq tarbiyasining pozitiv yutuqlari 2.Sharq mutafakkirlari barkamol shahs tarbiyasi haqida 3.Sharq Renessansi Abu Nasr Forobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o`zaro bog`liqlikning falsafiy va 148 ijtimoiy sirlarini ochishga o`zlarining eng durdona asarlarini bag`ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo`lgan narsa shu bo`lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun, avvalo, uning shu jamiyatda tutgan o`rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o`rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o`rni bilan belgilanishi kerak. Mustaqil O'zbekistonning kuch - qudrat manbayi - xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Umuminsoniy qadriyatlar adolat, tenglik, ahil qo‘shnichilik va vatanparvarlik bo'lib hisoblanadi. Xalqimiz bu qadriyatlaming nozik kurtaklarini asriar osha avaylab - asrab kelmoqda. Insonparvarlik bu o'zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Bugungi kunda hur va ozod xalqimiz barcha xalqlar va davlatlar tomonidan yaratilgan ma’rifatda, fan va texnikada, madaniyat va san’atda nimaiki yangi va ilg'or jihatlar bo'lsa, shunga dadillik bilan intilmoqda. O'zbek diyorida, tarixda ko‘p marta bo'lganidek, yana yangidan o'zimizning betakror va ilg'or, iqtidorli va eng muhimi-insonlarga kerakli qadriyatlarimiz barpo etiladi. Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O'zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’ naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun va insoniyatning ulkan oilasida o'z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg'usi bilan birgalikda etilgan. Ma’naviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qardosh qiladi. Ulaming taqdirini o'zaro hurmat asosida yaqinlashtiradi. Bizning ma’naviyatimiz asriar davomida million-million kishilar taqdiri asosida shakllangan. Ma’naviyat taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo'l bilan mehnat qilishi kerak. Xalqimizning xotirasi ajoyib nomlarga boy. Butun jahonga mashhur bo'lgan Beruniy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, atTermiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug'bek, Navoiy va boshqa ko'pgina allomalar ma’naviyati keng va ayni vaqtda qismati og'ir bo'lgan siymolardir. «Ma’naviyat-insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir»1. Vatan va jahon madaniyatining, adabiyot va san’atning yutuqlari har bir oilaga yetib borishi uchun oilaning moddiy ta’minlanganligidan qati nazar qulay sharoitlar yaratish talab etiladi. Ijodiy xodimlaming ma’naviy kuchiga erkinlik berish, ularga har tomonlama yordam ko'rsatish ham katta ahamiyatga egadir.Insonning o'zi va o'z oilasining baxt-saodati yo'lida mehnat qilishga shaxsan tayyor ekanligi uning ichki imkoniyatlarini tashkil etadi. Shaxs imkoniyatlari bizda juda chuqur asoslarga egadir. Respublikamizda jahon fani va texnikasi, falsafa va huquq yutuqlarini egallab olgan va shu bilan birga o‘z xalqiga sodiqligini saqlab qolgan kishilar juda ko'pdir. 0 ‘tkazilayotgan islohotlar respublika fuqarolarining mehnatsevarligi, ishbilarmonligi va fidoyiligini namoyon etishda ularga yangi imkoniyatlar ochib beradi. 0 ‘z-o‘zini rivojlantirishga, o‘zini kamol toptirishga boigan intilish insonning g'ururini, uning haqiqiy fazilatlarini yuksaltiradi. O'zbekiston fiiqarosining vatanparvarligi - bu qayta o'zgarishlar yoiini ko'rsatuvchi, ko'zlangan maqsaddan chetga chiqmaydigan yoichi yulduz, ishonchli komposdir. Xalqning vatan-parvarlik his-tuyg'ulari, uning ozodlikka va baxt-saodatga intilishi har bir o'zbekistonlik uchun muqaddas mazmun kasb etayotgan mustaqil O'zbekistonning davlat ramzlarida o'z ifodasini topgan. Davlatimiz ramzlari: bayroq, tamg'a, madliiya O'zbekiston xalqlarining shonsharafi, g'ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlami e’zozlash-o'zining qadr-qimmatini, o'z mamlakatiga va shaxsan o'ziga boigan ishonchni mustahkamlash demakdir. Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik, o'zining qudratli ildizlari bilan o'z oilasining avlod-ajdodlarining nomus-origa chuqur ehtiromga, insonning shaxsiy vijdoniga, burchga va o'z so'ziga sodiqlikka borib taqaladi. Kishilarimizning vatanparvarligi hamma vaqt sevimli xalqning shon-sharafl, qadr-qimmati, madaniyati va an’analariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda o'z ifodasini topib keldi. Vatanparvarlik fiiqarolar yakdilligi yosh va mustaqil O'zbekiston davlati barpo etilayotgan negizdir. Ayni shu narsa jamiyatni qayta o'zgartirish yoiidagi qiyinchiliklarni yengib o'tishga, hamjihatlik va hamkorlikka erishishga yordam beradi. Taiim O'zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O'sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon boiadi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, keksa avlodlaming dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o'tadi. Bizning davlatimiz mutaxassislar tayyorlashning ilg'or jahon tajribasini faoliyatga keng tatbiq etadi. Awalo, O'zbekistonning o'zida yuqori sifatli taiim uchun sharoitlar yaratadi. Bizning xalqimizning doimiy fazilati boigan haqiqatni bilish yoiidagi saboqni fan, texnika, texnologiya, boshqaruv va informatikada erishilgan jahon yutuqlarini o'zlashtirishga yo'naltirish kerak bo‘- ladi. Faqat ana o‘shandagina 0 ‘zbekiston o'zining barcha boyliklarining chinakam egasi va haqiqiy madaniy davlat boiadi. Bugungi kunda respublikadagi har bir o‘quv dargohi o'zining taiim tizimini mukammallashtirishga harakat qilmoqda. Yangi avlod darsliklarining yaratilishi, taiimda reyting tizimlarining joriy etilishi, turli yo'nalishlardagi nazoratlar, taiim jarayonida faol o'qitish metodlaridan foydalanish va boshqa shu kabi tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, har qanday ish uslubi joriy etilganda ham, o'quvchi shaxsi, uning bilimga intilishi, mustaqil mushohada qilishi, ma’naviy jihatdan o'sishi asosiy muammo boiib qolaveradi. Shaxsning har tomonlama rivojlanishida kreativ belgilar muhim ahamiyat kasb etadi. Maiumki, fikmi kashf etishga, yangilik yaratishga qaratilgan faoliyat kreativlik sifati bilan bogianib tushuntiriladi. Kreativlikshaxsning muhim tavsifiy belgisi boiib, u birovlamikiga o'xshamagan tarzda, noyob, takrorlanmas fikrlashga imkon beradi. Bu ayniqsa, mustaqillik sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy adabiyotlarda kreativlikning bir qancha tavsiflari mavjud. Amerikalik olim D. Veksler tavsifi eng qulay tasniflardan biridir. Uning fikricha «kreativlik» (lotincha «kreatio» - «noyob fikrlash» degan ma’noni bildiradi) fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo boiishini taqozo etadi va shablonli, zerikarli flkrlashdan farq qilib, narsa va hodisalar mohiyatidagi o'ziga xoslik, noyoblik sifatlarini anglashga yordam beradi».1 Maiumki nutq faoliyati tafakkur bilan uzviy va chambarchas bogiiqdir. Tafakkur-inson ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va hodisalar o‘rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning boiishini ta’minlovchi umumlashgan va mavhumlashgan aks ettirish shakli bilan uzviy va chambarchas bogiiqdir. Vilgelm Vund, S.L. Rubinshteyn, E. G'oziyev fikrlaricha «tafakkur va fikrlash jarayonlari bilish jarayonlari deb ham nomlanadi. «Nutq rivojlangan sari inson tafakkuri ham rivojlanib boradi»2 Zamonaviy o'qituvchining bugungi kundagi asosiy vazifasi o'quvchi shaxsining tafakkur va fikrlash jarayonlarining o'ziga xos tomonlarini ochishga, uni o'stirish yoilarini topishga qaratilgan. Oxirgi yillardagi fan kashflyotlari shuni ko'rsatadiki, fikrlash jarayonlarini sinf sharoitida va sinfdan tashqari paytlarda ham o'stirish, bunga qisqa, qulay yo‘llar bilan erishish mumkin. Mustaqil rivojlanayotgan, erkin demokratik davlat qurilishiga o'z hissasini qo'sha oladigan, analitik va tanqidiy mushohada qilish qobiliyatiga ega, fikrlash jarayonida yangilik, noyoblik, qaytarilmaslik elementlarini o'zida mujassamlashtirgan tafakkur egasini, ijodiy parvoz, yangiliklami kashf etishga har tomonlama qodir shaxsni, shakllantirish o'ta dolzarb masaladir. Maiumki, tarbiya jarayonida kreativ qobiliyatning ahamiyatini ilmiy-nazariy asoslab beigan o'zbekistonlik olimlar: S.S. G'ulomov, Malla Ochilov, Vasila Karimova; rus olimlari: V. Platov, Yu. Geronimus, V. Burkov; amerikalik olimlar: M. Forveig, J. Moreno, J. Tomdayk, E. Bemlaming qarashlari qimmatli ahamiyatga molikdir. O'zbekistonda taiim-tarbiyani isloh qilishda ajdodlar merosidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa insoniyat tarixida odamlar ongi va shuuriga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik kabi yuksak g'oyalar urug'ini sepgan (Zardo'sht yaratgan) «Avesto» kitobi, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy qarashlaridan, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Imom Buxoriy, Imom Termiziylaming taiimotlarida va xalq og'zaki ijodiyotimizda aks etgan komil inson g'oyalaridan, taiim-tarbiyaga oid qarashlaridan foydalanish samarali natija beradi. Shunday qilib, har bir atomalalakali kadrlar tayyorlash tizimi yangi xususiyatlarining takomillashuvi natijasida inobatga olinishi zarur. Zotan bunday vazifalar yechimini topish mamlakatning iqtisodiy, ma’rifiy va madaniy rivojlanishini yuksaltiradi hamda yoshlar ma’naviy-axloqiy e’tiqod va tushunchalarini shakllantirishga ko‘mak beradi. mi bilan shiddatli taraqqiy etayotgan XXI asrda yoshlarni jamiyatning faol ishtirokchilari qilib tarbiyalash dolzarb masalalar qatoridan o'rin oladi. Bu muammo negizida yoshlarga nafaqat umumiy maiumot va tarbiya, balki foydali kasbkorga yo'nalish olishiga, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni o'z ichiga oluvchi yagona uzluksiz milliy taiim tizimini yaratish vazifasi qo'yilmoqda. Bunday vazifalaming yechimini topishda xalqning milliy-ruhiy turmush tarzi, taiimdagi butun jahon va Sharq tarbiyasining pozitiv yutuqlari har tomonlama e’tiboiga olinishi; Oliy va o'rta maxsus taiim tizimining tubdan qayta isloh qilinishi, o'quv muassasalarining yangi shakllarining rivojlanishi, Pedagog olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shahs ma’naviy kamoloti masalalariga bao’ishlangan ilmiy tadqiqotlari pedagogika fanining rivojida muhim o’rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar. Aslida esa Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir. Sharq Renessansi deb nomlangan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining eng yuksaklikka ko’tarilgan, boy davri bo’lib, bu davrda ilmfanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko’zi bilan egallanadi, ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan taqlid qilib o’rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini Qur’onda va Sunnada bo’lgan Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo’lyo’riqlari tashkil etadi. Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish markazi “Ma’mun akademiyasi” (IX asr, Bao’dod,”Baytul hikma”) tashkil etildi. Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida” Yaqin va O’rta Sharq halqlari moddiy va ma’naviy madaniyatining qo’shilishi asosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining mahsus bir-biridan ajratilmagan ko’p qirrali qorishiq turi vujudga keldi[1]. Bunday ko’p qirrali ilmiy qadriyatlarning maydonga kelishida vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Horazmiy (780-850), Ahmad alFaro’oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al – Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (975-1050) va boshqalarning hizmatlari katta bo’lgan. Demak, bu davr o’zining har tomonlama yuksakligi, yaratgan boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari, jahonga mashhur allomalarning etishib chiqqanligi bilan qimmatlidir. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan harakterlidir. Ular: aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langan qadriyatlar; ma’naviy-ruhiy qadriyatlar; ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar; badiiy-nafis qadriyatlar; diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan. Inson ahloqi aqlga, hulq va hatti-harakati esa ilm-fanni o’rganishga va ma’rifatga asoslangandagina ma’naviy kamolotga erishadi. Mutafakkir allomalarning fikricha, insonparvarlik g’oyalarining amalga oshishi, ma’naviy barkamollikka erishuv chuqur bilim olish va ma’rifatli bo’lishga boo’liq. Shuning uchun ham ular ilmlilikni umuminsoniy qadriyat darajasida uluo’laydilar, jamiyatning barcha a’zolarini ilm egallashga chaqiradilar, ilmning inson ma’naviy hayotda tutgan o’rnini yuqori baholaydilar. Forobiy pedagogik qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson hislatlari to’g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, moddiy va ma’naviy olamini o’rganishga ahamiyat beradi. Forobiy ta’limotiga, inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga-ruhiy quvvatga-aql va so’zlash qobiliyatiga ega, bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turadi va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi. Forobiy bu dunyoqarashida narsa hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma’rifatli qilish uchun hizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor beradi. Forobiy o’zining “Baht-saodatga erishuv haqida”, “Fanlarning tasnifi”, “Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, “Ilmlar va san’atlar fazilati” kabi ko’plab risolalarida insonning ma’naviy rivojlanishi ilmma’rifatga boo’liqligini ta’kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. “Ilmning foydasi ochko’zlik bilan oltin-kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdir”. Umuman, Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muhlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashida, odamning bahti esa uning bilim va ma’rifatida deb bildi. YAratgan asarlarida u ta’lim-tarbiyaga doir she’r va hikmatlardan misollar keltirib, ular orqali har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra hayr-ezgulikka intilishi, sun’iy obro’, shuhrat qozonish uchun muruvvat va sharofat ko’rsatmasligi kerakligini ta’kidlaydi. Download 135.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling