Muhammad al-xorazmiy nomidagi tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti urganch filiali


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana04.12.2020
Hajmi0.87 Mb.
#159105
1   2   3   4   5
Bog'liq
axborot kommunikatsiya texnologiyalarning izohli lugatini yaratish


 

 

 

 

1.2. O’zbekistonda AKTning holati 



1991 

−  Toshkent  teleminorasi  jahonning  buyuk  minoralari  federatsiyasiga  kiritildi  va 

9 o‘rinda qayd etildi.  

− O‘zbekiston mintaqaviy  aloqa xamdo‘stligi  RSSga a’zo bo‘ldi. 

− «Uzdunrobita» QK tashkil etildi. 

1992 

− O‘zbekistonda uyali aloqa standarti (NMT 450) qabul qilindi. 

− O‘zbekistonda uyali aloqa vositasida ilk  qo‘ng‘iroq amalga oshirildi. 

− «O‘zbektelekom» va «O‘zbekiston pochtasi» konsernlari tashkil etildi. 

−  Markaziy  Osiyoda  birinchi  efir  kabel  televideniye  kompaniyasi  – 

«Kamalak-TV»  QK tashkil  etildi. 

−  O‘zbekistonda  ilk  bor  SONET  elektron  savdolar  tarmog‘iga  ulanildi. 

−  O‘zR  Fan  va  texnika  davlat  komiteti  qoshida  axborotlashtirish  bosh 

boshqarmasi tashkil  etildi. 

− «Aloqa to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 

−  Shaharlararo  va  xalqaro  aloqa  tarmoqlarini  boshqarish  markazi  tashkil 

etildi. 


− O‘zbekiston Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqiga  a’zo bo‘ldi. 

− Aloqa vazirligi  huzurida  Ilmiy-tadqiqot  markazi  tashkil  bo‘lgan. 

−  Oktyabr  oyidan  O‘zbekiston  aholisini  birinchi  marta  dunyoning  hamma 

mamlakatlariga  bevosita  chiqishini  ta’minlagan  shaharlararo  va  xalqaro 

yo‘ldosh aloqa stansiyasi muntazam  ishlatila  boshlandi. 

1993 

−  Trans-Osiyo-Yevropa  optik  tolali  aloqa  tarmog‘i  loyihasi  bo‘yicha  ishlar 

boshlandi. 

− Uyali  aloqa abonentlari  soni 224 taga yetdi. 

−  O‘zbekistonda  ilk bor FidoNet (matn shaklidagi xabarlar uzatish) global 

tarmog‘iga  ulanildi. 



 

 

−  O‘zbekistonda ilk bor Relcom elektron pochta tizimi ishlatila boshlandi. 



−  «Kompyuter  Aziya  93»  –  birinchi  xalqaro  axborot  texnologiyalari 

ko‘rgazmasi 

o‘tkazildi. 

− «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 



1994 

− Uyali  aloqa abonentlari  soni 823 taga yetdi. 

−  «EHM  uchun  yaratilgan  dasturlar  va  ma’lumot  bazalarining  huquqiy 

himoyasi  to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 

− «O‘zR axborotlashtirish konsepsiyasi» tasdiqlandi. 

− 

O‘zR 



axborotlashtirishni 

rivojlantirishni 

muvofiqlashtiruvchi 

idoralararo  komissiya tuzildi. 



1995 

− UZ domeni ro‘yxatga olindi  (29 aprel). 

−  O‘zR  Markaziy  bankining  banklararo  ma’lumotlar  uzatish  tarmog‘i 

ishga 


tushdi. 

− Uyali  aloqa abonentlari  soni 3804 taga yetdi. 

− «Uzdunrobita» kompaniyasi AMPS/DAMPS standartiga  o‘tdi. 

−  Telekommunikatsiya  texnik  vositalarini  sertifikatsiyadan  o‘tkazish 

markazi  tashkil  etildi. 

−  «O‘zR  telekommunikatsiya  tarmoqlarini  2010  yilgacha  ta’mirlash  va 

rivojlantirish  dasturi» tasdiqlandi. 

1996 

− Uyali  aloqa abonentlari  soni 9543 taga yetdi. 

− Unitel  kompaniyasi  tashkil  etildi. 

− COSCOM kompaniyasi tashkil etildi. 

− Uyali  aloqa bozorida GSM standartida xizmatlar  ko‘rsatila  boshladi. 

− UzPAK kompaniyasi  tashkil  etildi. 



1997 

−  Toshkent  Fizika-texnika  instituti  olimlari  tomonidan  UzSciNet  O‘zbekiston 

ilmiy  ma’rifiy  tarmog‘i ishga tushirildi. 


 

 

−  Sarkor  Telecom  kompaniyasi  tomonidan  Radio  Ethernet  simsiz  aloqa 



vositasida xizmatlar  taklif  etildi. 

− Uyali  aloqa abonentlari  soni 21 ming  555 taga yetdi. 

−  «TAE  VOLS»  Trans-Osiyo-Yevropa  optik  tolali  aloqa  tarmog‘i  milliy 

segmenti  ishga tushirildi. 

−  «Axborot  tizimlari  tarmog‘ini  boshqarishni  tashkil  etish  va 

mukammallashtirish  xaqida»gi Prezident  farmoni e’lon qilindi. 

−  O‘zR  Aloqa  vazirligi  qoshida  pochta  va  telekommunikatsiya  agentligi 

tashkil 


etildi. 

−  Aloqa  vazirligi  qoshidagi  Ilmiy  tadqiqot  markazi  Fan-texnika  va  marketing 

tadqiqotlari  markaziga  aylantirildi. 

−  Pochta  va  telekommunikatsiyalarni  davlat  tomonidan  qo‘llab-

quvvatlash  fondi tashkil  etildi. 

− Standartlashtirish  bo‘yicha bazaviy tashkilotga  asos solindi. 



1998 

− UzNet idoralararo ma’lumotlar  uzatish  tarmog‘i tashkil  etildi. 

−  «TAE  VOLS»  Trans-Osiyo-Yevropa  optik  tolali  aloqa  tarmog‘i  ishga 

tushirildi. 

− «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 

1999 

−  O‘zR  Soliq  organlari  ma’lumotlar  uzatish  sun’iy  yo‘ldoshi  orbitaga 

chiqarildi. 

− «Telekommunikatsiyalar  to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 

−  «1999-2003  yillarda  milliy  ma’lumotlar  uzatish  tarmog‘ini  yangilash  va 

rivojlantirish»  dasturi tasdiqlandi. 

− «Matbuot tarqatuvchi» AK tashkil  etildi. 

2000 

− Uyali  aloqa abonentlari  soni 100 ming  kishiga  yetdi. 

−  UzSciNet  tarmog‘i  qoshida  O‘zbekistonda  birinchi  sertifikatlangan 

CISCO tarmoqlar akademiyasi  tashkil  etildi. 



 

 

− “UzTV-1” 5 TVK birinchi  signal  uzatgich  ishga tushirildi. 



2001 

−  Xalqaro  axborot  tarmoqlaridan  foydalanishning  umumiy tezligi 8,5 Mbit/c ga 

yetdi. 

−  Tomas  kompaniyasi  UZ  zonasida  domen  nomlarini  ro‘yxatga  olishni 



boshladi. 

−  CDMA  standartida  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  Perfectum  Mobile  uyali  aloqa 

tarmog‘i  Rubicon  Wireless  Communication  QK  tomonidan  ishga  tushirildi. 

− O‘zbekistonda birinchi Internet-festival  o‘tkazildi. 

− “UzTV-2” 9 TVK birinchi  signal  uzatgich  ishga tushirildi. 

2002 

−  Xalqaro  axborot  tarmoqlaridan  foydalanishning  umumiy  tezligi  18  Mbit/c  ga 

yetdi. 

−  O‘zbekiston  respublika  tovar  xom-ashyo  birjasida  yagona  elektron  savdolar 



tizimi  ishga tushirildi. 

−  AKT  rivojlanishiga  bag‘ishlangan  oylik  «InfoCOM.UZ»  jurnali  nashr 

etila 

boshladi. 



−  «AKT  va  kompyuterlashtirishni  yanada  rivojlantirish  haqida»gi  Prezident 

farmoni 


chiqdi. 

−  «2002-2010  yillarda  AKT  va  kompyuterlashtirishni  rivojlantirish  dasturi» 

qabul 

qilindi. 



−  AKT  va  kompyuterlashtirishni  rivojlantirishni  muvofiqlashtiruvchi  kengash 

tashkil 


etildi. 

−  O‘zbekiston  pochta  va  telekommunikatsiya  agentligi  O‘zbekiston  aloqa  va 

axborotlashtirish  agentligiga  aylantirildi. 

−  Kompyuter  va  axborot  texnologiyalarini  rivojlantirish  va  joriy  etish 

markazi  UZINFOCOM tashkil  etildi. 

−  Toshkent  Elektrotexnika  aloqa  instituti  Toshkent  Axborot 

texnologiyalari  universitetiga  (TATU) aylantirildi. 


 

 

−  Kompyuter  va  ma’lumot  uzatish  tarmoqlari  uchun  uskunalarni  import 



qilganda  bojxona to‘lovlari  bo‘yicha imtiyozlar  yaratildi. 

−  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Kompyuterlashtirishni 

yanada  rivojlantirish  va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  joriy  etish 

to‘g‘risida»  2002  yil  30  maydagi  PF-3080-son  Farmoni  va  uning  ijrosi 

yuzasidan 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Maxkamasining 

«Kompyuterlashtirishni  yanada  rivojlantirish  va  axborot  kommunikatsiya 

texnologiyalarini  joriy  etish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»  2002  yil  6  iyundagi 

200-son  qarori  qabul  qilingan.  Ushbu  qaror  bilan  «2002-2010  yillarda 

kompyuterlashtirish 

va 


axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini 

rivojlantirish  dasturi» tasdiqlangan. 

 − 


Vazirlar 

Mahkamasida 

Aloqa 

va 


axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari  masalalari  bo‘yicha Kompleks tashkil  etilgan. 

−  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Taraqqiyot  Dasturi  va  O‘zbekiston 

Respublikasi  Hukumati  orasidagi  qo‘shma  «Raqamli  rivojlanish  tashabbusi» 

dasturi 

imzolangan. 



2003 

−  UZINFOCOM  markaziga  UZ O‘zbekiston yuqori pog‘ona domeni (ccTLD) 

ma’muri  mavqyei  berildi. 

−  Xalqaro  axborot  tarmoqlaridan  foydalanishning  umumiy  tezligi  32 

Mbit/c 

ga 


yetdi. 

−  Internet  tarmog‘ida  O‘zbekiston  Respublikasi  Xukumati  portali www.gov.uz 

yaratildi. 

− «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun (yangi  tahrirda)  qabul qilindi. 

− «Elektron raqamli  imzo to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 

−  Yosh  dasturchilarni  tayyorlash  va  qo‘llab-quvvatlash  markazi  tashkil 

etildi. 

2004 

−  TAS-IX  ma’lumotlar  uzatish  tarmoqlari  o‘zaro  hamkorlik  markazi  tashkil 

etildi. 


 

 

−  «Uzdunrobita»  kompaniyasi  Rossiyaning  OAO  «Mobilnыye  TeleSistemы» 



kompaniyasi  tarkibiga  kiritildi. 

− «O‘zbektelekom» AK ning Uzbektelecom  Mobile filiali  tashkil  etildi. 

− Uyali  aloqa abonentlari  soni 544 ming  kishiga  yetdi. 

−  Xalqaro  axborot  tarmoqlaridan  foydalanishning  umumiy  tezligi  53,7 

Mbit/c 

ga 


yetdi. 

−  “Elektron  hujjat  almashuvi  to‘g‘risida”gi  va  “Elektron  tijorat  to‘g‘risida”gi 

qonunlar qabul qilindi. 

−  O‘zbekiston  milliy  elektron  ommaviy  axborot  vositalari  uyushmasi 

tashkil 

etildi. 


−  O‘zbekiston  Telekommunikatsiya  tarmoqlarini  boshqarish  markazi  tashkil 

etildi. 


−  Ommaviy  telekommunikatsiyalar  sohasida  monitoring  xizmati  tashkil 

etildi. 


2005 

− Uyali  aloqa abonentlari  soni 1 million  kishiga  yetdi. 

−  Milliy  UZ  domenining  6  rasmiy  registratori  (Tomas,  Amaliy  Aloqalar 

Biznesi,  Sarkor  Telecom,  Global  Study,  TV-Inform  va  Arsenal-D) 

akkreditatsiyadan 

o‘tdi. 


−  Xalqaro  axborot  tarmoqlaridan  foydalanishning  umumiy  tezligi  143,1  Mbit/c 

ga 


yetdi. 

−  Uzbektelecom  Mobile  filiali  SDMA-450  standartida  uyali  aloqa  xizmatlarini 

ko‘rsata 

boshladi. 

−  Axborot  texnologiyalari  korxona  va  tashkilotlari  uyushmasi  tashkil  etildi. 

−  ADSL  texnologiyasi  asosida  uydan  Internetga  yuqori  tezlikda  bog‘lanish 

xizmati  taklif  etila  boshladi. 

− ZiyoNET Milliy  jamoat ta’lim  ma’lumotlar  tarmog‘i yaratildi. 

− Kompyuter hodisalarga  chora ko‘rish xizmati  (UZ-CERT) tashkil  etildi. 

− WWW.UZ Milliy  ma’lumot-qidiruv  tizimi  ishga tushirildi. 



 

 

−  Samarqand,  Farg‘ona,  Urganch,  Nukus  va  qarshi  shaharlarida  TATU 



filiallari  tashkil  etildi. 

−  «Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  rivojlantirishning 

qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident  qarori chiqdi. 

−  2010  yilgacha  pochta  aloqasi  tarmog‘ini  yangilash,  AKT  asosida  yangi 

xizmat  turlarini  taklif  etish va rivojlantirish  dasturi qabul qilindi. 

−  2010  yilgacha  davlat  boshqaruv  organlari  va  mahalliy  hokimiyat 

organlarida  AKTni rivojlantirish  dasturi qabul qilindi. 

−  Milliy  ma’lumot-qidiruv  tizimini  tashkil  etish  va  rivojlantirish  dasturi 

qabul 

qilindi. 



2006 

−  Mamlakatdagi  birinchi  Elektron  raqamli  imzolarni  ro‘yxatga  olish  markazi 

tashkil  etildi  va  birinchi  Elektron  raqamli  imzo  kalitlari  sertifikati  o‘z  egasiga 

topshirildi. 

− Uyali  aloqa abonentlari  soni 2 million  720 ming  kishiga  yetdi. 

−  Unitel  kompaniyasi  Rossiyaning  OAO  «VampelKom»  kompaniyasi 

tarkibiga 

kiritildi. 

−  Xalqaro  axborot  tarmoqlaridan  foydalanishning  umumiy  tezligi  231  Mbit/c 

ga 


yetdi. 

−  ICTExpo  Milliy  axborot  texnologiyalari  ko‘rgazmasi  o‘tkazila  boshlandi. 

− Davlat  axborot resurslari reyestri tuzildi. 

−  WWW.UZ  Milliy  ma’lumot-qidiruv  tizimida  Top-reyting  tizimi  ishga 

tushirildi. 

−  Banklardan  tashqari  tezkor  to‘lovlar  sektori  rivojlana  boshladi. 

−  TATU  qoshida  O‘zbekiston-Xindiston  axborot  texnologiyalari  markazi 

tashkil 


etildi. 

−  Moliyaviy  va  soliq  hisobotlarini  elektron  shaklda  qabul  qilish  va  tahlil  etish 

tizimi  pilot loyihasi  amalga  oshirila  boshlandi. 

−  «Avtomatlashtirilgan  bank  tizimida  axborotni  himoya  qilish 

to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 


 

 

2007 

− O‘zbekistonda WiMAX tarmoqlari  yaratila  boshlandi. 

− Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar  soni 2 millionga  yetdi. 

− 

TeliaSonera 



Shvetsiya-Finlyandiya 

kompaniyasi 

COSCOM 

operatorining  asosiy aksiyadoriga  aylandi. 



−  Xalqaro  axborot  tarmoqlaridan  foydalanishning  umumiy  tezligi  362 

Mbit/c 


ga 

yetdi. 


−  Elektron  boshqaruv  kompetensiyasi  markazi  tashkil  etildi.  −  BestSoft 

Uzbekistan  birinchi  milliy  dasturiy ta’minot ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 

− AKT bo‘yicha 5-yubiley  Sammiti  o‘tkazildi. 

− uForum yagona forumlararo maydoncha ishga tushirildi. 

− UZ-CERTified dasturi ishga  tushirildi. 

−  «AloqaInform»  jurnali  –  O‘zbekiston  aloqa  va  axborotlashtirish 

agentligining  rasmiy  nashri chop etila boshladi. 

−  «Internet  tarmog‘idagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  portalini 

yanada rivojlantirish  xaqida»gi Vazirlar  Mahkamasining  qarori chiqdi. 

−  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  portalini  axborot  bilan  ta’minlash 

va rivojlantirish  guruhi  tashkil  etildi. 

2008 

− Uyali  aloqa abonentlari  soni 10 million  kishiga  yetdi. 

− Xalqaro axborot tarmoqlaridan  foydalanishning  umumiy  tezligi  511 

Mbit/s gacha ko‘tarildi. 

− O‘zbekistonda Wave-2 texnologiyasi  ishlatila  boshlandi. 

−  Toshkent  va  Buxoro  shaharlarida  raqamli  televideniye  tajriba  zonalari 

ishga 

tushirildi. 



−  Milliy  UZ  domenining  rasmiy  registratorlari  soni  7  taga  yetdi  (Simus, 

Farg‘ona). 

− UzCDL milliy  kompyuter bilimlarini  baxolash test tizimi  yaratildi. 

− Doppix milliy  operatsion tizim  relizi  taklif  qilindi. 

− eKarmon internet-to‘lovlar  tizimi  ishga tushirildi. 


 

 

−  UZ  zonasida  domenlarni  ro‘yxatga  olish  va  foydalanish  yangi  tartibi 



joriy 

qilindi. 



2009 

−  Axborot-kutubxona  texnologiyalariga  bag‘ishlangan  “Kutubxona.Uz”  ilmiy-

amaliy  jurnalining  ilk  soni nashrdan chiqdi. 

−  “Tillo-garant”  mas’uliyati  cheklangan  jamiyati  elektron  raqamli  imzo 

kalitlarini  ro‘yxatga  olish  markazining  Davlat  ro‘yxatidan  o‘tganligi  haqidagi 

guvohnomani 

topshirdi. 

−  «O‘zbekiston  Respublikasi  hukumatining  davlat  axborot  resurslarini  hamda 

interaktiv  davlat  xizmatlarini  hisobga  olishni  takomillashtirishga  oid  ayrim 

qarorlariga  o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risida»gi  Vazirlar 

Mahkamasining 

qarori 


qabul 

qilindi. 

−  «Internet  tarmog‘ida  O‘zbekiston  Respublikasining  hukumat  portaliga 

axborotlarni  taqdim  etish  va  joylashtirish  tartibi  to‘g‘risida»gi  Vazirlar 

Mahkamasining  qarori qabul qilindi. 

−  «O‘zbekiston  Respublikasida  pasport  tizimini  yanada  takomillashtirish 

chora  tadbirlari  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 

bo‘yicha  biometrik  ma’lumotlari  bo‘lgan  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi 

pasporti joriy etildi. 

Hozirgi 


vaqtda 

yangi 


texnologiyalarning 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari(AKT)  taraqqiyoti  bilan  birgalikda  rivoji  masofa  va  vaqt 

oralig‘iga  qaramay  axborot,  pul  va  boshqa  resurslarni  tez  yetkazib  berish, 

almashish  uchun imkoniyat  yaratmoqda. 

Axborotlashgan  iqtisodiyotga  o‘tish  bilan  bog‘liq  sodir  bo‘layotgan 

chuqur  va  tub  o‘zgarishlar  bir  qator  muammo  va  ziddiyatlarga  olib  kelmoqda. 

Bunday  muammolarga  jamiyat  faoliyatidagi  turli  sohalarga  oid  globallashuv  va 

axborotlashtirish  tufayli  paydo  bo‘lgan  hamda  har  tomonlama  o‘rganish  va 

yechimi 


kompleks 

yondashuvni 

talab 

etuvchi 


iqtisodiy 

hayotning 

o‘zgaruvchanligi  va  beqarorligini  kiritish  mumkin  bo‘ladi.  Bulardan  ta’lim, 

AKT,  ilmiy  va  innovatsion  faoliyat  turlarining  jamiyat,  davlat  va  iqtisodiyotga 



 

 

bo‘lgan  ta’sirining  kuchayishi  hamda  ular  faoliyat  yuritishining  sifat  jihatdan 



yangi  xususiyatlarga  ega bo‘lishini  alohida ta’kidlab o‘tish mumkin.   

O‘zbekistonda  AKTning  rivojlanishi  2013–2020  yillarga  mo‘ljallangan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  axborot-kommunikatsiya  tizimini  Kompleks 

rivojlantirish  dasturi  asosida  amalga  oshiriladi.  Ushbu  dastur  O‘zbekiston 

Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimovning  2012-yil  21-mart 

«Zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  joriy  etish  va 

rivojlantirish 

chora-tadbirlari 

to‘g‘risida»gi  PQ-1730-son  Qarori  bilan 

tasdiqlangan.  AKTni  rivojlantirish  bo‘yicha  davlat  dasturlari  amalga 

oshirilishining 

muvaffaqiyatli 

monitoringini  o‘tkazish  kafolati  bo‘lib, 

axborotlashgan  iqtisodiyotning  shakllanib  borish  indikatorlari  samarali  tizimini 

barpo etish xizmat  qiladi 

Axborot  texnologiyalarining  jadal  rivojlanishi  jamiyatda  kechayotgan 

jarayonlarga  ijobiy  ta`sir  ko'rsatib,  islohotlar  samaradorligini  oshiradi,  aholi 

manfaatlarini  ta`minlashga  xizmat  qiladi,  yangidan-yangi  imkoniyatlar  eshigini 

ochadi.  Shu  nuqtai  nazardan  aytganda,  bugun  “Elektron  hukumat”  degan 

tushuncha  kundalik  turmushimizdan  chuqur  o'rin  egallamoqda.  Garchi 

respublikamiz  aholisining  hammasi  ham  bu  haqda  to'liq  ma`lumotga  ega 

bo'lmasa-da,  vaqt  o'tishi  bilan  ushbu  tizim  jamiyat  hayotining  butun  jabhasini 

qamrab olishini  dunyo tajribasi  ko'rsatayapti. 

«Elektron hukumat» - xalq bilan muloqotning zamonaviy mexanizmi 

Ta`kidlash  joizki,  “Elektron  hukumat”  atamasini  an`anaviy  hukumat 

tushunchasi  bilan  adashtirmaslik  lozim.  Mohiyatiga  ko'ra,  mazkur  tizim 

mamlakat  miqyosida  ma`muriy  tartib­taomillarni  avtomatlashtiradi,  davlat 

boshqaruvi  samaradorligini  oshirishga  hamda  ortiqcha  sarf-xarajatlarning 

qisqarishiga  zamin  yaratadi. 

Elektron  hukumat  faoliyati  uch  yo'nalishda  belgilangan.  Ya`ni  “davlat  — 

davlat”,  “davlat  —  biznes”  va  “davlat  —  fuqaro”  yo'nalishlarini qamrab oladi. 

Bu  tizim  idoralararo  darajada  davlat  muassasalari  o'rtasida  axborot  almashish 

samaradorligini  hamda  joylarda  rejalashtirish  va  boshqaruvning  sifatini 



 

 

yuksaltirishga  xizmat  qiladi.  Jamoatchilik  fikrini  muntazam  monitoring  etib 



borish  hamda  unga  ta`sir  ko'rsatish  imkonini  beradi.  Davlat  va  biznes 

munosabatlarida  esa  ma`muriy  tartib-taomillar  avtomatlashtiriladi.  Natijada 

biznesni  ro'yxatga  olish,  soliq  hamda  statistika  hisobotlarini,  bojxona 

deklaratsiyalarini  topshirishda  tadbirkorlarning  vaqti  va  mablag'i  tejaladi. 

Elektron  hukumat  xalq  bilan  muloqot  uchun  qo'shimcha  mexanizmlarni 

yaratish,  davlat  organlari  faoliyatining  samaradorligi,  tezkorligi  hamda 

shaffofligini 

ta`minlashga 

qaratilgan 

bo'lib, 


ijro 

intizomini 

yanada 

mustahkamlaydi. 



Aytish  kerakki,  davlat  boshqaruvi  tizimiga  “yagona  darcha”  tamoyilini 

joriy  qilish  ham  ustuvor  vazifalardan  sanaladi.  2013  yili  mamlakatimizda 

Yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari  portali  ishga  tushirildi.  Joriy  yilning  mart 

oyiga  kelib  esa  ushbu  portalda  308  ta  elektron  xizmat  joriy  etildi.  Bunda 

xizmatlar  axborot  (oflayn),  yarimavtomat,  avtomatlashtirilgan  va  interaktiv 

ko'rinishlarda  taqdim  qilinayapti.  Portal  Davlat  soliq  qo'mitasi,  Davlat  bojxona 

qo'mitasi,  ID.UZ  identifikatsiya  tizimi,  O'zbekiston  Respublikasi  Xalq  banki 

axborot  tizimlari  hamda  resurslariga,  normativ-huquqiy  hujjatlar  ta`sirini 

baholash  tizimi  portali  (https://regulation.gov.uz)ga  hamda  “Tadbirkorlik” 

tizimiga  ulangan.  Hozirgi  kunda  “yagona  darcha”  axborot  tizimi,  yagona 

identifikatsiyalash  axborot  tizimiga  integratsiyalash  bo'yicha  ishlar  olib 

borilayapti. 

Yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari  portaliga  kelib  tushgan  murojaatlar 

to'g'risida  to'xtaladigan  bo'lsak,  ular  soni  milliondan  oshdi.  Yana  bir  jihati, 

keyingi  paytda  portalda  interaktiv  davlat  xizmatlari  soni  ort­gani  ham 

murojaatlar  ko'payishiga  turtki  bo'ldi.  Bugungi  kunda 2400 dan ziyod davlat va 

xo'jalik  boshqaruvi  organlari,  shu  jumladan,  idoralar  huzuridagi  tuzilmalar  ham 

Yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari  portali  orqali  elektron  xizmat  taqdim  qilib 

kelayapti. 

 

Xorijda bu qanday yo'lga qo'yilgan? 



 

 

 



Bugungi  kunda  elektron  hukumat  tizimi  Janubiy  Koreya,  Buyuk 

Britaniya,  AQSh,  Avstraliya,  Yangi  Zelandiya,  Singapur,  Norvegiya,  Kanada, 

Niderlandiya, 

Daniya 


hamda 

Germaniya 

singari 

mamlakatlarda 

samaradorligini  ko'rsatmoqda.  Ushbu  mamlakatlarda  juda  ko'plab  davlat 

xizmatlaridan  uydan  chiqmagan  holda,  onlayn  rejimida  foydalanish  mumkin. 

Davlat  organlariga  so'rovlarga  javoblar,  turli  to'lovlar,  rasmiy  hujjatlarning 

namunasini  olish,  ularni  to'ldirish,  elektron  imzo  bilan  yuborish,  oliy  o'quv 

yurtlarida  masofadan  turib  tahsil  olish,  ichki  ishlar  idoralariga  ariza  bilan 

murojaat  etish  va  boshqalar  shular  jumlasidandir.  Masalan,  Janubiy  Koreyada 

shaxslar  rasmiy  sayt  orqali  o'zining murojaati ko'rib chiqilishi qaysi ­bosqichda 

ekanligini  kuzatib  borishi mumkin. 



 

Hukumat — harakatda 

 

Har  qanday  mamlakatda  milliy  ma`lumotlar  bazasi  hamda  elektron 



reyestrlar  elektron  hukumat  faoliyatining  asosiy  jihatlari  hisoblanadi.  Bu 

mexanizmlar  jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  avtomobil  transporti,  ko'chmas 

mulk,  davlat  xizmatlari  to'g'risidagi  ma`lumotlarni  tizimlashtirish  imkonini 

beradi.  Shuni  bildirib  o'tish  kerakki,  yurtimizda  mazkur  ma`lumotlarning 

markazlashgan  holda  saqlanishini  ta`minlash  “O'zinfokom”  zimmasiga 

yuklatilgan. 

Mamlakatimizda  milliy  axborot  tizimlarini  rivojlantirish  doirasida  oltita 

ma`lumot  bazasi  hamda  12  ta  axborot  tizimlari  majmui  yaratilmoqda.  Deylik, 

“Soliq”  axborot  tizimlari  majmui  10  ta  dasturiy  mahsulot  va  31 

avtomatlashtirilgan  tizimdan  iborat.  Uning  ishga  tushirilishi  natijasida  Davlat 

soliq  qo'mitasining  31  xizmatini  elektronlashtirish  mumkin  bo'ladi.  Bundan 

tashqari,  “Kliring”,  “Xarid”,  “Byudjyet”,  “Bojxona”,  “Lisenziya”  hamda 

“Adliya”  singari  axborot  tizimlari  majmui  ham  mavjud  bo'lib,  ular  muayyan 

sohada  ma`lumotlarni  to'plash  va  qayta  ishlash  hamda  xizmatlarning  bir 



 

 

qismini  elektronlashtirishga  sharoit  yaratmoqda.  Qolaversa,  “Sog'liqni 



saqlash”,  “Ta`lim”,  “Kommunal”  tizimlarini  hayotga  tatbiq  etish  arafasida 

turilibdi.  Yaqin  yillarda  esa  “Adliya-2”,  “Nafaqa”  va  “Davlat  ­boshqaruvi” 

tizimlarini  ishlab  chiqish  rejalashtirilayapti.  2016  yilda  tegishli  ma`lumotlar 

bazasini  shakllantirish  bo'yicha  ishlar  yakuniga  yetkazildi.  “Kadastr  va 

ko'chmas  mulkni  ro'yxatga  olish”  hamda  Milliy  geoaxborot  tizimlari  borasida 

hali  nuqta qo'yilmadi. 

Bugun  O'zbekistonda  xo'jalik  sub`yekt­larining  barcha  turdagi  soliq  va 

statistika 

hisobotlari 

elektron 

shaklda 

topshirilmoqda, 

tovarlarni 

deklaratsiyalash  hamda  eksport-import  shartnomalarini  ro'yxatga  olish  ham 

elektron  shaklga  o'tkazilgan. 

Sohadagi  yana  bir  muhim  yangilik.  2015  yilda  Ochiq  ma`lumotlar  portali 

ishga  tushirildi.  Dastlabki  bosqichda  unda  8  ta  tashkilotdan  80  turdagi 

ma`lumot  joylashtirilgan  bo'lsa,  bugungi  kunda  mazkur  portalda  120  ta 

tashkilotning  2216  xildagi  axboroti  o'rin  olgan.  Bu  axborotlar  iqtisodiyot, 

sog'liqni saqlash, ta`lim,  transport va bosh­qa dolzarb sohalarga taalluqlidir. 

 

Qolaversa,  2013  —  2020  yillarda  O'zbekiston  Respublikasi  Milliy 



axborot-kommunikatsiya  tizimini  rivojlantirish  kompleks  dasturiga  muvofiq, 

elektron  hukumatning  samarali  faoliyat  yuritishi  uchun  yuqori  tezlikdagi 

telekommunikatsiya  infratuzilmasini  bosqichma-bosqich  rivojlantirish  ko'zda 

tutilgan.  Xususan,  2020  yilga  qadar  internet  kanallarining  o'tkazuvchanlik 

qobiliyatini  yanada  kengaytirish,  keng  polosali  tarmoqlarni,  ayniqsa,  olis 

tumanlarda  rivojlantirish  bo'yicha  17  ta  yirik  loyihaning  amalga  oshirilishi 

rejalashtirilmoqda.  Bundan  tashqari,  2020  yilgacha  fuqarolarning  davlat 

organlari  bilan  elektron  muloqotini  ta`minlash  hamda  rivojlantirish  bo'yicha  22 

ta loyiha  ro'yobga chiqariladi. 

 

Biznes uchun qulay 

 


 

 

Elektron  hukumatni  taraqqiy  toptirishga  qaratilayotgan  e`tibor  yurtimizda 



ishbilarmonlik  muhitining  sifat  jihatidan  yangi  bosqichga  chiqishida  o'z 

ifodasini  topmoqda.  Misol  uchun,  Jahon  bankining  “Doing  business” 

reytingida  so'nggi  besh  yilda  O'zbekistonning  umumiy  reytingi  biznes  yuritish 

bo'yicha 150-o'rindan 87-o'ringa  ko'tarildi. 

Yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari  portalida,  jumladan,  belgilangan 

tartib-taomillarni  buzganlik  uchun  shikoyat  bildirish,  tadbirkorni  murojaat 

qiluvchining  mobil  telefon  raqami  orqali  identifikatsiya  qilish  maqsadida 

ro'yxatga  olish,  muhandislik-kommunikatsiya  texnologiyalariga  ulanish  uchun 

ariza  berish,  tadbirkorlik  sub`yektlariga  o'zimizda  ishlab  chiqarilgan  avtomobil 

transporti  vositalarini  xarid  etish  uchun  ariza  berish,  ko'chmas  mulkka  bo'lgan 

huquqni  ro'yxatga  olish  maqsadida  arizani  rasmiylashtirish  singari  xizmatlar 

joriy  qilingan. 

2014  yildan  boshlab  eksport  va  import  kontraktlari  Yagona  interaktiv 

davlat  xizmatlari  portalida  bepul  ro'yxatdan  o'tkazilmoqda.  Banklar,  soliq 

hamda  bojxona  organlari  Tashqi  savdo  operatsiyalarining  yagona  elektron 

axborot  tizimi  orqali  xo'jalik  sub`yektlarining  tashqi  savdo  faoliyati 

monitoringini 

olib 


borayapti. 

Davlat 


bojxona 

qo'mitasi 

saytida 

(www.customs.uz)  elektron  yuk  bojxona  deklaratsiyalari  qabul  qilinmoqda. 

2015  yilda  davlat  xaridlari  bo'yicha  maxsus  axborot  portali  ishga  tushirildi  va 

elektron  savdo  shakli  amaliyotga  tatbiq  etildi.  Masofaviy  bank  xizmatlari  joriy 

qilinishi  bilan  2016  yilda  bir  million  847  ming  569  nafar  foydalanuvchi  ­kredit 

olish uchun elektron  ariza  ­bilan  murojaat  etdi. 

 

 

 



 

Reyting mas`uliyatga undaydi 

BMT  ekspertlarining  fikricha,  2016  yilda  O'zbekistonda  elektron 

hukumatning  rivojlanish  indeksi  0,5434  yoki  eng  yuqori  ko'rsatkichga  nisbatan 


 

 

54  foizni  tashkil  qildi.  Bu  yurtimizning  elektron  hukumat  ravnaqi  yuqori 



bo'lgan davlatlar  qatoriga kirishiga  zamin  yaratdi  (50 foizdan yuqori). 

BMTning  iqtisodiy  hamda  ijtimoiy  masalalar  bo'yicha  departamenti  2016 

yilda  dunyoning  turli  davlatlarida  elektron  hukumatning  rivojlanishi  haqida 

navbatdagi  hisobotini  e`lon  qildi.  BMT  uslubiyotiga  binoan  Elektron 

hukumatning  rivojlanishi  bo'yicha  indeksi  asosida  mamlakatlarning  reytingi 

shakllantiriladi.  Bu  indeks  uchta  omil,  ya`ni  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari  infratuzilmasi,  inson  kapitali  va  elektron  xizmatlar  rivojidan 

iborat.  Yana  boshqa  juda  muhim  ko'rsatkich  —  elektron  ishtirok  etish 

indeksidagi  o'sish  ham  katta  ahamiyatga  ega  hisoblanadi.  Mazkur  indeksga 

binoan,  hukumatning  fuqarolar,  biznes  sub`yektlari  hamda  davlat  organlari 

o'rtasida 

muloqotni 

rivojlantirish 

maqsadida 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalaridan  samarali  foydalanishiga  baho  beriladi,  erishilgan  natijalar 

o'rganiladi. 

 

Yana  bir  diqqatga  sazovor  jihati,  O'zbekiston  elektron  ishtirok  etish 



reytingida  24  pog'ona  —  2014  yilgi  71-o'rindan  2016  yilda  47-o'ringa 

ko'tarildi.  Ushbu  indeksning  o'sish  sur`atlari  bo'yicha  respublikamiz  Markaziy 

Osiyo  mamlakatlari  orasida  birinchi  o'rinni,  Hamdo'stlik  davlatlari  o'rtasida  esa 

uchinchi 

pog'onani 

egalladi. 

BMT 

ekspertlari  O'zbekistonda  uy-joy 



mulkdorlari  shirkatlari  portali  (e-kommunal.uz),  ochiq  ma`lumotlar  portali 

(data.gov.uz)  va  normativ-huquqiy  hujjatlar  loyihalarini  muhokama  qilish 

portali  (regulation.gov.uz)  ishga  tushirilganiga  e`tibor  qaratishgan.  Ularning 

fikricha,  bu  sa`y-harakatlar  davlat  organlari  faoliyati  ochiqligini  ta`minlash 

hamda  xalq  bilan  muloqot  amaliy  mexanizmlarini  joriy  etish  borasida  ijobiy 

qadam hisoblanadi. 

 

Elektron  hukumat  rivojlanishi  bo'yicha  O'zbekiston  indeksining  o'sishida 



elektron  xizmatlar  ko'rsatish  darajasi  (56  foiz  o'sish  bo'lgan) muhim o'rin tutdi. 

Lekin  bunda  AKT  infratuzilmasi  rivojlanishi  bo'yicha  o'sish  u  darajada  yuqori 



 

 

bo'lmadi  (6  foiz).  Ushbu  indeks  muqim  va  mobil  telefon  aloqasi  abonentlari 



soni,  aralash  hamda  simsiz  keng  polosali  aloqa  tarmog'i,  shuningdek, 

internetdan  foydalanuvchi  aholi  soni  asosida  shakllantiriladi.  2016  yilda 

O'zbekistonda  internetdan  muntazam  foydalanadigan  aholi  ulushi  46,4  foizni 

tashkil  qildi,  keng  polosali  internetdan  foydalanadiganlar  soni  esa, bor-yo'g'i, 1 

million  900  ming  kishiga  yaqinni  tashkil  etdi.  Inson  kapitalining  rivojlangan 

darajasi  bo'yicha  indeks  esa  3,5  foiz  tushgan.  Bunda  yoshi  katta  kishilarning 

savodxonligi,  aholining  ta`lim  tizimi  bilan  qamrab  olinganlik  darajasiga 

alohida  e`tibor qaratilgan. 

 

Mutaxassislar  fikriga  ko'ra,  onlayn  xizmatlar  sohasida  bunday  o'sishga, 



asosan,  ochiq  ma`lumotlar  portali,  kommunal  xizmatlarga  internet  orqali  to'lov 

imkoniyatlarining  kengayishi,  aholiga  turli  onlayn-maslahatlar  ­berish  hisobiga 

erishilgan. 

 

Ish samaradorligini oshirishga nima xalaqit bermoqda? 

 

Elektron 



hukumat 

faoliyati 

samaradorligiga 

idoralararo 

elektron 

aloqalarning  yaxlit  tizimisiz  erishib  bo'lmaydi.  Mamlakatimizda  haligacha 

Elektron  hukumatni  rivojlantirish  dasturi  doirasida  tegishli  vakolatli  davlat 

organlarining  tadbirkorlik  sub`yektlarini  ro'yxatga  olish,  ularga  litsenziya  va 

boshqa  ruxsat  beruvchi  hujjatlarni  taqdim  qilishga  oid  ma`lumotlar  bazasini 

integratsiyalash  borasidagi  vazifalar  to'liq  ro'yobga  chiqarilmagan.  Yer 

uchastkalari  ajratish,  qurilishga  ruxsat  berish,  mulkka  bo'lgan  huquqni 

ro'yxatga  olish,  muhandislik-kommunikatsiya  tarmoqlariga  ulanish  bo'yicha 

tartib-taomillar 

interaktiv  asosga  o'tkazilmagan.  “Soliq”,  “Bojxona”, 

“Lisenziya”,  “Kommunal”  axborot  tizimlari  majmualari  “yagona  darcha” 

tamoyilining  barcha  tartib-taomili  o'tishi  mumkin  bo'lgan  yagona  platformaga 

birlashtirilmagan. 

 


 

 

Hozirgi  paytda  har  bir  idora  ish  yuritish  hamda  ma`muriy  tartib-­taomillar 



bo'yicha  alohida  nizom  va  yo'riqnomalar  asosida  faoliyat  olib  bormoqda. 

Afsuski  bu  holatda  ko'plab  muammolar  yuzaga  kelayotir.  Bunday  tartib 

ma`lumotlarni  yig'ish  hamda  qayta  ishlashni  qiyinlashtirayapti,  ortiqcha 

byurokratik  to'siqlarni  yuzaga  keltirmoqda.  Ayniqsa,  ruxsatnoma  berish 

bosqichida  murojaat  etuvchining  shaxsan  hozir  bo'lishi  va  hujjatlarning  asl 

nusxalarini 

topshirishi 

(ularning 

haqqoniyligiga 

ishonch 


hosil 

qilish 


maqsadida)  zarurligi  davlat  xizmatlarini  masofadan  turib  ko'r­satish  samarasini 

yo'qqa chiqarib yubormoqda. 

 

Bunday  integratsiyalashmagan  holatlar  oqibatida  takrorlash,  “qisman” 



avtomatlashtirish  hamda  axborot  resurslarining  yopiqligi  hosil  bo'layapti. 

Oqibatda  axborot  tizimlari  va  resurslarini  joriy  etish  hududlarning  ijtimoiy-

iqtisodiy 

rivojlanishi  hamda  aholi  turmush  sifatini  oshirishga  ta`sir 

ko'rsatmayapti.  Masalan,  “Doing  Business  —  2016”  hisobotida  “Qurilishga 

ruxsatnoma  olish”  bo'yicha O'zbekistonda 28 kun talab qiladigan qo'shimcha 6 

ta  tartib-­taomil  borligi  qayd  etilgan.  Natijada  aynan  mana  shu  ko'rsatkich 

bo'yicha  O'zbekiston  2011  yildagiga  nisbatan  quyi  pog'onaga  pastlagan.  Yer 

uchastkalari  ajratish  va  qurilishga  ruxsatnoma  berish  eng  murakkab  tartib-

taomillardan  biri  bo'lib  qolayapti.  Buni  tadbirkorlik  sub`yektlari  o'rtasida 

o'tkazilgan  so'rovlar ham tasdiqlaydi. 

Bugungi  kunda  respondentlarning  37,5  foizi  biznes  uchun  yer  olish 

­taomillarini  salbiy  baholaydi.  Bu  kayfiyat  Buxoroda  50,3  foizni,  Andijonda 

48,6,  Jizzaxda  38,4,  Samarqandda  37,7,  Namanganda  37,4,  Toshkent shahrida 

38  foizni  tashkil  qiladi.  “Mulkni  ro'yxatga  olish”  yo'nalishida  ham  mana 

shunday salbiy vaziyat  ko'zga yaqqol tashlanadi. 

 

Ustuvor yo'nalishlar 

 


 

 

Aytish  joizki,  elektron  hukumat  faoliyatini  yangi  bosqichga  olib  chiqishda 



idoralararo  elektron  hamkorlik  tizimidan  foydalanishni  kengaytirish  talab 

etiladi.  Shuni  unutmaslik  kerakki,  elektron  hukumat  faoliyatida  ma`lumotlar 

muayyan  davlat  muassasasidan  tashqariga  chiqadi.  Bu  esa  axborot  xavfsizligi 

tizimini  takomillashtirishni  kun tartibiga  qo'yadi. 

 

Turli  idoralar  axborot  tizimlari  o'rtasida  elektron  hamkorlikka  o'tilishi 



aynan  elektron  hukumatning  shakllanish  jarayoni  sanaladi.  Ushbu  jarayonning 

markazida  davlat  organi emas, aynan foydalanuvchi  turmog'i lozim. 

2017  —  2021  yillarda  O'zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning 

beshta  ustuvor  yo'nalishi  bo'yicha  Harakatlar  strategiyasida  elektron  hukumat 

tizimini  yanada  rivojlantirish  masalasiga  alohida  e`tibor  qaratilgan.  Xususan, 

Xalq  bilan  muloqot  va  inson  manfaatlari  yilida  2018  —  2021  yillarga 

mo'ljallangan  tegishli  dastur  ishlab  chiqilishi  belgilangan.  Joriy  yilning  o'zida 

“Lisenziya”  portali  ishga  tushirilishi  ko'zda  tutilayapti,  notarial  xizmatlar 

avtomat­lashtiriladi  hamda  soddalashtiriladi.  Eksport-import  operatsiyalari 

bo'yicha  ruxsat  beruvchi  hujjatlarni  bir  xillashtirish  davom  ettiriladi.  Davlat 

organlari  xodimlari  va  aholining  internetdan  foydalanish  imkoniyatlarini 

kengaytirish  hamda  kompyuter  savodxonligi  oshirilishi  bo'yicha  chora-tadbirlar 

ko'riladi. 

Qisqasi,  bu  va  boshqa  dolzarb  vazifalarning  muvaffaqiyatli  ro'yobga 

chiqarilishi  davlat  xizmatlari  soni  hamda  sifatini  oshiradi,  xalq  bilan  muloqotni 

yanada yangi, 

 

 

 



 

 


Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling