Yuqori chastotali signaldan tovushni (yoki foydali ma’lumotni) ajratish jarayoni demodulyatsiyalash (modulyatsiyalashga teskari jarayon) yoki boshqacha aytganda detektorlash deyiladi. Radioning uzoq tarixida detektor sifatida turli qurilmalar ishlatiladi. Dastlab bu kristalli, suyuqlikli yoki magnit detektorlar bo‘ldi, keyin vakuumli diodlar (elektron lampalar) paydo bo‘ldi va nihoyat detektor sifatida yarim o‘tkazgichli elementlar qo‘llanila boshlandi. Detektorli qabullagichning sxemasi va turli nuqtalaridagi signallarning shakllari 13.1- rasmda, Detektorli qabullagichning sxemasidagi elementlarning ko‘rinishi esa 13.2- rasmda keltirilgan. Detektorning uzatish koeffitsienti garmonik modulyasiyalovchi signal uchun aniqlanadi va garmonik signal Umu amplitudasini tashuvchining axborot parametri o‘zgarishlariga nisbatiga teng: Kd =Umu/ΔUm. Detektorning uzatish koeffitsientini detektorlash xarakteristikasidan aniqlash mumkin: Kd =ktgΔ bu yerda k – masshtabli proporsionallik koeffitsienti. Amplitudaviy-manipulyatsiyalangan signallarni detektorlash. Bu signallarni detektorlash yuqorida ko‘rib chiqilgan amplitudaviy detektor orqali amalga oshiriladi. Chastotaviy-manipulyatsiyalangan signallarni detektorlash. ChMn signallarni detektorlash tuzilish sxemasi va uning ishlashini tushuntiradigan diagrammalar rasmlarda keltirilgan. Fazaviy-manipulyatsiyalangan signallarni detektorlash. Bu signallarni detektorlash kogerent qabul qilishda amalga oshiriladi. FM signallar qabul qilgichining tuzilish sxemasi rasmda keltirilgan. Faza bo‘yicha modulyasiyalangan signallarni detektorlash FM signallarni detektorlash kogerent qabul qilishda amalga oshiriladi. Bu signallarni detektorlash ikkita bosqichda amalga oshiriladi: −FM signalni amplitudaviy-fazaviy-modulyatsiyalangan signalga (AFM) o‘zgartirish; −AFM signalni amplitudaviy detektor orqali detektorlash. Bir taktli fazaviy detektorning prinsipial sxemasi 13.20- rasmda tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |