Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalar universiteti


Download 286.86 Kb.
bet3/13
Sana05.01.2022
Hajmi286.86 Kb.
#214289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Akademik jaziw pa'ninen o'z betinshe

2.Uslub turlari haqida ma’lumot

Uslub arabcha so‘z bo‘lib, tartib, sistema demakdir. O‘zbek tilida bu so‘z ma’nosining qamrovi asliga nisbatan bir qadar kengroq bo‘lib, “biror faoliyatni bajarishdagi, boshqarishdagi o‘ziga xos yo‘l” yoki “biror narsa yoki hodisa uchun xos bo‘lgan xususiyatlar” kabi ma’nolari ham mavjud. Tilshunoslikda “uslub” atamasi zamirida tilning alohida ma’no anglatish va ifodalash maqsadlariga xizmatqiluvchi fonetik, leksik, sintaktik va frazeologik vositalari tushuniladi.

Stilistika fikr va emociyalarni bildirishda tilning turli vositalaridan saylab foydalanish yo’llarini o’rgatadi. Demak, stil fikr va xodisalarni shunga mos vositalar orqali ifodalash yo’lidir.

Stilistika so’zi yunoncha stylos (uchi o’tkir qilingan tuyoqcha) so’zidan yasalgan. Grek mirzo (hattot)lari shu stilos-maxsus tayoqcha bilan sirti mum bilan qoplangan taxtachalarga xat yozganlar. Bu tayoqcha ma`qul bo’lmagan ifodalarni o’chirib, yangisini-yaxshisini yozish imkonini bergan. Stil so’zining arabchadan o’zlashgan sinonimi uslubdir.

Qadimgi greklarda hattotlar suyakdan yasalgan uchli tayoqcha yordamida sirli mum bilan qoplangan shoxchalarga xat yozganlar. Bu tayoqcha ma`qul bo’lmagan ayrim ifodalarni o’chirib tashlab, o’rniga yaxshirog’ini yozishga imkoniyat bergan. Anashu tayoqcha «stilos» deb atalgan stilos so’zi ish so’zidan kelib chiqqan bo’lib, nutqimizda uning arabchadan o’zlashgan sinonimi «uslub» so’zi qo’llanadi. Uslub so’zi o’zbek tilida quyidagi ma`no va tushunchalarni ifodalaydi:



  1. Biror yozuvchi yoki badiiy asarlarning til xususiyatlarini o’rganuvchi soxa: Oybek uslibi «Navoiy» romaning tili va uslibi.

  2. San`atkor ijodining yoki ma`lum davr san`ati va adabiyotining o’ziga xos belgilari, xususiyatlari yig’indisi, doston uslubi, romantik uslub.

  3. Sintaksiz va umuman adabiy til normalariga mos nutq ko’rilishi: Sodda, ravon uslub; dag’al, g’aliz uslub;

  4. Ish-harakat, faolliyatning o’ziga xos xususiyatlari: raxbarlik uslubi, suvda suzish uslibi, gapirish uslubi

Uslub- so’zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatidir. Shu yo’l bilan ayni bir jumlada qo’shimcha sub’ektiv ( modal) mazmun ham ifodalanadi. Nutq uslublari besh xil: so’zlashuv, rasmiy, ilmiy, ommaviy, badiiy uslub.


Download 286.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling