Kompyuter - bu turli hajmdagi, har xil ko’rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir.
Noutbuk va netbuklar.
Noutbuk – mobil ixcham shaxsiy kompyuter. Uning asosiy qismi va monitori birlashgan holda bo’ladi. Bunday kompyuterlarning ko’pchiligi deyarli standart klaviaturaga, kompyuter grafikasi vositalariga ega. Bunday kompyuterlar unchalik katta bo’lmagan qattiq disklar yoki optik disklar bilan ishlaydi.
Netbuk - Internetdan foydalanish va ofis dasturlari bilan ishlash uchun mo’ljallangan kichik noutbukdir. Netbuklar ixcham o’lchamlari, kichik vazni, kam energiya iste’moli va nisbatan arzon narxlari bilan ajralib turadi.
Sichqoncha, klaviatura, monitor va ularning vazifalari.
Sichqoncha (ingl. mouse – sichqon) ma’lumot kiritish qurilmasi bo’lib, biror tekislik bo’ylab harakatlantirilganda tagidagi lazer nuri harakat haqidagi ma’lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi ko’rsatkich (kursor) mos yo’nalishlarda harakatlanadi. Sichqonchaning tugmalari yordamida kompyuterga biror buyruq berish, undagi dasturlar va jarayonlarni ishga tushirish hamda hujjatlarni ochish mumkin.
Klaviatura (ingl. keyboard) muayyan qurilmani boshqarish yoki axborotni kiritish uchun mo’ljallangan tugmalar (klavishalar) to’plamidan iborat bo’lgan qurilma yoki ekrandagi tasvir. Тexnik va mexanik qurilmalarni (kalkulyator, kompyuter, telefon, kassa apparati) boshqarish uchun alifbo-raqamli klaviaturalar qo’llaniladi. Klaviaturalardagi har bir tugmaga bir yoki bir necha belgi biriktiriladi. Тugma birikmalari klaviaturadan bajariladigan amallarning sonini ko’paytirishga imkon beradi.
Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Matn holatida belgi o’rinlari deyiluvchi alohida qismlarga, grafik holatida esa piksel nomli nuqtalarga bo’linadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori hamda ranglar soni monitorning imkon darajasini (kengligini) belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |