Maqola – adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi.Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: - Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
- Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.
- Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Ilmiy maqola yozish uslubiyoti haqida yozishdan oldin maqola o’zi nima degan savolga to’xtalsak. Adabiyotshunoslikda maqola publistik janr hisoblanadi. Janrda ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinadi, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati va iqtisodiyoti, texnika fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg’or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo’jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Endi ilmiy maqola tushunchasi haqida to’xtalamiz. Ilmiy maqola bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qiladi. Ilmiy maqola vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish o’quvchining intellektual saviyasini oshirishdan iborat. Ilmiy maqola yozishdan oldin maqola nima uchun yoziladi, ish mazmuni nimadan iborat bo’ladi, maqoladan qanday xulosa chiqarish kerak, degan sayollarga javjb o’ylash lozim va maqola yozishdan aniq bir maqsadni ko’zlash kerak bo’ladi. Ilmiy maqola yozishda birinchi bo’lib, mavzuni belgilash, uning tahlili, reja, tezislarni tuzish kerak. Maqolalar ilmiy uslubda yozilishi lozim. Maqola faqat uchinchi shaxs tomonidan yozilishi shart. Maqola bayoni o’quvchi uchun qulay bo’lgan ketma-ketlikda olib borilishi, bu quyidagicha bo’lishi kerak: umumiydan xususiyga, soddadan murakkabga qarab fikrlar bildiriladi. Maqolaning mantiqiy tuzilmasi kirish, asosiy qism va xulosadan iborat bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |