Kirish qismida mavzu asoslanishi, ilmiy nazariy jihatdan uning istiqboli (perespektivligi) berilishi, bugungi kun talablari asosida ko’rib chiqilishi kerak. Asosiy qismda dalillar, ilgari surilgan ilmiy xabarni tasdiqlaydigan faktlar bo’lishi, bunda induksiya va deduksiyadan foydalanish, ya’ni aniqdan umumlashtirishga, umumiydan batafsil ko’rib chiqishga o’tish lozim bo’ladi. Xulosada asosiy fikrni ixchamlab tezislar shaklida bayon qilinishi, ilgari surilgan tezisni tasdiqlaydigan umumlashmalar berilishi va muammoning davomiyligini ko’rsatish kerak. Maqola mazmuni mavzuga muvofiq bo’lishi maqolaning asosiy tezisi aniq, lo’nda bo’lishi va ishning hamma qismlari unga bo’ysundirilgan bo’lishi, maqolaning qismlari bir-biriga nisbatan mutanosib (proporsional) bo’lishi, mantiqlikning buzilishlari bo’lmasligi, ish ilmiy uslub talablariga javob berishi, nutqiy xatolar bo’lmasligi lozimdir va bular maqola yozishning asosiy talablaridir. Ilmiy-ommabop maqolalarning o`rni. Ilmiy-ommabop maqolalarning o`z o`rni bor. O`quvchilar bunday maqolalar orqali ilmiy ma’lumotlardan voqif bo`lish bilan birga, tarixiy davrning muhim hodisalari to`g`risada mushohada yuritishga ko`nikma hosil qiladilar. Ilmiy-ommabop matn va maqolalar ifodasi har bir sinfda o`ziga xos talqinga ega. Masalan, mustaqillik mavzusi 1-2-sinf O`qish kitobida kichik hajmdagi, ixcham matnlarda bayon etilsa, 4-sinfda esa bu publitsistik maqolalar tarzida beriladi. Ilmiy maqola. Ilmiy maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir.Yuqori maqsadni ko'zlagan insonlar uchun ilmiy maqolaning o'rni judayam muhim ahamiyat kasb etadi: Ya'ni oliygohga kirgan vaqtingiz yangi muhit bilan tanishasiz qisqa qilib aytganda yangi olamga tushib qolasiz va judayam ko'p erishish mumkin bo'lgan yutuqlar bilan tanishib, oldinga qo'ygan maqsadlaringizni yanada kengaytirib olasiz.Misol uchun oliygoh davrida ilk bor davlat stipendiantlari bo'lish haqida ma'lumot olasiz va unga erishish uchun harakat qilasiz +bitta maqsad sizga qo'shiladi va shu tarzda davom etadi;)
Do'stlaringiz bilan baham: |