Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalarí niversiteti nukus filialí «Kompyuter injiniringi» fakulteti «Kompyuter injiniringi» yo`nalishi1-kurs (sirtqi) 1001-22 guruh talabasi Seytniyazov Jasurbekning «Akademik nutq»


) Toʻrtinchi savol: Natijalar nimani anglatadi? (Munozara boʻlimi)


Download 0.51 Mb.
bet5/6
Sana01.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1316929
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Maqola va uning janrlari.(taqdimot). Seytniyazov Jasurbek.

4) Toʻrtinchi savol: Natijalar nimani anglatadi? (Munozara boʻlimi)

Maqolaning sarlavhasi

Maqolaning sarlavhasi – bu maqola mazmunini mukammal darajada tavsiflaydigan eng oz soʻzlar birikmasidir. Sarlavha – bu maqolaning oʻqilishi haqida aytishimiz mumkin boʻlgan yagona qism. Shubhasiz, sarlavhani eng koʻp kitobxonlar oʻqiydilar. Ehtimol, minglab odamlar maqolaning sarlavhasini koʻrishadi va faqatgina bir necha kishi maqolani toʻliq oʻqiydilar. Sarlavhaning vazifasi – maqolani toʻliq oʻqishga qiziqishni hosil etishdir. Maqolaga qiziqishi mavjud boʻlganlarning eʼtiborini jalb qilish uchun sarlavha maqola mazmuniga imkon qadar aniq va toʻliq mos kelishi kerak. Shuning uchun sarlavha uchun soʻzlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak, ayniqsa ularning mazmuniga, ahamiyatiga va mosligiga eʼtibor berish kerak. Agar sarlavha maqola mazmunini toʻgʻri yetkazmasa, ushbu maqola mutaxassislar tomonidan hech qachon oʻqilmasligi mumkin. Maqola nomi juda uzun yoki juda qisqa boʻlmasligi kerak va 3-15 soʻzdan iborat boʻlishi kerak (artikl, old-qoʻshimchalar, predloglardan tashqari). Baʼzida maqolalar sarlavhalari keraksiz soʻzlar (waste words) mavjudligi sababli juda uzun boʻladi, va u soʻzlar hech qanday maʼlumot bermaydigan soʻzlardir. Koʻpincha, bunday soʻzlar sarlavhaning boshida keladi.

Yaxshi maqola sarlavhasining asosiy xususiyatlari.

  • Kamida 3 ta va 15 tadan koʻp boʻlmagan soʻzlardan iborat.
  • Maqolaning oʻziga mos.
  • Keraksiz (waste words) soʻzlarini oʻz ichiga olmaydi.

Maqolaning abstract yani annotatsiya qismi.

Maqolaning keyingi boʻlimi – maqolaning qisqacha mazmunini aks ettiradi. Rus tilida bu koʻpincha “Referet”, “Annotatsiya” va ingliz tilida “Abstract”, “Resume”, “Summary”, deb nomlanadi. Oʻqilishi darajasi boʻyicha Annotatsiya maqola sarlavhasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallaydi. Uning vazifasi – potensial oʻquvchilarni maqolaning mazmuniga yoʻnaltirish va qiziqtirish, maqolani toʻliq oʻqish uchun istagini uygʻotishdir. Annotatsiyada maqolaning barcha boʻlimlar boʻlishi kerak, ammo juda qisqartirilgan shaklda. Agar annotatsiya yaxshi yozilgan boʻlsa, unda maqolaning mazmuni sizning ishingiz bilan qanday bogʻliqligini tez va aniq bilib olishingiz mumkin. Bu esa maqolani toʻliq oʻqish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga yordam beradi. Odatda annotatsiya hajmi 250 soʻzdan ortiq boʻlmasligi kerak.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling