MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARÍ NIVERSITETI NUKUS FILIALÍ «Kompyuter injiniringi » fakulteti « Kompyuter injiniringi » yo`nalishi1-kurs (sirtqi) 1001-22 guruh talabasi Seytniyazov Jasurbekning «Akademik nutq»fanidan Maqola va uning janrlari mavzusida taqdimoti. Reja: Maqola tushunchasi va uning turlari - Maqola —publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg’or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh maqola, nazariy va targʻibot maqola., muammoli maqola. keng qoʻllanadi. Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo’lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada ochib beriladi. Nazariy maqola va targʻibot maqola ning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi.
Maqola janri tarixi - Oʻzbekistonda maqola janri tarixi, asosan, "Turkiston viloyatining gazeti" bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida M.ning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashirdir. Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |