Kapital qiymatini baholash
Kapital bahosi aniqlash, bu birinchidan, tijorat tashkilotining uzoq muddatli holatini xarakterlaydi, ya’ni kompaniyaning o’z kapital bahosi uning potensial investorlar tomonidan mablag’ jalb qilinishi darajasini ko’rsatadi; ba’zi bir qarz mablag’larining bahosi kapitalining uzoq muddatli kapital jalb qilish imkoniyatini ko’rsatadi. (bu narsa tushunarli hol, masalan, «obligatsion qarz» manbasining summasi turli firmalar uchun turlichadir, chunki bu tabiiyki, daromadlilik va foydaga ta’sir ko’rsatadi). Ikkinchidan, firma kapitalining o’rtacha tortilgan bahosi kapital mablag’lar byudjetini tuzishda asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Keltirib o’tilgan mablag’lar manbasining bahosi turlichadir, shuning uchun tijorat tashkilotining kapital bahosi o’rtacha arifmetik tortilgan formula asosida topiladi. Ko’rsatkichlar yillik ma’lumotlar bo’yicha foizlar ko’rinishida hisoblanadi. Hisob-kitoblarda asosiy qiyinchilik konkret mablag’lar manbaidan olingan kapital bahosi birligini hisoblashda yuzaga keladi. Ba’zi manbalar uchun uni hisoblash juda oson (masalan, bank krediti bahosi), ba’zi bir manbalar uchun juda qiyin, ya’ni aniq hisoblash deyarli mumkin emas. Shunga qaramasdan tijorat tashkilotining kapital bahosini taxminan bilish, uni faoliyatiga mablag’larni avanslashtirish samaradorligini tahlil qilishda foyda bergani kabi o’z investitsion siyosatini amalga oshirishda ham yordam beradi.
Quyidagi ma’lumotlar asosida kompaniya kapitalining bahosi
Misol. Faraz qilaylik, yirik kompaniya moliyalashtirish uchun bir nechta loyihalarni qabul qildi. Biroq u o’zining 130000 ming doll. atrofidagi byudjetidan kelib chiqib, eng samarali loyihalarni tanlashi lozim. Taqdim etilgan loyihalar quyidagi ko’rsatkichlarni tashkil etadi.
Muqobil investitsiya loyihalarini amalga oshirish tahlili
Optimal samaraga ega loyihalar
Tahlil natijalaridan ko’rinib turibdiki, mazkur to’rtta investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qabul qilish kompaniya uchun foydali bo’lib, uning kapitalining sof joriy qiymati 69130 ming doll.ga o’sishi ta’minlanishi va investitsiyalar rentabelligi esa 53% ni tashkil etishi ko’rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |