Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter tizimlari kafedrasi


Download 60.93 Kb.
bet1/4
Sana18.11.2023
Hajmi60.93 Kb.
#1785994
  1   2   3   4
Bog'liq
Marjona raqamli qurilmalarni loyihalash


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYLAR VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI


KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
Raqamli qurilmalarni loyihalash”
Fanidan
MUSTAQIL ISH


Mavzu: : RAQAMLI QURILMALARGA OLID ASBOBLAR VA STANDARTLAR


Guruh: 720_21
Bajardi: Abdug’aniyeva Marjona


Tekshirdi: Ismoilov. M


Mavzu: : RAQAMLI QURILMALARGA OLID ASBOBLAR VA STANDARTLAR


REJA:


  1. Raqamli qurilmalarni loyihalash faniga kirish.

  2. Raqamli qurilmalarga oid asboblar

  3. Raqamli qurilmalarga oid standartlar


Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish haqida tushuncha 
Elektron qurilmalar, jumladan, komputerlarda qayta ishlanayotgan
ma’lumotlar, natijalar va boshqa axborotlar ko‘p hollarda elektr signallar
ko‘rinishida ifodalanadi. 
Axborotni ikki usulda ifodalash mumkin: analog (uzluksiz) va raqamli
(diskret). Birinchi usulda ifodalanayotgan kattalik, unga proporsional bo‘lgan
bir signal ko’rinishida, ikkinchi usulda esa, har biri berilgan kattalikning bitta
raqamiga mos keluvchi bir nechta signallar ketma-ketligi ko’rinishida ifodalanadi.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari murakkab tizimlar sinfiga 5 mansub bo‘lib, ular turli murakkablikdagi raqamli integral mirosxemalardan tashkil topgan. Shuning uchun ushbu tizimlarni shakllantiruvchi raqamli qurilmalarni o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. “Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish” fa va kommunikatsiya texnologiyalarida ishlatiladigan raqamli qurilmalar
turlarini, xarakteristikalarini, ularning tuzilishi, ishlash mexanizimlari va ular yordamida yaratiladigan murakkab qurilmalarning texnologik va sxemotexnik xususiyatlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari ushbu fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda va keyinchalik esa ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarni o‘rgatadi.
Raqamli qurilmalarni loyihalashga kirish fan va texnika sohasi bo‘lib,
axborot uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlashga ishlatiladigan raqamli
qurilmalarni loyihalashtirish usullarini o‘rganish hamda ishlab chiqish bilan
shug‘ullanadi.
Raqamli yoki diskret axborotlarni murakab sistemalarda qayta ishlashda
alohida elementar operatsiyalarni ketma-ket bajarish orqali erishiladi. Bunday
elementar operatsiyalarni EHMlarning operatsion elementlari yoki uzellari
bajaradi. Bu operatsion elementlar yoki uzellar kombinatsion va ketma-ket
tuzilgan mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Operatsion elementlar
tomonidan bajariladigan elementar operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
O‘rnatish-ma’lum konstantali ikkilik kodni operatsion elementga
yozish. Misol: hisoblagichning barcha razryadlariga «0» ni o‘rnatish, yoki
tezkor xotiraga «1» ni yozish.

Download 60.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling