Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Download 1.79 Mb.
bet30/83
Sana31.01.2024
Hajmi1.79 Mb.
#1829947
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

Ma’lumot: «1100101101100001»

6.20- rasm. QPSK signalning sinfaz va kvadraturali tashkil etuvchilarini hosil qilish

Yuqoridagi grafikda kirish oqimi 6.17- rasmda tasvirlangan QPSK signallar turkumining bitta nuqtasiga mos keladigan bitlar juftligiga bo‘lingan. Ikkinchi grafikda uzatiladigan axborotga mos keladigan I(t) ossillogramma tasvirlangan. Agar juft bit 1 ga teng bo‘lsa (e’tibor bering, bitlar birdan boshlab emas, balki nolda boshlab nomerlanadi, shuning uchun navbatdagi birinchi bit 0 nomerga ega bo‘ladi, u tartib bo‘yicha juft bo‘ladi), I(t)>0 bo‘ladi, agar juft bit 0 ga teng bo‘lsa, I(t)<0 (ya’ni b0(t)<0) bo‘ladi. Shunga o‘xshash tarzda Q(t) kvadraturali kanal toq bitlar bo‘yicha quriladi. Bitta simvolning davomiyligi T=Sr dastlabki ma’lumot bitining davomiyligidan ikki martaga katta bo‘ladi. QPSK signallar turkumiga muvofiq bunday I(t) va Q(t) kodlashni bajaradigan qurilma shartli 6.18- rasmda tasvirlangan.


6.21- rasmda QPSK-signalning sinfaz va kvadraturali tashkil etuvchilarini kodlash qurilmasining tuzilish sxemasi keltirilgan.

6.21- rasmda QPSK-signalning sinfaz va kvadraturali tashkil etuvchilarini kodlash qurilmasi


Kirishdagi b0(t) bitlar juftliklariga bog‘liq ravishda chiqishda bu bitlar juftliklari davomiyliklari chegaralarida doimiy bo‘lgan qiymatlari uzatiladigan ma’lumotlarga bog‘liq bo‘ladigan I0(t) va Q0(t) signallarni olamiz.


Kodlangan signalni olinishiga misol 6.22- rasmda keltirilgan.

6.22- rasm. Kodlangan signalni olinishiga misol

Ortogonallik shartida to‘xtalamiz (6.23- rasm).






6.22- rasm. Ortogonallik shartining bajarilishi

«1100101101100001» axborot oqimi uchun φ(t) fazaviy og‘maning ko‘rinishi 6.24- rasmda tasvirlangan. Fazaviy og‘ma QPSK simvolining o‘zgarishi momentlarida keskin o‘zgaradigan vaqt bo‘yicha pog‘onasimon funksiya hisoblanadi (aytib o‘tamizki, bitta QPSK simvoli ikkita ma’lumotlar bitini tashiydi). Bunda bitta simvol chegaralarida QPSK vektorlar diagrammasi uchinchi grafikdan pastda tasvirlanganidek signallar turkumining bitta bo‘ladi, keyingi simvolga mos keladigan nuqtaga sakrash bilan o‘tadi. QPSK vektorlar diagrammasida faqat to‘rtta nuqtalar mavjud, shuning uchun fazaviy og‘ma faqat to‘rtta ±π/4 va ±3·π/4 qiymatlarni qabul qilish mumkin.



6.24- rasm. QPSK signalning fazaviy o‘zgarishi

QPSK signalning ϕ(t) amplitudaviy og‘masi z(t) kompleks og‘madan ham olinishi mumkin:





Ta’kidlaymizki, QPSK signalning ϕ(t) amplitudaviy og‘masi uzatiladigan simvollarning o‘zgarishi momentlaridan tashqari, ya’ni fazaning sakrashi va signallar turkumining navbatdagi nuqtasiga o‘tish momentlarida doimo birga teng bo‘ladi.


DVB-S2 tizimida ishlatiladigan manipulyatsiyalash turlari 6.25- rasmda keltirilgan.

6.25- rasm. DVB-S2 tizimida ishlatiladigan manipulyatsiyalash turlari



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling