Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Raqamli televizion tizimning tuzilish sxemasi


Download 1.79 Mb.
bet32/83
Sana31.01.2024
Hajmi1.79 Mb.
#1829947
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

7.2. Raqamli televizion tizimning tuzilish sxemasi

Raqamli televizion tizimning tuzilish sxemasi 7.5- rasmda keltirilgan.
Analog televizion signallar manbai E*Y yorqinlik signali va E*R-Y, E*V-Y ranglar farq signallarini shakllantiradi, ular ARO‘ga beriladi va raqamli shaklga o‘zgartiriladi. Tizimning tasvir koderi yoki video koderi deyiladigan keyingi qismida aloqa kanalida ikkilik simvollarning uzatilishi tezligini kamaytirish maqsadida video ma’lumotlarni samarador kodlash amalga oshiriladi. Bu operatsiya eng muhim hisoblanadi, chunki samarador kodlashsiz raqamli televideniye signallarini standart aloqa kanallari bo‘yicha uzatilishini ta’minlash mumkin bo‘lmaydi.
Ovoz signallari ham raqamli shaklga o‘zgartiriladi. Ovoz ma’lumotlari ovoz koderida siqiladi. Kodlangan tasvir va ovoz ma’lumotlari, shuningdek turli qo‘shimcha ma’lumotlar multipleksorda yagona ma’lumotlar oqimiga birlashtiriladi. Kanal koderida halaqitbardoshlikni oshirish uchun uzatiladigan ma’lumotlarni yana kodlash amalga oshiriladi. Natijada olingan raqamli signal bilan ishlatiladigan aloqa kanalining tashuvchi chastotasi modulyatsiyalanadi.

7.5- rasm. Raqamli televizion tizimning tuzilish sxemasi


Tizimning qabullash qismida qabul qilingan yuqori chastotali signalni demodulyatsiyalash va kanalli kodlashni dekodlash amalga oshiriladi. Keyin demultipleksorda ma’lumotlar oqimi tasvir va ovoz ma’lumotlari, shuningdek qo‘shimcha ma’lumotlarga ajratiladi. Bundan keyin ma’lumotlarni dekodlash bajariladi. Natijada tasvir dekoderi chiqishida raqamli shakldagi yorqinlik va ranglar farqi signallari olinadi, ular RAO‘da analog shaklga o‘zgartiriladi va monitorga uzatiladi, monitor ekranida tasvir qayta tiklanadi. Ovoz dekoderi chiqishida ovoz signalari olinadi, ular ham analog shaklga o‘zgartiriladi. Bu signallar ovoz chastotasi kuchaytirgichlariga va keyin dinamiklarga beriladi.


Raqamli TV aloqa tizimining uzatish qismi 7.6- rasmda keltirilgan.

7.6- rasm. Raqamli TV aloqa tizimining uzatish qismi



Raqamli ma’lumotlar uzatish uchun aloqa tizimining halaqitbardoshligini oshirish va signalni berilgan sathda qabul qilishda bitli xatolik ehtimolligini ta’minlash uchun kanal koderiga beriladi. Raqamli modulyator yordamida kompleks signal og‘masi shakllantiriladi va u chiqish signalining spektrini cheklaydigan shakllantiruvchi filtrlarga beriladi. Ikkitalik RAO‘ diskret vaqtli tizimdan signalga ishlov berish analog tizimiga o‘tishga imkon beradi. Analog kvadraturali modulyator signal spektrini berilgan tashuvchi chastotaga yoki oraliq chastotaga o‘tkazadi. Bundan keyin signal kuchaytiriladi va antenna-fider qurilmasiga (AFTga) beriladi.
Signalga analog kvadraturali ishlov berishli uzatkichning tuzilish sxemasi 7.7- rasmda keltirilgan.

7.7- rasm. Signalga analog kvadraturali ishlov berishli uzatkichning tuzilishi



Bunday yondashishning afzalligi kvadraturaturali RAO‘larning nisbatan past taktlash chastotasi hisoblanadi, chunki o‘zgartirish nolinchi oraliq chastotada amalga oshiriladi. RAO‘ taktlash chastotasi simvolga 2 dan 8 gacha sanoqlar diapazonida tanlanadi. Bu sxemaning kamchiligi signalga analog kvadraturali ishlov berish hisoblanadi, u bir xil xarakteristikalarli aralashtirgichlarni, kvadraturali geterodin chiqishlari fazalarining qat’iy farqini, bir xil AChXli past chastotalar filtrlarini yaratishga prinsipial imkon bermaydi. Bu kamchiliklar uzatiladigan turkum (diagramma) shaklini buzilishiga olib keladi, uni uzatish tomonida teskari aloqani kiritish bilan yoki qabullash tomonida adaptiv ekvalayzerlar yordamida kompensatsiyalash zarur bo‘ladi.
Signalga raqamli kvadraturali ishlov berishli uzatkichning tuzilish sxemasi 7.8- rasmda keltirilgan.
Bunday yondashishning afzalligi signalga analog kvadraturaturali ishlov berish mumammolaridan to‘liq qutilish hisoblanadi, chunki signallarga raqamli ishlov berish ideal fazalar farqili va bir xil chiqish signallari amplitudalarili kvadraturali geterodinni yaratishga imkon beradi, raqamli shaklda ko‘paytirish va filtrlash operatsiyalari esa kvadraturali kanallar uchun absolyut bir xil bajariladi. Afzalliklar uchun to‘lov RAO‘ ishlashining yuqori chastotasiga talablar hisoblanadi. Ayrim hollarda o‘ta keng polosali aloqa tizimlarining ishlashida shunday vaziyat yuz berishi mumkinki, signalning spektri hatto eng zamonaviy RAO‘larda Naykvist birinchi zonasiga sig‘maydi va bu yondashish ma’qul bo‘lmaydi.

8- rasm. Signalga raqamli kvadraturali ishlov berishli uzatkichning tuzilish sxemasi



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling