Muhammad-al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti radio va mobil aloqa fakulteti


Download 1.79 Mb.
bet43/83
Sana31.01.2024
Hajmi1.79 Mb.
#1829947
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83
Bog'liq
TELERADIOESHITTIRISHDA-UZATISHVAQABULQILISHQURILMALARI (1)

Signallarning buzilishi qabul qilgichning chiqishida birlamchi signallarning qayta eshittirilishi sifatini aniqlaydi.
Signallarning buzilishlari nochiziqli, amplitudaviy-chastotaviy va fazaviy-chastotaviy buzilishlarga bo‘linadi.
Nochiziqli buzilishlarni qabul qilish trakti elementlari xarakteristikalarining nochiziqliligi keltirib chiqaradi. Ular birlamchi signalar shakllarining buzilishlarida namoyon bo‘ladi. Miqdoran ular garmoniklar koeffitsienti orqali baholanadi:



bu yerda U2, U3,.... Un – qabul qilgich chiqishidagi yuqori garmonikalar amplitudalari; U1 – qabul qilgich chiqishidagi birinchi garmonika amplitudasi.


Amplitudaviy-chastotaviy buzilishlar birlamchi signal spektrining turli tashkil etuvchilari uchun kuchaytirish koeffitsientidagi farqlarga bog‘liq. Ular qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal UF amplitudasini F chastotaga bog‘liqligi grafigi hisoblanadigan AChX amplitudaviy-chastotaviy xarakteristika orqali baholanadi (9.5- rasm).
Amplitudaviy-chastotaviy buzilishlarni miqdoran baholash uchun ko‘pincha AChX o‘rniga chastotaviy buzilishlar koeffitsientidan foydalaniladi:


va ,

bu yerda UFpast va UFyuqori – qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal spektrining pastki va yuqori chastotalaridagi birlamchi signalning amplitudasi; UFmax − qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal spektrining o‘rta chastotasidagi birlamchi signal amplitudasining maksimal qiymati.


9.5- rasm. Qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal UF amplitudasini F chastotaga bog‘liqligi grafigi


Fazaviy-chastotaviy buzilishlar qabul qilgichning fazaviy xarakteristikasining nochiziqligiga bog‘liq, qabul qilgichning fazaviy xarakteristikasi qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal φ fazasini F chastotaga bog‘liqligidan iborat (9.6- rasm).


9.6- rasm. Qabul qilgich chiqishidagi birlamchi signal φ fazasini F chastotaga bog‘liqligi


Har xil buzilishlar turlari har xil qabul qilinadigan signallarning turlariga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, telefon signallarini qabul qilishda nochiziqli buzilishlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi, bunda fazaviy-chastotaviy buzilishlar sezilarli bo‘lmaydi, chunki inson qulog‘i tovush tebranishlari fazalarining o‘zgarishlarini payqamaydi. Shu bilan bir vaqtda radioimpulsli signallarni qabul qilishda fazaviy-chastotaviy buzilishlar chiqish videoimpulslarini juda sezilarli buzadi.


Qabul qilgichning qayta sozlanishi vaqti radioaloqaning ishonchliligini aniqlaydi. Hozirgi vaqtda qayta sozlanish vaqti sekundning ulushlarini tashkil etadi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling